1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida


Download 476.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana24.01.2023
Hajmi476.05 Kb.
#1116724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 MAVZU davomi 1..

lekin sizlardan iltimosim, faqat hamma joyda tinchlik, tartib-qoida bо‘lishi kerak”
deydi. 
Farg‘ona vodiysi oblastlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, mintaqadagi 
ijtimoiy muammolar haqida ochiq-oydin va oshkora gapiradi, mavjud keskin ahvoldan 
chiqish yо‘li sifatida aholining turmushini yaxshilash, jumladan, odamlarni ish bilan, 
tomorqa va uy-joy uchun yer uchastkalari, chorva mollari bilan ta’minlash masalalarini 
birinchi bor amaliy nuqtai-nazardan kun tartibiga jiddiy qо‘yib, tegishli vazirlik va 
idoralar, oblast va rayon rahbarlariga aniq topshiriqlar beradi. 
Islom Karimovning bevosita tashabbusi bilan fashizmga qarshi urush yillarida 
Vatanidan quvib chiqarilgan qator xalqlarga о‘z yurtiga qaytishlarida yordam berish 
tо‘g‘risida Deklaratsiya qabul qilindi va SSSR Oliy Kengashiga taqdim etildi. Aytish 
mumkinki, о‘z vaqtida katta siyosiy va tarixiy ahamiyatga ega bо‘lgan bunday hujjat 
(u qanday hal etilganidan qat’i nazar) faqat О‘zbekistonda qabul qilindi
1
. Bu harakat 
respublika rahbariyatining jonkuyarligi va adolatparvarligidan dalolat berardi. 
I.A.Karimovning turli chiqishlarida aytgan, millionlab kishilar kо‘ngliga 
1
Жўраев Н. Агар огоҳсен. Портретга чизгилар. Сиёсий эссе. -Т.: “Ёзувчи”. 1998. 25 б. 


11 
ishonch, bilagiga kuch baxsh etgan sо‘zlari, ya’ni “О‘zbekistonda millatlar о‘rtasida 
qon tо‘kilmaydi”, “Farg‘ona voqealari boshqa qaytarilmaydi”, deya bergan va’dasi 
uning ham lafzi qat’iy rahbar, ham ulkan shaxs ekanini namoyon etdi. Hayotda inson 
uchun oilasi, umr yо‘ldoshi, farzandlari, uy-joyi, mol-mulki, obrо‘-e’tibori, sog‘lig‘i 
qanchalar qadrli bо‘lsa, shularning barchasidan u millatlararo janjal, qon tо‘kishlar 
sabab ayrilib qolishi mumkin. 
Agar о‘sha yillar tarixiga e’tibor beradigan bо‘lsak, Farg‘ona voqealari haqida 
shov-shuv kо‘targanlar, shunday qonli fojia hisobidan obrо‘ topish, о‘z g‘arazli 
manfaatlariga erishish, xalqimizni badnom qilishga uringan kimsalar kо‘p bо‘lgan. 
Islom Karimov bu borada kuyib-yonib, asl haqiqatni katta dard va jasorat bilan bayon 
qiladi, fojia oqibatlarini bartaraf etishning amaliy yechimlarini ishlab chiqadi va izchil 
amalga oshiradi. 
Islom Karimov Farg‘ona oblastida ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqargan sabablar 
haqida quyidagilarni bayon etgan edi: “Boz ustiga, keyinchalik ma’lum bо‘lishicha, 
kо‘pgina amaldor shaxslar, jumladan voqealar о‘t-olovdek chaqnab ketgan Toshloq 
rayonidagi ana shunday shaxslar qonun-qoidalarni buzishgan, poraxо‘rlik qilishgan. 
Ular, avvalo, о‘zlari va qarindosh-urug‘lariga yakka tartibda uylar qurish uchun yer 
uchastkalari ajratib berishgan, ssudalar olishgan, holbuki, yer va qarz olishga muhtoj 
bо‘lgan 400 nafar oddiy mehnatkashga rad javobi berilgan edi. 
Sotish uchun 319 ta avtomashina ajratilganida, shulardan 236 tasi rayonda 
yashamaydigan, jumladan, boshqa respublikalarda istiqomat qiladigan kishilarga 
g‘ayriqonuniy tarzda taqsimlangan, uy-joy taqsimlash tartibi qо‘pol tarzda buzilgan, 
gazlashtirish, suv ta’minoti, ishga joylashtirish masalalari necha yillar mobaynida hal 
bо‘lmay qolavergan”
1
 

I.A.Karimov О‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qо‘mitasining 1989-yil 19- 
avgustdagi XVI plenumida, keyinchalik Moskvada bо‘lib о‘tgan katta anjumanlarda, 
shuningdek, matbuotdagi chiqishlarida bu masalada qat’iy pozitsiyada turib, quyidagi 
fikrlarni alohida ta’kidlaydi: “О‘zbek xalqining vijdoni pok. Farg‘ona voqealari 
о‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bо‘lmadi. Bu voqealarga tuturiqsiz va g‘arazli 
maqsadlarni kо‘zlab, kim qanday bо‘yoq bermasin, tarix, albatta, о‘zining adolatli 
hukmini chiqaradi. Baynalmilalchilik, mehmondо‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati 
hamisha о‘zbek xalqiga xos fazilat bо‘lib keldi. Xalqimiz hech qachon boshqa 
xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bо‘lmagan. Bu qadimiy va hozirgi 
tariximizdan olingan kо‘pgina misollar bilan isbotlangan” 
I.A.Karimov Farg‘ona fojialari haqida shunday degan edi: “Farg‘ona voqealari, 
shuningdek, keyingi paytlarda rо‘y bergan boshqa tartibsizliklar bularning barchasi 
turli millat odamlarida bir-biriga ishonchsizlik paydo qildi. Shunday bо‘lishiga kim 
sababchi? Men hozir aniq-ravshan qilib aytaman: jamiki noma’qulchiliklar 
respublikamiz chegarasidan tashqaridadir”
Farg‘onadagi voqealar tugaganidan sо‘ng ham har xil mish-mishlar natijasida 
Toshkent viloyatining Parkent va Bо‘ka tumanlarida ba’zi kimsalar tomonidan noxush 
voqealar uyushtirildi. Masalan, 1990-yil 3-mart kuni Parkentning markazida 
1
Karimov I. A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: О‘zbekiston, 2011. 179-180 b. 


12 
ommaviy tartibsizliklar tufayli shu yerlik M. Mirtursunov halok bо‘ldi. Ushbu holat 
aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, noroziliklarni kuchaytirdi. 
1990-yilning avgust-sentabr oylarida Toshkent viloyatining Bо‘ka tumanida 
janjal-tо‘polonlar bо‘lib о‘tadi. Islom Karimov ushbu tumanga kelganida ayanchli 
manzaraning guvohi bо‘ladi yо‘l yoqasida mashinalar yonar, junbushga kelgan yoshlar 
tо‘polon qilishar edi. Yangi rahbar ularning yoniga borib, о‘zini tanishtiradi. Otga 
minib, xaloyiq orasiga kiradi. Ularga murojaat qilib: “Nima talablaring bо‘lsa, menga 
aytinglar, hammasiga e’tibor bilan qarab, hal qilib berishga harakat qilaman”, deydi. 
Markaz haqida о‘zining dangal fikrini aytadi. Yangi rahbardan bunday javobni sira 
kutmagan xaloyiq bо‘shashib qoladi. 
1990-yil 3-5-dekabr kunlari Namangan shahrida ichki qо‘shinlar harbiy 
xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar о‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar 
harbiy xizmatchi va 3 nafar mahalliy millatga mansub fuqaro halok bо‘ldi. 

Download 476.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling