miyasidagi muayyan bir markaz bilan qabul qiladigan tovushni g‘arb kishisi boshqa bir markaz orqali qabul qilar ekan. Tadqiqotchi bu farq etnogenetika bilan borliq yoki bogliq emasligini aniqlash maqsadida 20 ta yapon emigrantining bolalari ishtirokida eksperimentini yana davom ettiradi. Natija shuni ko‘rsatadiki, bu farq genetik emas, balki ona tili muhiti bilan aloqador ekan. Ana shularga asoslanib, professor Sunoda quyidagicha xulosa chiqaradi: “Men insonning o‘z atrofidagi tovushlarni qabul qilishi, sezishi, o‘zlashtirishi va tushunishini ona tili differensiatsiya qiladi deb hisoblayman. Ona tili miyadagi emotsional mexanizmning rivojlaniqhi bilan uzviy bog‘liq. Bolalikdan egallangan ona tili har bir etnik guruhning o‘ziga xos, betakror madaniyati va ruhiy olamining shakllaniqhi bilan chambarchas borliqdir deb o‘ylayman”. Til fikr ifodalash, dunyoni bilish, bilim-tajribalarni to‘plash, saqlash va keyingi avlodlarga yetkazish, milliy-ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go‘zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajaradi. Tilni faqat va faqat kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatida talqin etish insonning tabiiy tilini, bu benihoya murakkab va muhtasham hodisani, eng kami, jo‘nlashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mosuvo bo‘lgan sun’iy tilga (masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |