1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja


-rasm. 2014-2019 yillarda Evropa mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlarining kapital tarkibi tahlili, foizda10


Download 410.31 Kb.
bet20/36
Sana05.01.2022
Hajmi410.31 Kb.
#232239
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
1 Mavzu Amaliy mashgulot

3.5.-rasm. 2014-2019 yillarda Evropa mamlakatlarida aksiyadorlik jamiyatlarining kapital tarkibi tahlili, foizda10

3.5.-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Evropa mamlakatlari aksiyadorlik jamiyatlari kapitali tarkibida qarz kapitalining ulushi 2014 yilda 44,57 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib, 31,54 foizni tashkil etgan. Bu esa, o‘z navbatida, aksiyadorlik jamiyatlari kapitalining ortishi qarz instrumentlar va kreditlarni jalb qilish evaziga emasligidan dalolat beradi. Kapital tarkibida xususiy kapitalning ulushi yildan-yilga o‘sish tendensiyasiga ega. 2014 yilda xususiy kapital ulushi 55,43 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 68,46 foiz bo‘lgan. Xususan, aksiyadorlik jamiyatlarida xususiy kapitalning o‘sishi mazkur jamiyatlarning o‘z mablag‘lari manbalari ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Xususiy kapital ulushining yuqori bo‘lishi, aksiyadorlik jamiyatlari yuqori moliyaviy barqarorligini hamda qarz kapitaliga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, aksiyadorlik jamiyatlari kapitalida qarz kapitalining ulushi kam bo‘lib, xususiy kapital ulushining yuqori bo‘lishi kapitaldan kutilayotgan daromad yuqori, moliyaviy institutlarga aholi va xorijiy investorlarning ishonchi yuqori ekanligidan dalolat beradi.

Xorijiy mamlakatlardan Norvegiyaning real iqtisodiy amaliyotiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, mazkur mamlakat davlat bozor iqtisodiyotini muvaffaqiyatli amalga oshirganligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Norvegiya biznes maktabi tadqiqotchilari olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan firmalar tahliliga muvofiq g‘aroyib xulosaga kelishgan: davlat firmalariga ko‘ra, xususiy firmalar mehnat unumdorligi darajasi, barcha mezonlar bo‘yicha samaraliroq ekanligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Hatto, ta’lim darajasi dunyoda eng yuqori bo‘lgan mamlakatlarda ham korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik rishtalari holatlarining uchramasligi, iqtisodiyot nisbatan ochiq va barcha davlat kompaniyalarida korporativ boshqaruv deyarli mukammal standart talablariga ega ekanligi hamda barcha xususiy kompaniyalar yanada samarali faoliyat ko‘rsatayotganiga amin bo‘lamiz.

Davlat korxonalarining samarasizligi muammosi umumiy dunyo trendi hisoblanadi. Ko‘pgina iqtisodchilar, jumladan, Dj.Stiglits (Nobel mukofoti sovrindori, 2001 yil), A.SHleyfer, R.Vishnilar ham davlat ishtirokidagi korxonalar xususiy kompaniyalarga nisbatan samaradorligi ancha past ekanligini ta’kidlashadi. SHuning uchun davlat kompaniyalari faoliyatini cheklash lozimligi uqtiriladi.

Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi davlat korxonalari ulushi, ular faoliyati va ta’sir doirasini boshqa mamlakatlarga nisbatan solishtiradigan bo‘lsak, bu darajalar O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan ancha past ekanligini ko‘rishimiz mumkin.



2000 yillarning o‘rtalaridan boshlab, ba’zi mamlakatlarda mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi va mahalliy korxonalarni "Milliy chempionlar" deb atash uchun qo‘llab-quvvatlangan strategiya muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Davlat korxonalari, dunyodagi 500 ta yirik kompaniyalar orasida 2007 yildan beri 33-37% kapitallashuv darajasini yo‘qotgan.


Download 410.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling