1-mavzu: Nutq madaniyati fani, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati Dars rejasi


Download 30.42 Kb.
bet9/14
Sana25.11.2021
Hajmi30.42 Kb.
#177147
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1- Nutq MA'RUZA

esperanto kabi) tenglashtirishdan, yo‘l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli “til”ga baravarlashtirishdan boshqa narsa emas. 1887-yilda polshalik shifokor Lyudvig Zamengof tomonidan yaratilgan esperanto tili boshqa sun’iy tillar orasida eng keng tarqalganidir. Bunday sun’iy tillar muayyan amaliy va eksperimental massadlar uchun biror darajada ahamiyatli bo‘lsa-da, u yoki bu xalqning madaniyati va tarixi zaminida bunyod bo‘lmaganligi uchun har bir xalqning butun ruhiy dunyosi, madaniyati va tarixi bilan bevosita bog‘langan tabiiy tillarning o‘rnini aslo bosa olmaydi. Sun’iy tillarda bir tushuncha faqat bir so‘z bilan ifodalanadi, grammatik qoidalar qat’iy, ifodalar bir ma’noli, variantdorlik yuq, bir ma’noli modellar hukmron, demakki, ifoda tanlash imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun ham sun’iy tillarda til (nutq) madaniyati muammosiga hech bir ehtiyoj yo‘q. Tabiiy tillarda (ayniqsa, rivojlangan tillarda) esa ana shunday ifoda tanlash imkoniyatlarining cheksiz-chegarasizligi tilning o‘ziga xos tamalidagi haqiqatdir. Agar tabiiy til ham sun’iy tillar kabi faqat aloqa vositasigina bo‘lganda edi, u juda jo‘n, sodda va shunchaki bir narsaga aylangan bo‘lardi. Holbuki, odamlar til vositasida tuyg‘u va kechinmalari, quvonch va qayg‘ulari, hayrat va hayronliklari, qalbdagi huzurlari kabi xilma-xil sezgilarini ham ifodalaydilarki, bular hamisha ham sof kommunikativ maqsadlarni ko‘zda tutmaydi. Demakki, til bemisl boy, sehru sinoatga, ruhu ruhoniyatga, ko‘rku komillikka limmo-lim bir xilqatdir. Albatta, tilning sanab o‘tilgan vazifalari uning bosh vazifasi (aloqa vositasi bo‘lishi) bilan bir qatorda, uning asosida voqe bo‘ladi.

Atoqli tilshunos A.Rustamiy tilning vazifalari haqida gapirar ekan, shunday xususlarga alohida urg‘y beradi: Til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan tajriba-bilimlar ommalashadi va ular ko‘pchilik tomonidan rivojlantiriladi. Til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki yoki yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning izlaniqhlarini yangidan boshlab o‘tirmaydi, uni davom ettiradi. Til tufayli biz sezgi uzvlari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o‘rganamiz...(Rustamiy A. Adiblar odobidan adablar. Toshkent: Ma’naviyat, 2003, 16-bet).



Tilning muhim vazifalaridan yana biri uning go‘zallikni ifodalashi, ya’ni
Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling