1-mavzu: Nutq madaniyati fani, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati Dars rejasi
Download 30.42 Kb.
|
1- Nutq MA'RUZA
Ferdinand de Sossyur nomi bilan bog‘liqdir. Uningcha, “til tushunchasi nutqiy faoliyat tushunchasi bilan teng emas; til - nutqiy faoliyatning muayyan bir, albatta, eng muhim qismi”, til so‘zlovchining faoliyati emas, u tayyor mahsulot, ijtimoiy hodisa, nutq esa individual faoliyat, so‘zlovchining o‘z fikrini ifodalash maqsadida til belgilaridan foydalangan holda reallashtirgan kombinatsiyasi mahsulidir. Til shu qadar mutlaqo o‘ziga xos narsaki, so‘zlash qobiliyatini yo‘qotgan odam ham tilni saqlaydi, ya’ni u eshitadigan til belgilarini bemalol tushunaveradi (Sossyur de F. Trudi po yazikoznaniyu. Moskva: Progress, 1977. S. 47, 52-53). Uning ongida til yaxlitligicha turaveradi, shu tilda o‘ylayveradi, faqat nutqini reallashrish uchun nutq organlarining tegishli harakati yo‘qolgan bo‘ladi, xolos. F.Sossyurning quyidagi fikrlari ham alohida diqqatga sazovor: “...nutqiy faoliyatni o‘rganish ikki qismga bo‘linadi; ulardan birining, asosiysining o‘rganish predmeti tildir, ya’ni mohiyatan ijtimoiy va individga bog‘liq bo‘lmagan narsadir; bu sof psixik fan; boshqasining, ikkinchi darajalisining o‘rganish predmeti nutqiy faoliyatning individual tomonlari, ya’ni nutq (fonatsiya - tovush chiqarish bilan birga); bu fan psixofizikdir. Shubhasizki, bu ikki predmet (obyekt) bir-biri bilan chambarchas borliq va biri ikkinchisini taqozo etadi: til nutq tushunarli va shu asosda foydali bo‘lishi uchun zarur; nutq o‘z navbatida tilning shakllaniqhi uchun zarur; tarixan nutq fakti hamisha tildan oldindir. Agar tushunchaning so‘zli (fonetik) obraz bilan assotsiatsiyasi oldindan nutq aktida voqe bo‘lmagan bo‘lsa, bunday assotsiatsiya qanday qilib mumkin bo‘la oladi? Boshqa tomondan qaraganda, faqat boshqalarni eshitib, biz o‘z ona tilimizni o‘rganamiz; sanoqsiz tajribalar natijasidagina til bizning ongimizda saqlanib qoladi. Nihoyat, tilning taraqqiyoti aynan shu hodisalari bilan borliq: bizning til ko‘nikmalarimiz boshqalarni eshitganda olingan taassurotlarga borliq holatda o‘zgaradi. Shunday qilib, til va nutq o‘rtasida biri-biriga bog‘liqlik o‘rtaga chiqadi: til bir paytning o‘zida nutqning ham quroli, ham mahsulidir. Ammo bularning barchasi til va nutqning mutlaqo farqli narsalar bo‘lishiga monelik qilmaydi” (Sossyur de F. Ko‘rsatilgan asar, 57-bet) Ko‘rinadiki, til tuganmas imkoniyat, nutq esa ayni shu imkoniyatning real voqelaniqhidir.
“F. de Sossyur til-nutq dixotomiyasini shaxmat uyini qoidalari misolida tushuntirib berishga harakat qilgan edi. Haqiqatan ham, shaxmat taxtasidagi 64 katak teng holatda ikki xil rangda ikki guruhga o‘ttiz ikkitadan ajratilib, qarama-qarshi qo‘yiladi, har ikki guruhdagi donalar vazifa va qiymat jihatidan bir-biriga teng, donalarning o‘ziga xos joylashish tartibi va yurish qoidalari bir xil. Shaxmat o‘yini qoidalari o‘yinchilar uchun majburiy, avvaldan ma’lum bo‘lib, ular doimo o‘yinchilar xotirasida saqlanadi. Har ikki o‘yinchi bir xil imkoniyatga ega bo‘lib, shaxmat uyini qoidalariga bir xil bo‘ysunsa ham, o‘yinchilarning o‘zlari imkoniyatlardan foydalanish mahoratiga ko‘ra biri kuchli, biri kuchsiz mavqeda bo‘ladi. Qaysi shaxmatchi imkoniyatlarni o‘z maqsadi yo‘liga izchillik bilan bo‘ysundira olsa, u shu imkoniyatlardan foydalana olmagan raqibini yengadi” (Ne’matov H, Bozorov O. Til va nutq. Toshkent. O‘qituvchi, 1993, 9-bet). Usta shaxmatchi mavjud imkoniyatlarni qanchalik mahorat bilan ishga solsa, ziyrak nutq tuzuvchi ham tildagi behisob ifoda imkoniyatlaridan o‘z maqsadiga eng maqbullarini tanlaydi. Qiyosning mohiyati shuki, shaxmat donalari va bu donalarning harakati qoidalari til, bu donalar va mavjud qoidalardan foydalanib tuzilgan konkret shaxmat kombinatsiyasi nutqdir. Tilshunoslikda ko‘pincha “ Download 30.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling