1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja


-jadval Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokining afzalliklari va kamchiliklari


Download 410.31 Kb.
bet19/36
Sana05.01.2022
Hajmi410.31 Kb.
#232239
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
1 Mavzu Amaliy mashgulot

3.1.-jadval

Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokining afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari

Kamchiliklari

– iqtisodiyotning strategik ahamiyatga ega soha va tarmoqlarida samarali davlat nazorati o‘rnatiladi;

– strategik muhim tarmoqlarning rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratiladi;

– iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshiriladi;

– yirik aksiyadorlik jamiyatlari bankrotligining oldi olinadi va tugatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

– davlat byudjeti soliqlardan boshqa daromadlarga ham ega bo‘ladi;

– monopoliya tartibga solib turiladi va narxlar barqarorligi ta’minlanadi;

– professional boshqaruv amalga oshiriladi va boshqalar.


– davlatning haddan tashqari ko‘p aralashuvi korporativ tuzilmaning mustaqilligini chegaralaydi;

– oltin aksiya asosida veto qo‘yish huquqining berilishi qarorlar qabul qilishning ortga surilishiga olib keladi;

– veto qo‘yish huquqi davlat vakili tomonidan qaror qabul qilishda aralashtirib yuborish holatlari uchraydi;

– aksiyadorlik jamiyatlariga investorlar-ning qiziqishlari nisbatan past bo‘ladi;

– xususiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

– boshqa aksiyadorlar huquqlarining chegaralanishiga olib keladi;



– dividend amaliyotlari deyarli kuzatilmaydi va boshqalar.


Keltirilgan afzalliklar faqatgina davlat ishtiroki me’yorda bo‘lgandagina ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda davlatning iqtisodiyotdagiishtiroki yuqoriligi afzallik sifatida keltirilayotgan jihatlar teskari samara bermoqda.

Davlatning iqtisodiyotdagiishtirokiiqtisodiyotning faqatgina strategik ahamiyatga ega soha va tarmoqlarida samarali davlat nazoratini o‘rnatish orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim tarmoqlarni rivojlantirish imkonini beradi. Mamlakatimizda bunday soha va tarmoqlarga: harbiy sanoat, qazib chiqarish, infratuzilma sohalarini kiritish mumkin. YAqin istiqbolda strategik muhim tarmoq va sohalarni aniq belgilab olish orqali ularda davlat ulushini saqlab qolish hamda boshqa soha va tarmoqlardagi davlat ulushini xususiylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini optimallashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi xorijiy investorlarning qiziqishi ortishiga ham olib keladi.

Aksiyadorlik jamiyatlarida davlatning ishtiroki, birinchi navbatda, davlatning yoki davlat xo‘jalik boshqaruvi organ (xo‘jalik birlashma)larining aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi ishtiroki bilan belgilanadi. Ustav kapitalida davlatning ishtiroki mavjud aksiyadorlik jamiyatlari quyidagicha guruhlanadi:

– ustav kapitali to‘liq davlat mulki hisobiga shakllantirilgan aksiyadorlik jamiyatlari;

– ustav kapitalida davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari;

– ustav kapitali xo‘jalik birlashmalari (davlat xo‘jalik boshqaruv organlari) mulki hisobiga shakllangan aksiyadorlik jamiyatlari;

– ustav kapitalida xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari;

– ustav kapitalida davlat va xo‘jalik birlashmalari ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlari.

Ustav kapitali to‘liq davlat mulki hisobiga shakllantirilgan aksiyadorlik jamiyatlari davlat yagona aksiyador bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi. YUqorida ta’kidlaganimizdek, bunday aksiyadorlik jamiyatlari mamlakatimizda hali-hanuz mavjud. Evropa mamlakatlaridagi aksiyadorlik jamiyatlari kapitaliga qilinadigan minimum xarajat deyarli 10 foiz atrofida. Bunday holat aksiyadorlik jamiyatlarining investitsiya loyihalaridan kutilayotgan minimal daromadi deyarli 10 foiz atrofida ekanligini ko‘rsatadi. O‘z navbatida, investor mazkur aksiyadorlik jamiyatlariga kiritgan kapitalidan kutilayotgan daromadi 10 foizgacha bo‘lishini bildiradi. Evropa mamlakatlari aksiyadorlik jamiyatlarining kapital tarkibini tahlil qilganimizda, qarz kapital ulushi yuqori ekanligini quyidagi rasmda ham ko‘rishimiz mumkin (3.5.-rasm).



Download 410.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling