1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja


-rasm. Kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha “motivatsiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak” tamoyili


Download 410.31 Kb.
bet17/36
Sana05.01.2022
Hajmi410.31 Kb.
#232239
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
1 Mavzu Amaliy mashgulot

3.3.-rasm. Kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha “motivatsiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak” tamoyili

3.3.-rasmda keltirilgandek, 2021 yilda mahallalarda aholini kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha mingdan ziyod markazlar tashkil etiladi. Bunda kasb-hunarga o‘qitilgan har bir shaxs uchun o‘quv markazlariga 1 million so‘mgacha subsidiya berilib, buning uchun byudjetdan 100 milliard so‘m ajratiladi. Kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘quv kurslarini tamomlab, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga asbob-uskuna xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar beriladi.

Hududlarning imkoniyati va rivojlanish yo‘nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan oilalarga 10 sotixdan 1  gektargacha er maydonlari ajratiladi.

SHu o‘rinda e’tiborli jihati, bugungi kundagi rivojlangan davlatlardan biri sanalmish, mamlakatning strategik hamkor davlatlaridan biri bo‘lgan Janubiy Koreya qashshoq mamlakat sifatida e’tirof etilganidan so‘ng, mamlakatni rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan harakatlar boshlangan. Bu, asosan, chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, bozor mexanizmlarini joriy etish, agrar sohani, xususan, erga egalik qilish tizimini isloh qilish, tashqi ochiqlik siyosatini olib borish natijasidagi barqaror iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq. 1950 yil mart oyidan kuchga kirgan “Qishloq xo‘jaligidagi erlarni isloh qilish to‘g‘risida”gi qonunda erlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi ixtiyoriga o‘tkazilishiga, dehqonlarga erga egalik qilish hamda kambag‘allikka qarshi kurashishda imkoniyat yaratildi. SHuningdek, mamlakatning rivojlanishi uchun tashlangan birinchi qadam – bu qishloq joylardagi aholida mavjud bo‘lgan qarzlarni bekor qilish va iqtisodiy nochor, mehnatga layoqatli aholi uchun subsidiyalar ajratish bo‘ldi. Ushbu bosqichda qishloq joylaridagi institutsional islohotlar orqali, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishni oshirish va qishloq joylarida iqtisodiy o‘sishni ta’minlash eng muhim vazifa sifatida belgilangan. Ushbu o‘zgarishlar natijasida, 1950-1960 yillar oralig‘ida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish yiliga o‘rtacha 5 foizni, uy xo‘jaliklariga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning yillik o‘sishi 8,5 foizni tashkil qilgan9.

Xalqaro ilmiy markazlar koronavirus pandemiyasi tugashi, uning iqtisodiyotga etkazgan salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun 2-3 yil zarur bo‘lishini qayd etmoqdalar. SHundan kelib chiqib, pandemiya sharoitida aholini kambag‘allikka tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim hisoblanadi. SHu bois, vaqtincha ishsizlik nafaqasi 3 barobar oshiriladi va bunda 6 ta hujjat talab etiladigan eski byurokratik tartib bekor qilinishi nazarda tutilmoqda.

Kambag‘allikni qisqartirish borasida hududlardagi haqiqiy holatga baho berish, amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlarning diqqat markazida bo‘lishi vazifa qilib belgilandi (3.4.-rasm).



Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari, mahalliy Kengashlar hududlarda ijtimoiy sohalar – ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimiga alohida e’tibor qaratish zarur. SHu bilan birgalikda, “mahallabay” asosida ishsiz aholi qatlamini, ayniqsa yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish ishlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.




Download 410.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling