vazifalari: 1) talabalarga nutq madaniyati tarixiga oid ma‘lumotlar berish; 2) madaniy nutq, unga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berish; 3) nutqning asosiy aloqaviy sifatlari to‘g‘risida ma’lumot berish; 4) olingan nazariy bilimlar asosida adabiy nutq malakalarini shakllantirish; 5) talabalarni nutq madaniyatining o‘zak tushunchalari bilan taniqhtirish; 6) til vositalari va ifoda imkoniyatlaridan maqsadga muvofiq, vaziyatga mos tarzda foydalana olish ko‘nikmalarini yuzaga chiqarish.
Madaniy nutq tarbiyasi bilan har bir kasb egasi bevosita yoki bilvosita shug‘ullanadi. Notiq chiroyli gapirish zavqini, madaniy nutqni va til etikasini shakllantiruvchi jonli qurol hisoblanadi. Chunki til bilan nutq o‘zaro chambarchas bog‘liq, ammo ularni o‘zaro farqlash lozim. Tilshunoslik ilmida “til madaniyati” va “nutq madaniyati” tushunchalari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |