1-mavzu: mustaqillikka erishishi arafasida


 O‘zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlari


Download 476.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana24.01.2023
Hajmi476.05 Kb.
#1116724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 MAVZU davomi 1..

4. O‘zbekistonda “Paxta ishi” va uning oqibatlari. 
О‘tgan asrning 80-yillari boshlariga kelganda sovet rejimi siyosiy tizimi va 
xо‘jalik yuritish usullarining rivojlanish imkoniyatlari kamayib bordi. 
О‘zbekistonda sovet rejimi tomonidan amalga oshirilgan kompaniyalarning eng 
oxirgisi “Paxta ishi” sifatida tarixga kirdi. “Paxta ishi” (“О‘zbek ishi”) mustabid 
sovet hokimiyati tomonidan 1983-1990-yillarda о‘zbek xalqiga qarshi uyushtirilgan 
navbatdagi qatag‘on siyosati bо‘lgan edi. 
Sovet Ittifoqining yangi rahbari Y.V.Andropov tashabbusi bilan 1983-yil fevral 
oyida KPSS MK Siyosiy byurosi О‘zbekistonda paxtachilik sohasidagi 
kо‘zbо‘yamachilik bо‘yicha tekshirishlar о‘tkazish tо‘g‘risida qaror qabul qilib, bu 
vazifani bajarish uchun SSSR prokuraturasida maxsus tergov komissiyasi tuzishni 
topshirdi. 1983-yil aprelda T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida ana shunday 
maxsus tergov guruhi tuzildi. Gdlyan-Ivanov guruhi 1983-yil avgustida ish boshladi. 
Ular keyinchalik Markazdan respublikamizga kelgan “desantchilar” (“kadrlar 
tо‘dasi”): partiya, sovet va xо‘jalik rahbarlariga tayanib, О‘zbekistonda keng miqyosli 
sud-tergovni amalga oshirishga kirishdilar. 
Ulkan mamlakatni qamrab olgan inqiroziy holatlarni sovet rejimi mavjud tizim 
negizida emas, balki yuzaga kelgan salbiy illatlarda deb hisoblagan Markaz bu davrda 
О‘zbekistonni tajriba-sinov maydoni sifatida tanlab oldi. Respublikada “tozalash 
ishlari”ni olib borishdan kо‘zlangan maqsadni faqat iqtisodiy jinoyatchilikni fosh etish 
emas, balki mamlakat hayotidagi umumiy salbiy xolatlarni tо‘xtatish, “temir partiyaviy 
intizom” bilan milliy kadrlarni jilovlab, erkin fikrlaydigan ziyolilar va boshqa 
mutaxassis kadrlarni jilovlash, ittifoqdosh respublikalarda yuzaga kelayotgan milliy 
ijtimoiy-siyosiy unsurlarni bо‘g‘ib tashlash, milliy ong va kishilarning faoliyatini ham 
mahkam ushlab turishdan iborat edi. 
Hisob-kitoblarga kо‘ra, SSSR miqyosida xom ashyo yetkazish sohasida qо‘shib 
yozish 2-25 % atrofida bо‘lgan. Bu xolat О‘zbekistonga nisbatan boshqa 
respublikalarda avvaldan mavjud bо‘lib, kо‘lami ham ancha katta bо‘lgan. Biroq 
Markazning yangi rahbariyati tomonidan 1983-yili О‘zbekiston SSRda qatag‘onning 
yangi bosqichi boshlanib, gо‘yoki Sovet Ittifoqidagi barcha jinoyatlar faqat 
О‘zbekistonda sodir qilindi, uni faqat о‘zbeklar amalga oshirdi, degan fikr 


13 
jamoatchilik ongiga singdirish maqsad qilindi. 
О‘zbekistonda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bog‘liq jarayonlardagi 
qо‘shib yozish, о‘g‘irlik, poraxо‘rlik aybi bilan respublikadagi jamoa xо‘jaliklari 
raislari va sovxoz direktorlarining 60 foizi, qishloq xо‘jaligi yetakchi 
mutaxassislarining 45 foizi, paxtachilik brigada boshliqlarining 35 foizi, shuningdek, 
О‘zbekiston paxta tozalash sanoati vazirligi tizimidagi kо‘plab rahbarlar, viloyatlar 
va tumanlar partiya komiteti kotiblari, respublika miqyosidagi partiya, sovet va 
xо‘jalik rahbarlari о‘z vazifalaridan olib tashlandi va ularga nisbatan jinoiy ish 
qо‘zg‘atildi. Ayrim rahbarlar qamoqqa tushmaslik uchun о‘z jonlariga qasd qilishdi. 
1983-1986-yillarda sovet jamoatchiligi T.X.Gdlyan rahbarligidagi gurux 
faoliyatidan butunlay bexabar edi. Tergov guruhini ishi jamoatchilikdan sir tutildi. 
Ammo 1987-yildan boshlab OAV guruh ishini keng kо‘lamda va ayni vaqtda bir xil 
ijobiy yorita boshladi. Gdlyan-Ivanovlarning nomlari, ayniqsa, 1988-yildan butun 
SSSRda va chet ellarda mashxur bо‘lib ketdi. 
Gdlyan gruppasining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari tо‘g‘risida birinchi shikoyat 
Moskvaga 1983-yildayoq yuborilgan edi. 1987-yildan bu shikoyatlar tobora kо‘payib 
boraverdi. 1989-yil 25-aprelda “Xint ishi” bо‘yicha T.X.Gdlyan faoliyati keskin tanqid 
ostiga olinganidan sо‘ng shikoyatlar avj oldi. 1989-yil may oyida KPSS Markaziy 
Komiteti huzuridagi Partiya kontrol komiteti va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi maxsus 
komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya qisqa muddatda xulosalar chiqarib, Gdlyan va 
Ivanov sotsialistik qonunchilikni qо‘pol tarzda buzdilar, deb sо‘zsiz tasdiqladilar. 
1989-yil 25-mayda SSSR Xalq deputatlari birinchi syezdi ochilgan kuni Gdlyan 
boshliq tergov guruhi yuzasidan jinoiy ish qо‘zg‘atildi. Ammo Gdlyan bilan Ivanovlar 
SSSR xalq deputati ekanliklari (dahlsizlik maqomi)dan foydalanib, ozodlikda qolishdi. 
Maxsus komissiya 1989-yilning iyun oyidan dekabr oyiga qadar jamoatchilik 
fikrini eshtib va sud-tergov xujjatlarini о‘rgandi. 1989-yilning 12-24-dekabrda bо‘lib 
о‘tgan SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdida 23-dekabr kuni “SSSR 
prokuraturasining T.X.Gdlyan boshchilik qilgan tergov gruppasi faoliyati bilan bog‘liq 
bо‘lgan metariallarni tekshiruvchi komissiya axboroti” tinglandi. Xisobotda tergov 
gruppasining jinoyatda ayblangan kishilarning oila a’zolarini, qarindoshlarini
jumladan, betoblarni, keksa yoshdagi kishilarni, kо‘p bolali onalarni qamab qо‘yish 
amaliyoti keng qо‘llanilganligi ochiq aytildi. Sudlanganlardan, ayblanuvchilardan va 
ularning qarindoshlaridan tushgan shikoyatlarda tergovchilarning g‘ayriqonuniy 
harakatlari, “otib tashlayman”, deb dag‘dag‘a qilishgani va boshqa yо‘sundagi 
qо‘rqitishlari, grajdanlarning haqoratlanishi, ularning sha’ni va qadr-qimmati yerga 
urilgani, jismoniy kuch ishlatilgani о‘z tasdiqini topganligi e’tirof etildi. 
Gdlan-Ivanovlar 1990-yil 19-aprelda SSSR prokuraturasidagi о‘z vazifasidan 
chetlashtirildi. Biroq SSSR prokuraturasining mas’ul xodimi 2-darajali adliya 
maslahatchisi V.Ilyuxin rahbarligidagi Gdlyan-Ivanov guruhiga qarshi qо‘zg‘atilgan 
ish ham tо‘xtatib qо‘yildi. Chunki, V.Ilyuxin xujjatlarni puxta о‘rganib, nafaqat bu ikki 
tegovchiga qarshi, balki SSSR Prezidenti M.S.Gorbachevga qarshi ham ish qо‘zg‘atib, 
uni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini qо‘ygan edi. 
Islom Karimov respublika rahbarligiga kelgach, 1989-yil sentabrda “paxta 


14 
ishi”ni chuqur о‘rganish bо‘yicha О‘zbekistonda maxsus taftish komissiyasi tuzildi. 
Qamoqqa olingan kishilarning ming jilddan ortiq “ish”lari qayta kо‘rila boshlandi. 
Komissiya faoliyatiga Ministrlar kabineti raisining birinchi о‘rinbosari I.H.Jо‘rabekov 
raislik qildi. О‘zSSR Oliy sudi raisi vazifasini bajaruvchi A.A.Polvonzoda unga 
о‘rinbosar bо‘ldi. Komissiya tomonidan “paxta ishi”da nohaq jabrlangan minglab 
kishilar avf etildi va oqlandi. 
1990-yilda О‘zbekiston SSR Oliy sudi raisining birinchi о‘rinbosari 
(A.Polvonzoda), respublika prokurori о‘rinbosari (Rashid Qodirov), О‘zbekistondan 
saylangan SSSR Xalq deputatlari (Erkin Yusupov, Axmadjon Muxtorov va boshq.) 
Markazdan Gdlyan-Ivanov ishini kо‘rib chiqishni О‘zbekistonga kо‘chirishni talab 
qilishdi. Biroq SSSR Bosh prokurori N.Trubin ayrim siyosiy kuchlarning tazyiqi bilan 
1991-yil 30-avgustda “Gdlan va Ivanov harakatlarida jinoyat alomatlari yо‘qligi hamda 
siyosiy vaziyatning о‘zgarganligi uchun jinoiy ishni tо‘xtatish tо‘g‘risida” qaror qabul 
qildi. Xolbuki, Gdlyan-Ivanov ustidan maxsus tekshirish ishini olib borayotgan 
tergovchilar hali ishni tugatmagan edilar. 
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda О‘zbekistonda “Paxta ishi” (“О‘zbek ishi”) 
“jinoyat” ishi bo‘yicha 1983-1990-yillarda jami 40 000 kishi tergovga tortilgan. 
Ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz о‘tirdi. 4018 kishi 
noqonuniy sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan. 
O‘zbekistonda “paxta ishi” degan soxta kompaniya qatag‘on siyosati ta’sirida nohaqlik va 
adolatsizlik avjiga chiqqan, partiya, sovet va davlat idoralari, huquqni muhofaza qilish 
organlari faoliyatida aynish boshlangan, turli buzg‘unchi kuchlar, diniy niqobdagi radikal 
oqimlar bosh ko‘

Download 476.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling