1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi. Reja: Nutq a’zolari haqida ma’lumot 2
Download 1.26 Mb.
|
Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasininganotomo-fiziologik tuzilishi.
Hiqildoqning rivojlanish nuqsonlari — ko'pincha hiqildoq usti tog’ayida o‘zgarishlar bo’libadi, u rivojlanmay qolishi, yoki umuman bolmasligi rnumkin, yoki bir necha bo‘lakchalarga bolingan bo‘lishi rnumkin.
Halqumda paydo bo'ladigan chandiqlar. Ayrim yuqumli kasalliklarda (skarlatina, difteriya) halqumning shilliq pardasi juda chuqur zararlanadi, hatto ayrim joylarida nekrozga uchrab o‘ladi va shu yerlarda chandiqlar paydo bo’libadi. Sifilitik yaralar ham chandiqlarga olib keladi. Chandiqlarning joylashishi turli xil bo'ladi. Ayrim hollarda yumshoq tanglayga, uning yoylari tilini butunlav o'zgarliradi, yoki chandiqlar yumshoq tanglayning qoldiqlari halqum orqa devoriga birikib bitib qolishi natijasida og‘iz bo’shlig'i — og'iz halqum bo'limi butunlay burun-halqum boiimidan ajralib qoladi. Burun bilan nafas olib bo'lmaydi yoki qiyinlashadi, manqalik kuzatiladi, talaffuzda nuqsonlar kuzatiladi. Halqumning kuyishida ham o‘xshash holatlar kuzatiladi. Halqum va qizilo'ngachning termik, kimyovviy, elektrdan va nurdan kuyishlari farq qiladi. Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va qizilo‘ngachning termik kuyishi odatda qaynoq ovqat, ko‘pincha suyuqliklarni yutishdan, ba’zan bu bo'shliqlarga issiq havo, gaz yoki bug1 kirishidan kelib chiqadi. Halqum va qizilo'ngachning kimyoviy kuyishlari odatda ancha og‘ir bo‘ladi. Ular suyuq zaharlarni ko‘pincha konsentrlangan kislota va ishqor eritmalarini tasodifan yoki atayin ichishdan so‘ng paydo boiadi (sirka, essensiya, kaustik soda). O‘tkir laringit. Hiqildoq shilliq pardasining o'tkir yallig'lanishi — o‘tkir laringit—gripp, yuqori nafas yo'llarining qatorida — shu yo‘llarning yallig'lanishi hiqildoqqa tarqalishi mumkin. Ovozni zo'riqtirish, chekish, laringitga moyillikka olib keladi. Buning ustiga organizm umuman sovqotsa yoki mahalliy sovish yuz bersa (zax va sovuq havodan nafas olish, muzqaymoq yeyish, muzdek suv ichishi) hiqildoqning yallig'lanishiga sabab bo'ladi. Belgilari: tomog'i qiriladi, quriydi, achishadi, qichishadi, quruq yo‘tal paydo bo’libadi, ovozi xirillab chiqadi, yoki umuman ovozi chiqmaydi (afoniya), hiqildoq ko‘zdan kechirilganda tovush pardalari qizarib, bo'rtib turadi, soxta ovoz pardalari tovush chiqarishga harakat qilganda bekilmaydi (shuning uchun ovoz xirillab chiqadi yoki ovoz butunlay chiqmaydi (afoniya). o’tkir laringit to‘g‘ri davolansa 7—10 kun ichida tuzaladi. Asosiy davo — hiqildoqqa butunlay tinchlik berish — tovush rejimiga rioya qilish (gapirmaslik). Bemor 5—7 kun ichida umuman gapirmasligi kerak, o'tkir garmdori, gorchitsa, sirka iste’mol qilishi mumkin emas. Juda issiq va sovuq ovqat yeyish, chekish, spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Davolovchi muolajalar — iliq ichimliklar, bo'yinga isituvchi kompress boglash, pardan ingalatsiya. Dori-darmonlar bilan davolash hiqildoqqa yallig'lanish protsessini tugatish va kasallik asoratlarining oldini olishga qaratilgan. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling