1-mavzu: Nutq madaniyati fani, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati Dars rejasi


Download 30.42 Kb.
bet12/14
Sana25.11.2021
Hajmi30.42 Kb.
#177147
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1- Nutq MA'RUZA

til estetikasi deganda, tildagi vositalar va ifoda imkoniyatlari nazarda tutiladi. Nutq estetikasi deganda esa ana shu vositalar va ifoda imkoniyatlaridan foydalaniqh, ularning muayyan nutqiy matndagi realizatsiyasi anglanadi. Masalan, tilimizdagi ko‘pdan-ko‘p xilma-xil turdagi sinonimlar yoki boshsa tanlash mumkin bo‘lgan vositalar (til estetikasi) dan unumli va o‘rinli foydalangan holda nutq tuzamizki, unda nutqiy estetik vazifa ishga tushadi. Estetik vazifa tilning asosiy kommunikativ vazifasini qulaylashtiradi, uning imkoniyatlarini boyitadi. Til va nutq ayni shu estetik vazifasi bilan ifodalilik, ta’sir quvvatini namoyon etadi. Aytish lozimki, nutq madaniyatini kommunikativ vazifa bilan bir qatorda estetik vazifasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ko‘rinadiki, madaniy nutq tuzish maqsadi o‘rtaga ko‘yilar ekan, zamisha til va nutq estetikasi e’tiborda bulishi shart. Til (nutq) estetikasini nutq madaniyatidan aslo ajratib bo‘lmaydi. Nutqning madaniyligini, demakki, ta’sir quvvatini ta’min etadigan to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud (ular haqida keyinroq batafsil to‘xtalinadi). Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi. Tilshunoslikda “nutq madaniyati” termini, asosan, ikki xil ma’noda qo‘llanadi, ya’ni: 1) tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga muvofiq tarzda foydalana olish, nutqda kommunikativ sifatlarning barchasini mujassamlapggira bilishni ta’minlaydigan ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami; 2) tilshunoslikning tildan maqsadga va nutq vaziyatiga muvofiq tarzda foydalaniqh, nutqda kommunikativ sifatlarni mujassamlashtirish qoidalarini ilmiy asosda o‘rganiqh va belgilash bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi.

Nutqning kommunikativ sifatlari nafaqat aloqani ta’minlash, balki tinglovchi yoki o‘quvchiga nutqiy ta’sirni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kommunikativ va estetik ta’sir maqsadida tuzilgan nutq(matn)ni “Nutq madaniyati” kursining predmeti deyish mumkin.

Nutqning tug‘riligi, ya’ni uning adabiy tal me’yorlari (talaffuz, so‘z yasalishi, leksik, morfologik, sintaktik, uslubiy me’yorlar) ga qat’iy mosligi madaniy nutqning asosiy, markaziy sifatidir. Ammo har qanday tug‘ri nutq madaniy bo‘lavermaydi, u mazkur boshqa kommunikativ sifatlarga ham ega bo‘lgandagina chin ma’nodagi madaniy nutq maqomini olishi mumkin. Bu o‘rinda yirik rus tilshunosi S.I.Ojegovning quyidagi fikri diqqatga sazovor: “Yuksak nutq madaniyati bu o‘z fikrlarini til vositalari orqali to‘g‘ri, aniq va ta’sirchan qilib ifodalay olishdir. To‘g‘ri nutq deb hozirgi adabiy til me’yorlariga rioya qilib tuzilgan nutqda aytiladi. Til me’yorlari


Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling