1-mavzu: Nutq madaniyati fani, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati Dars rejasi
Download 30.42 Kb.
|
1- Nutq MA'RUZA
Til madaniyati tilning adabiylashgan, ma’lum tartibga solinganlik darajasini, lug‘at tarkibi, grammatik, semantik, uslubiy jihatdan rivojlanganlik, boylik darajasini ifoda imkoniyatlarining kengligini ko‘rsatadigan tushunchadir. Nutq madaniyati esa tildan bemalol, maqsadga o‘ta muvofiq va ta’sirchan tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan ko‘nikma bilimlar jamidir. Nutq madaniyati atamasini ikki xil ma’noda tushinish mumkin: 1. Tildan bemalol, maqsadga va nutqiy vaziyatga mos tarzda foydalana olish, nutqda aloqaga oid sifatlarning barchasini mujassamlashtira bilishni ta’minlaydigan malakadir. 2. Tilshunoslikning tildan kerakli maqsadda, aloqaviy sifatlar mujassamlashgan qoidalarni ilmiy asosda o‘rganiqh hamda belgilash bilan shug‘ullanuvchi sohasidir. Til ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaviy ehtiyoj sababli yuzaga kelgan. Taniqli o‘zbek akademigi Alibek Rustamiy: “Til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki yoki yozma tarzda qoldiriladi. Natijada yangi avlod keksa avlodning izlaniqhlarini davom ettiradi. Til vositasida biz sezgi uzvlari bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o‘rganamiz”, – deb ta’kidlagan.
Dunyoda turli-tuman kasblar, biri-biridan turfa hunarlar bor. Ularning har birida o‘ziga xos ish qurollaridan foydalaniladi. Masalan, dehqonning asosiy quroli ketmon, duradgorniki-tesha (arra, randa va sh.k.), jarrohniki-tig‘, tikuvchiniki-igna va h.k.o. Dehqon ketmoni bilan taqir yerda betakror bog‘ barpo qiladi, go‘zallik yaratadi yoki tajriba-mahorati yetarli bo‘lmasa, yerning umriga zomin bo‘ladi. Ketmon o‘tkir bo‘lmasa, dehqonning o‘zi ketmon urish hadisini olmagan bo‘lsa, oltin tuproqning ham, xomtama dehqonning ham holiga maymunlar yig‘lashi aniq. Faoliyatining asosiy quroli til bo‘lgan kasblar ham borki, ularning boshida o‘qituvchilik turadi. Qaysi fan mutaxassisi bo‘lishidan qat’i nazar, tilshunos tildan mohirona foydalaniqh hadisini olmagan, demakki, chinakam madaniy nutq malakasini egallamagan bo‘lsa, darsdagi nutqi o‘tmas, nochor va rangsiz bo‘lsa, uning bilimi qanchalik chuqur va tugal bo‘lmasin, qirq besh daqiqalik fursat uning o‘zi uchun ham, o‘qituvchi sho‘rlik uchun ham benihoya og‘ip azob. Ona tilida puxta, lo‘nda va shirador nutq tuza olish malakasi va mahorati matematika o‘qituvchisi uchun ham, ona tili o‘qituvchisi uchun ham birday zaruriy fazilatdir. Tilshunos go‘zal, o‘zni ham, so‘zni ham qiynamaydigan, ravon va ohorli ifodalarga boy nutqi bilan o‘quvchilarni mahliyo etib, materialni bayon qilmog‘i lozim. Boshqacha qilib aytganda, o‘qituvchining paco madaniy nutqi o‘quvchida havas va hayrat uyg‘otishi, unga namuna bo‘lishi, ayni paytda bu nutq materialni o‘quvchi tomonidan oson o‘zlashtirilishi uchun eng qulay vosita vazifasini bajarishi kerak. Nutqiy madaniyat tarbiyasi bilan maktabdagi barcha o‘quv fanlari bilvosita yoki bevosita shug‘ullaniqhi zarur. Matematika bo‘ladimi, fizika yoki tarix bo‘ladimi, o‘qituvchi o‘z nutqiy mahorati bilan ibrat ko‘rsatishi, hatto tegishli fan sohasining tugal tilini namoyish etishi va shu yo‘l bilan o‘quvchidagi so‘z sezgisiga kuch berishi maqsadga muvofiq. Ta’lim amaliyotida ko‘rgazmalilik azaldan eng muhim omil sifatida qo‘llanib kelinadi, shuning uchun o‘qituvchi juda ko‘p vaqtini turli ko‘rgazmali qurollar tayyorlashga sarflaydi. Ammo unutmaslik kerakki, nutqiy madaniyatni o‘rgatish, chiroyli so‘z zavqini o‘stirish, umuman, til estetikasi tarbiyasida asosiy, jonli ko‘rgazmali qurol o‘qituvchining o‘zidir, Nutq madaniyati haqida gan ketar ekan, avvalo, til va nutq tushunchalarining mohiyatini farqlab olish lozim. Til va nutq bir - biri bilan chambarchas borliq, ammo ayni paytda bir-biridan farqlaniqhi kerak bo‘lgan hodisalardir. Tilsiz nutqning, nutqsiz tilning majud bo‘lishi mumkin emas. Til nutq uchun qurol, bu quroldan foydalanib nutq tuziladi, nopisandlik, e’tiborsizlik qilinsa, nutq maqbul bulmaydi va bu tilning ofati bo‘ladi. Til va nutqning bir - biri bilan borliqligi, biri ikinchisiga hamisha ta’sir etishini til qonuniyatlarini bilgan har bir odam uchun ma’lum. Yevropa tilshunosligida til va nutqni farqlash zaruriyatini asoslash, til va nutq tushunchalarining mohiyatini belgilash, bu ikki hodisaga xos xususiyatlarni ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish, avvalo, mashhur shveysar tilshunosi Download 30.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling