1-mavzu: Nutq madaniyati fani, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati Dars rejasi


Download 30.42 Kb.
bet10/14
Sana25.11.2021
Hajmi30.42 Kb.
#177147
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1- Nutq MA'RUZA

estetik vazifasidir. Tildagi badiiy imkoniyatlarning cheksizligi, bu imkoniyatlar ham moddiy va ham ma’naviy olamlarni qamrab olishini ta’kidlab, A.Rustamiy shunday yozadi: “...Tilning o‘zidan ham go‘zallik moddasi sifatida, xususan, qalamu so‘z ahli va umuman xalq foydalanadi. Chunki til yetuk hodisalardan bo‘lib, unda go‘zallik uchun zarur bulgan hamma sifatlar mavjuddir. Birinchidan, til tabiat va insondagi mavjud go‘zallikni aks etgirish vositasi bo‘lsa, ikkinchidan, tilning o‘zi go‘zallikni vujudga keltiradi. Shoir va yozuvchilar hamda oddiy xalq orasidagi minglab chechanlar tilning mazkur har ikki jihatining biridan yoki har ikkisidan birdek foydalanadilar va shu bilan o‘quvchi yoki tinglovchiga rohat bag‘ishlaydilar... Biz tilga go‘zallik javhari sifatida nazar soladigan bo‘lsak, uning kishini hayratga soladigan darajada yetukligi bor. Qaysi bir tilni olmang, undagi tovushlar yuzga yetmaydi. Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘ttiz bitta tovush bor... Mana shu qadar ozgina tovushdan o‘zbek tili tarixida milliondan ortiq so‘z yasalgan va bu so‘z yasalishi kerak bo‘lgan taqdirda cheksiz davom etishi mumkin. Bu cheksiz imkoniyat dunyodagi hamma tillarga xos. Tilning mana shu yetukligi uning o‘zining go‘zalligini va undan foydalanuvchining, ya’ni so‘zlovchining yoki yozuvchining mahoratini ta’minlaydi” (Rustamiy A. Ko‘rsatilgan asar, 17-20-betlar).

Ming yillik madaniyatimiz tarixida xalqimiz badiiy dahosining mahsuli bo‘lmish nafis so‘z san’ati durdonalari behisob. Ularning allaqanchasi turkiy tafakkur teranligi va taxayyul bepoyonligining muhtasham obidalari o‘laroq jahon badiiyati ganjinasining turida qur to‘kib turibdi. Tilimiz inja ifoda imkoniyatlariga benihoya boy va shunga kura beqiyos darajada betakrordir. Mumtoz va bugungi adabiy asarlarni o‘qirkanmiz, xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan taniqhar ekanmiz yoki turli so‘z o‘yinlarini, o‘tkir va nozik askiyalarni tinglarkanmiz, oddiy odam nutqida topib aytilgan so‘z yoki iboraning guvohi bo‘larkanmiz, tilimizning turfa tovlaniqhlaridan, nafosatidan astoydil lazzatlanamiz, behad zavqlanamiz, Bu o‘rinda yana shuni ham aytish joizki, u yoki bu tilni go‘zal yoki “xunuk” (guzal emas) deyish mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Alog‘ida olingan til chiroyli ham, xunuk ham bo‘lolmasligi tabiiy. Bu munosabat bilan taniqli rus tilshunosi R.A.Budagovning quyidagi fikrlari diqqatga sazovor: “Aslida tillar, avvalo, ko‘p rivojlangan va kam rivojlangan, juda boy va biroz boy, qadim yozuv an’anasiga suyangan va bunday an’anaga mutlaqo ega emas bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi u yoki bu tilning potensial estetik imkoniyatlarida turlicha aks etadi. Ikkinichidan, tillar, aynissa, adabiy tillar o‘zicha chiroyli ham, xunuk ham bo‘lmasa-da, aloqa (kommunikatsiya) jarayonida, xususan, agar bu tillardan faqat nimani gapirayotganiga emas, balki qanday gapirayotganiga ham befarq bo‘lmagan odamlar foydalanayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha estetik vazifani olish qobiliyatiga ega” (Budagov R.A. Pisa teli o yazike i yazik pisatelya. Moskva; MGU, 1984, S.260). Tabiiyki, o‘zbek adabiy tili ana shunday asrlar osha rivoju sayqal topgan, behad qadim yozuv an’anasiga sohib, ming yillik yozma yodgorliklarida yashab kelayotgan juda boy tildir. Shuning uchun ham tilimiz go‘zal nutq tuzish uchun potensial imkoniyatlari tutanmas tengsiz xazinadir. Tilning
Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling