3.2.-rasm. «Ustoz-shogird» tamoyili asosida hunardmandchilikni rivojlantirishni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash
Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida mazkur bazaga kiritilgan ma’lumotlar asosida fuqarolarni moddiy tomondan ta’minlash, ishga joylash, yangi kasbga qayta tayyorlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar berish, shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish kabi ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini qisqartirish borasidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan 2020 moliya yilida 100,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.
YUqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida xulosa qiladigan bo‘lsak, jamiyatda kambag‘allikning mavjud bo‘lishi ob’ektiv holatdir. Sababi, bozor iqtisodiyoti talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Insonlar ehtiyojlari turmush sharoiti yaxshilanib borishi, daromadining ortib borishiga qarab o‘zgarib turadi. Bugungi kunda zarur bo‘lgan qaysidir mahsulot yoki xizmat, yo ishga bo‘lgan talab ertaga bo‘lmasligi mumkin, xuddi shuningdek, ayrim kasb egalarida ham shunday holatlar uchraydi. Pirovard natijada, ushbu sohada faoliyat yurituvchi zarur daromad manbaiga ega bo‘lmaydi va kambag‘allikka duchor bo‘ladi. SHu bois, xalqaro tashkilotlar, rivojlangan davlatlar kambag‘allikka qarshi kurash, uni qisqartirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi.
2021 yildan boshlab respublikada kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar izchil amalga oshiriladi. Kambag‘al aholining asosiy ehtiyojlari kafolatli ta’minlanadi.
Xalqaro ekspertlar bilan chuqur tahlil asosidagi hisob-kitoblar yakuniga etkazilmoqda. Kelgusi yil 1 martdan boshlab aholining minimal iste’mol xarajatlari miqdori e’lon qilinadi.
Бир ҳақиқатни аниқ тушуниб олишимиз керак – камбағаллик масаласи кредит, ижтимоий нафақа ёки уй бериш билан ўз-ўзидан ҳал бўлиб қолмайди. Бунинг учун таълим, соғлиқни сақлаш, касб-ҳунарга ўқитиш, ичимлик сув, энергия ва йўл инфратузилмаси билан боғлиқ комплекс муаммоларни ҳал этиб бориш керак.
Шавкат МИРЗИЁЕВ
Minimal iste’mol xarajatlari yuzasidan qo‘shni davlatlardagi holatga e’tibor qaratmoqchimiz. Masalan, Qozog‘istonda yashash minimumi joriy etilgan bo‘lib, 31 982 tenge (783 000 so‘m)ni tashkil qiladi8.
Respublikada kambag‘allikni qisqartirishda «motivatsiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak» tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etilishi belgilandi. Kambag‘allikdan chiqib ketish uchun eng muhim omil – bu insonning intilishi, o‘z kuchiga tayangan holda, aniq maqsad sari harakati hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |