1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida


Download 476.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana24.01.2023
Hajmi476.05 Kb.
#1116724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 MAVZU davomi 1..

Avvalo shundaki, bizning respublikamiz, asosan, xom ashyo bazasi, sanoat 
ministrliklari va idoralarining mо‘may xom ashyo manbai deb hisoblanar edi. 
О‘lkaning mahalliy, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlariga ba’zan yetarlicha, ba’zan 
mutlaqo baho berilmadi, ba’zan esa bu xususiyatlar pisand ham qilinmadi. Iqtisodiy 
va ijtimoiy sohani kompleks, jadal rivojlantirishning, umumittifoq mehnat taqsimotida 
О‘zbekiston SSRning mavqei va о‘rnini о‘zgartirishning muqobil yо‘llari e’tiborga 
olinmadi”
1

Boltiqbо‘yi respublikalarida о‘sha davrda yiliga aholi jon boshiga gо‘sht va gо‘sht 
mahsulotlari iste’mol qilish 110 kilogrammni tashkil qilganligini ham misol tariqasida 
keltirish mumkin. 
Buning asosiy sababi barcha mahsulotlarni taqsimlashning о‘ta markazlashganligi 
edi. Shu yerda bir holat kishi e’tiborini о‘ziga jalb qiladi. О‘zbekiston aholi jon boshiga 
64,4 kilogramm meva va rezavorlar yetishtirilgani holda, uning iste’moli Ittifoq 
bо‘yicha 41 kilogrammga, О‘zbekistonda esa 27 kilogrammga teng bо‘lgan. О‘sha 
davrda oziq-ovqat mahsulotlari taqsimotidan kelib chiqqan bunday nomutanosiblik 
О‘zbekiston aholisining haqli e’tirozini keltirib chiqargan. 
Mustaqillikka qadar mamlakatimizda sug‘oriladigan maydonlarning katta qismi 
paxta bilan band bо‘lib, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlari kam 
yetishtirilishi natijasida aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy 
qismini don va don mahsulotlari tashkil etgan. G’allaning 90 foizi respublikamizga 
tashqaridan (ittifoqdosh respublikalardan) olib kelingan. 
Respublikamiz uchun о‘sha paytlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy 
vaziyat ham chigallashgan davr bо‘ldi, bu ijtimoiy keskinlikni kuchaytirishi mumkin 
edi. Mamlakat juda katta oziq-ovqat muammosiga duch kelgan, murakkab vaziyat 
girdobida qolgan edi. 
1
Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: “О‘zbekiston”. 2011. 166-168 b. 



Shu о‘rinda I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish о‘rinli: “... Juda og‘ir 
ahvolga tushib, naqd ocharchilik ostonasida turibmiz ... Xalqimizni, iqtisodiyotimizni 
ta’minlash masalasida juda katta xavf tug‘ildi...”
1

Bu gaplar ortida Vatan, xalq taqdiri yotardi. 
Ana shunday murakkab sharoitda Islom Karimov oziq-ovqat ta’minotida 
uzilishlar yuz bermasligi uchun barcha chora-tadbirlarni kо‘rdi. Xorijdan sotib olingan 
g‘alla mamlakatimizga yetib kelishi uchun ma’lum vaqt talab qilinar edi. 
Vaziyat juda qaltis, ya’ni mamlakatimiz g‘alla zahirasining “tagi” kо‘rinib qolgan 
ana shu yillarda Islom Karimov tashabbusi va rahbarligida mamlakat aholisini 
о‘zimizda yetishtirilgan don bilan ta’minlash yuzasidan maxsus dastur ishlab chiqildi. 
Uning bosqichma-bosqich amalga oshirila boshlashi natijasida bir qator muammolar 
о‘z yechimini topdi. Jumladan: 

aholini kafolatlangan tarzda don mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati 
yuzaga keldi; 

dehqonlar uchun yangi ish joylari va qо‘shimcha daromad manbai yaratildi; 

paxta maydonlarining bir qismi qisqartirilib, bu maydonlarga g‘alla ekilishi 
hisobiga ekinlarni almashib ekish va tuproq unumdorligini saqlab qolish imkoniyati 
yaratildi; 

g‘alladan bо‘shagan yerlarga takroriy ekin ekish hisobiga sabzavot yetishtirish 
hajmi kо‘paydi, bu ham dehqonlarga qо‘shimcha daromad olish imkonini berdi; 

chetdan g‘alla sotib olish uchun sarflanadigan valyuta tejab qolindi; 

О‘zbekiston don va don mahsulotlari bо‘yicha о‘zga davlatlarga qaramlikdan 
qutula bordi; 

chorva mollarining ozuqa bazasi yanada mustahkamlandi. 
Kezi kelganda, о‘sha vaqtlarda bildirilgan ba’zi fikr-mulohazalarni ham eslash 
joiz. Bir qator iqtisodchi olimlar va xorijiy davlatlar vakillari “О‘zbekistonning о‘zida 
g‘alla yetishtirish shartmi? Undan kо‘ra, kо‘proq paxta yetishtirib, tolani eksport qilish 
hisobiga g‘allani arzon narxlarda chetdan sotib olgan ma’qul emasmi? Axir, paxta 
yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi yuqori-ku”, deya e’tiroz ham bildirishgan edi. 
Ammo ularning da’volari asossiz ekanligini ijtimoiy hayotning о‘zi kо‘rsatdi, 
endilikda mustaqil yurtimiz о‘z g‘allasiga ega bо‘ldi. 
Ma’lumki, 1960-1990-yillarda mamlakatimizda о‘tkir ijtimoiy muammolar 
tufayli millatimizning genofondi yomonlashib, ayniqsa, nimjon va kasalmand bolalar 
soni ortib ketgani xalqimizda qattiq tashvish uyg‘otar edi. I.A.Karimov 
О‘zbekistonning kо‘plab hayotiy muhim manfaatlariga yetkazilgan ziyon haqida afsus 
va nadomat bilan О‘zbekiston Kompartiyasining XXII syezdida sо‘zlagan ma’ruzasida 
quyidagilarni bayon etgan edi: "Paxta yakkahokimligi, ilmiy asoslangan almashlab 
ekishlar buzilganligi, yerning tinka-madori qurib ketganligi, suv manbalarining 
imkoniyatlari tobora kamayib borganligi qishloq xо‘jaligiga halokatli ta’sir kо‘rsatdi. 
Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish cheklab qо‘yildi va aholini shu 
mahsulotlar bilan ta’minlash muammolari keskinlashdi. Orol dengizining falokati 
Qoraqalpog‘iston janubi uchun borib turgan ekologik kulfat bо‘ldi, endi Orolni 
qutqarib qolish uchun zudlik bilan favqulodda chora-tadbirlar kо‘rilishi 
 
1
Karimov I.A. О‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: “О‘zbekiston”. 1996. 3-4 b. 



kerak” 
1
 
Inson taqdiri, uning hayotiga daxldor bо‘lgan, uning munosib turmush sharoitiga 
ega bо‘lishi bilan bog‘liq talablar aynan Islom Karimovning rahbarlik faoliyatining 
ilk kunlaridan qat’iy qо‘yildi. Kremlning jazavalariga qaramasdan, haqiqiy 
mustaqillikka qaratilgan yо‘lni mardonavor turib himoya qildi. KPSS MQning 1989- 
yil sentabrida Moskvada bо‘lib о‘tgan plenumida Islom Karimov dadillik bilan “Biz 
markaz bilan respublikaning xuquqlari va vazifalarini belgilab olish va chegaralashni 
qat’iy yoqlaymiz, biz respublika mustaqilligining har tomonlama mustahkamlanishi 
tarafdorimiz”
2
deganini О‘zbekiston taraqqiyotining mustaqil yо‘li tamoyillari ishlab 
chiqish borasidagi tashlangan qat’iy qadamning amaliy ifodasi, deb aytish shart. 

Download 476.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling