1 Mavzu: murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotda bozor mexanizmlarini joriy etish – borasidagi ustivor vazifalar. Reja


Download 410.31 Kb.
bet5/36
Sana05.01.2022
Hajmi410.31 Kb.
#232239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
1 Mavzu Amaliy mashgulot

Uchinchidan, davlat xizmatiga kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo‘lga qo‘yish tizimi to‘liq ishga tushiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri – kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Ushbu tizim asosida kadrlarni tanlashda eski usullardan voz kechib, ularning intellektual salohiyatini, ma’naviy fazilatlarini baholaydigan ochiq va oshkora tanlov tizimi joriy etiladi.


“Коррупция – бу давлатимизни ич-ичидан емириб, миллий хавфсизлигимизга раҳна соладиган ғоят хатарли таҳдид ва унга қарши муросасиз кураш олиб бориш – барчамизнинг бурчимиздир”.

Шавкат МИРЗИЁЕВ


Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son Farmoniga ko‘ra davlat xizmatiga qabul qilishning shaffof mexanizmiga asos solindi. Unda quyidagi tartib o‘rnatildi:

a) davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish ochiq mustaqil tanlov asosida quyidagi tartibda amalga oshiriladi, alohida tartibda saylanadigan va tayinlanadigan lavozimlar bundan mustasno:

2020 yil 1 yanvardan boshlab – tajriba tartibida, butun vertikal bo‘ylab – davlat boshqaruvi organlarida va Farmonning 2-ilovasiga muvofiq hududlardagi barcha davlat tashkilotlarida;

2021 yil 1 yanvardan boshlab – davlat fuqarolik xizmati nazarda tutilgan respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida.

Mazkur farmon asosida joriy yil 1 yanvardan barcha davlat organlari va tashkilotlarida kadrlarni tanlash va tayinlashning yangi tartibini joriy etiladi. Ushbu tizim davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda meritokratiya tamoyilini joriy etadi va davlat xizmatiga kirishdagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini oladi. SHu sababli, ushbu tamoyil asosida davlat mansablarini egallagan xizmatchilarda korrupsiyaga qarshi immunitet kuchli bo‘ladi.

SHuningdek, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha davlat xizmatchilarini muntazam o‘qitish va bilimini baholab borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2020 yilning 24 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida3 korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan hamda barcha kuch va vositalarga ega bo‘lgan alohida organ tashkil etish taklif etilgani korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim voqea bo‘ldi.

SHunga muvofiq, 2020 yil 29 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4761-son Qarori qabul qilindi4.

Farmonga asosan,korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining birgalikdagi samarali faoliyatini ta’minlash, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro hamkorlik uchun mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi ‒ O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi5.

SHu kabi maxsus tuzilmalar xorijiy davlatlar masalan, Singapur, Janubiy Korea, Qozog‘iston Respublikasi tajribasida tajribasida mavjud.

Ta’kidlash joizki, korrupsiya manfaatlar to‘qnashuvining jiddiy ko‘rinishi bo‘lib, u manfaatlar to‘qnashuning barcha turlarini bartaraf etishni talab etadi. SHu bois xorijiy mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish manfaatlar to‘qnashuning oldini olishdan boshlanadi.

SHu sababli, xorijiy davlatlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha jiddiy tartiblar o‘rnatilgan. Xususan, AQSH, Kanada, Fransiya va Gollandiya kabi mamlakatlarda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish va unga barham berishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Masalan, AQSH qonunchiligida davlat xizmatchisining qo‘shimcha (asosiy vazifa uchun ish haqidan tashqari) daromad olish huquqi ham cheklangan. Bu cheklash hokimiyat uchala tarmog‘ining barcha xizmatchilariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

AQSH federal qonunchiligida davlat hokimiyati organlarini tark etgan sobiq davlat xizmatchilarining ish faoliyatini cheklaydigan normalar ham nazarda tutilgan. Davlat xizmatchisi xizmat o‘tash davrida muayyan muammolarni hal qilishda hukumat mansabdor shaxsi sifatida shaxsan va katta vakolatlar bilan ishtirok etgan bo‘lsa, u iste’foga chiqqanidan keyin ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shunga o‘xshash muammolarni hal qilishda birovning manfaatlarini rasman va har qanday shaklda ifoda etishga haqli emas.

Kanadaning jinoyat qonunchiligiga muvofiq, “mansabdor shaxslarni pora evaziga og‘dirish”, “hukumatni aldash”, “mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan ishonchni suiiste’mol qilish” holatlari mansabdorlik jinoyatlari hisoblanadi. 1985 yilda Kanadada davlat xizmatchilarining xizmat vazifalari va shaxsiy manfaatlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan holda ular amal qilishi shart bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini o‘zida jamlagan kodeks qabul qilingan. Mazkur kodeksning maqsadi – “davlat apparati va davlat xizmatchilarining halolligiga jamiyatning ishonchini oshirish”dan iborat etib belgilangan.

Mamlakatimizda xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maxsus vakolatli organning tashkil etilishi maqtovga loyiq. SHu bilan birga, korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa mexanizmlarini ham joriy etib borish zarur.

Murojaatnomada belgilanganganidek davlatimizning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati izchil davom ettiriladi. Mazkur vazifa doirasida, har bir davlat organi o‘zining korrupsiyaga qarshi faoliyatida shu kabi huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga doir choralarni ko‘rishi lozim.

Ushbu ijtimoiy illatga qarshi kurashishning muhim chorasi sifatida jinoyatchilik va korrupsiya atrofida murosasizlik va umumxalq tomonidan qoralash muhitini yaratish zarurligini alohida ta’kidlash lozim.

SHuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda davlat xizmatchilarining axloqi, halolligi, korrupsiyaga murosasizligi muhim rol o‘ynashi lozim. Zero aynan halollik shu vaqtga qadar xalqimizga azob berib kelayotgan dardlarga malham bo‘la oladi. CHunki har bir insonni o‘z vijdonidan ko‘ra kuchli nazorat qiladigan va boshqaradigan kuch yo‘q. SHu sababli, halollik va vatanparvarlik vijdonimizni uyg‘otib, zehniyatimizni tozalaydi.

Qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi islohotlar davlat va jamiyat har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, shaxs huquqlari kafolatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.



Download 410.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling