1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida
partiyasi Markaziy komitetining birinchi sekretari qilib
Download 476.05 Kb. Pdf ko'rish
|
1 MAVZU davomi 1..
partiyasi Markaziy komitetining birinchi sekretari qilib saylandi. 1988-yil 15-may Sovet qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish boshlandi. Ular Amudaryo orqali Termizga olib o‘tilib, dastlab Toshkent oblastining Chirchiq shahriga joylashtirildi. 1988-yil 16-noyabr “Birlik” xalq harakati tashkil topdi. 1989-yil 12-19-yanvar O‘zbekistonda butun ittifoqda bo‘lgani kabi aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazildi. Bu paytda O‘zbekistonda 19.906.000 kishi yashagan. 1989-yil 15-fevral Afg‘onistondan so‘nggi sovet jangchilar olib chiqib ketildi. 1989-yil 26-mart SSSR Xalq deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. 1989-yil may KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Partiya kontrol komiteti va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi maxsus komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya Gdlyan va Ivanov guruxi sotsialistik qonunchilikni qo‘pol tarzda buzdilar, deb so‘zsiz tasdiqladilar. 1989-yil 20-24-may Quvasoy (Farg‘ona oblasti)da tub aholi bilan shu yerda istiqomat qiladigan mesxeti turklari yoshlarining tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari Farg‘ona voqealarining boshlanishiga turki bо‘ldi. 1989-yil 25-may – 10-iyun Moskvada SSSR xalq deputatlari birinchi syezdi bo‘lib o‘tdi. 1989-yil 25-may SSSR Xalq deputatlari birinchi syezdi ochilgan kuni Gdlyan boshliq tergov guruhi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ammo T.X.Gdlan va N.V.Ivanovlar SSSR xalq deputati ekanliklari (dahlsizlik maqomi)dan foydalanib, ozodlikda qolishdi. 1989-yil 3-iyun Marg‘ilon shahrining shimoliy-sharqida joylashgan Toshloq rayonida katta qonli to‘qnashuv yuz berdi. 1989-yil 3-iyun Farg‘ona viloyatining Oxunboboyev rayonidagi Surxtepa qishlog‘ida xunrezliklar sodir bо‘ldi. Natijada jami 20 kishi xalok bo‘ldi. Mesxeti turklarining uylari, shuningdek, 5 nafar o‘zbeklarning hovlisi ham yoqib yuborildi. 1989-yil 3-iyun O‘zSSR Ministrlar Sovetining raisi G‘.Q.Qodirov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi. Biroq 16 kishidan iborat hukumat komissiyasining to‘liq tarkibi faqat 6-iyunda shakllantirildi. Bu vaqtga kelib fojealar Farg‘ona viloyatining boshqar rayonlariga ham tarqalib ulgurgan edi. 1989-yil 4-iyun Qo‘qon shahridan militsiya xodimlari Toshloqqa tashlandi. Bu paytda rayonda vaziyat boshqarib bo‘lmaydigan darajada izdan chiqib ketdi. 1989-yil 4-iyun O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan Farg‘ona viloyatining mesxeti turklari zich yashaydigan hududlarida kommendantlik soati joriy qilinadi. 19 Iyun oyi davomida Farg‘onaga ittifoqning markaziy rayonlaridan jami 13 000 nafar harbiylar keltirildi. 1989-yil 6-iyun Moskvada SSSR xalq deputatlari birinchi syezdida R.N.Nishonov SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi qilib saylandi. 1989-yil 11-iyun O‘zbekistonda motam kuni deb e’lon qilindi. Shu kuni Farg‘ona oblastining butun hududida osoyishtalik saqlanib turdi. 1989-yil 15-iyun Toshkentda respublika partiya-xo‘jalik faollarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Farg‘ona fojealariga siyosiy jihatdan to‘g‘ri baho berilmadi. 1989-yil 23-iyun O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XIV plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitetining birinchi sekretari va Byuro a’zosi etib saylandi. 1989-yil 23-iyul Sirdaryo oblast Guliston rayonidagi Lenin nomli kolxozda bir gurux yoshlar mesxeti turklarining xonadonlariga shikast yetkazadilar. 1989-yil 3-sentabr Xalqaro Qo‘shilmaslik harakatining Belgrad shahrida bо‘lib о‘tadigan konferensiyasida ishtirok etish uchun borayotgan Afg‘oniston Respublikasining Prezidenti Najibullo Toshkentda to‘xtab o‘tdi. 1989-yil 8-sentabr Qirg‘iziston poytaxti Frunze (Bishkek) shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarining oziq-ovqat masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikalar Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretarlarining axborotlari tinglandi. 1989-yil sentabr Islom Karimov tashabbusi bilan “paxta ishi”ni chuqur o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonda maxsus taftish komissiyasi tuzildi. 1989-yil 2-noyabr SSSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov ishtirok etib nutq so‘zladi. 1989-yil 21-noyabr I.A.Karimov O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida Farg‘ona oblastida ro‘y bergan qonli fojealar sabablarini atroflchia o‘rganishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etib nutq so‘zladi. 1989-yil 12-24-dekabr Moskvada SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdi bо‘lib о‘tdi. 1989-yil 23-dekabr SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdida SSSR prokuraturasining T.X.Gdlyan boshchilik qilgan tergov gruppasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan metariallarni tekshiruvchi komissiya axboroti tinglandi. 1990-yil 19-fevral Toshkent oblastining Bo‘ka rayonidagi “Oktabr 40-yilligi” kolxozida o‘zbek va mesxeti turklari vakillarining guruhlari 20 o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi. Voqea yuz bergan joyga respublika rahbarlari borishdi. 1990-yil 26-fevral O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumi va Ministrlar Sovetining mesxeti turklari vakillari ishtirokida majlisi bo‘lib o‘tdi. 1990-yil 3-mart Toshkent viloyati Parkent tumani markazida ommaviy tartibsizliklar tufayli qurbonlar bo‘ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, noroziliklarni yanada kuchaytirdi. 1990-yil 19-aprel Gdlan va Ivanov SSSR prokuraturasidagi o‘z vazifasidan chetlashtirildi. 1990-yil 4-iyul I.A.Karimov KPSS XXVIII syezdida so‘zlagan nutqida “O‘zbeklar ishi” degan haqoratli gapga chek qo‘yishni talab qiladi. 1990-yil avgust-sentabr Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi. 1990-yil 2-5-dekabr Namangan shahrida ichki qo‘shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 fuqaro halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi. O‘zbekiston hukumat rahbarlari Namanganda bo‘lishdi. 21 Download 476.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling