1-mavzu: O'. Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanida fojiaviylik. „Tushda kechgan umrlar“


-mavzu: E.Vohidovning istiqlol davridagi ijodi


Download 66.09 Kb.
bet10/10
Sana23.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1651990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hilola

13-mavzu: E.Vohidovning istiqlol davridagi ijodi.


Ammo erk va ozodlik uchun kurashuvchilarning g‘oyasi o‘lmagan, ovozi o‘chmagan edi. O‘tgan asrning 60-yillarida adabiyotga kirib kelgan avlod o‘zbek adabiyotida erk va ozodlik mavzusining qayta tiklanishi hamda yangilanishida katta jasorat ko‘rsatdi.
O‘zbek she’riyatining ham shaklan, ham mazmunan tubdan yangilanishida alohida rol o‘ynagan bu avlodning oldingi safida Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Omon Matjon, Ma’ruf Jalil singari shoirlar bordi. Bular orasida ayniqsa, E.Vohidov ijodi mavzusi, ramziy timsollarining o‘ziga xosligi va jasoratli ohangi bilan ajralib turadi.
Aynan shu yillarda qo‘liga qalam olgan shoiru yozuvchilar yuragi ozodlik, erk tuyg‘usi bilan to‘lib-toshgan edi. Ular ozodlikka chiqish niyati armonga aylangan jadid bobolarining an’analarini davom ettirishga, yangicha sharoitda yangi usullar va ramziy obrazlar orqali mudragan xalqni uyg‘otishga ahd qildilar. Hurriyatga, erkka intilgan bu ijod ahli o‘z asarlari ruhiga eng avvalo, millatning qadr-qimmatini ulug‘lashni, milliy iftixor tuyg‘usini singdirishni istadi va bu maqsadini amalga oshirishga dadil kirishdi. Natijada bu avlodning ilk she’rlariyoq o‘sha paytdagi jamiyatda chuqur tomir otgan yolg‘onga, soxtalikka, balandparvozlikka qarshi isyon sifatida jarangladi. Ammo bu isyonni ochiq-oshkora bayon etish mumkin emasdi. Chunki kommunistik mafkura zaharli tishlarini qayrab turardi. Xayriyatki, she’riyatda fikrni ramziy timsollar orqali ifodalash, tikonni gulga o‘rab “tortiq” qilishning turli usullari va vositalari bor. 60-yillar ijodkorlari ana shu usul va vositalardan unumli foydalanib, odamlar yuragiga kirib bordilar. Zero, “Hurriyat – millatning qadr-qimmati, milliy iftixor tuyg‘usi bilan tutash tushuncha. Bizning ilk she’rlarimiz jamiyatda chuqur tomir otgan yolg‘onga qarshi isyon bo‘ldi. Mening ham o‘sha yillarga mansub she’rlarimning har uchtadan bittasida jamiyatdagi yolg‘onu aldovlarga qarshi isyon tuyg‘usi bor edi” deydi bu haqda E.Vohidov.
Otashnafas shoir Erkin Vohidov o‘zining butun ijodi davomida millatning ko‘zini ochish, unga o‘zligini anglatish, o‘z sha’ni, or-nomusi, erku ozodligi uchun kurashga chorlash yo‘lidan bordi. U ijodning asosiy mohiyati, pafosi shunda deb bildi va eng og‘ir vaziyatlarda ham bu yo‘ldan chekinmadi. Hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, mustaqillik uchun kurash mavzusini XX asrning 60-yillarida o‘zbek she’riyatiga Erkin Vohidov olib kirdi. Sho‘ro davrida o‘sib, tarbiyalanib voyaga yetgan avlod xalq irodasi, o‘ziga xos tarixi, millatning sha’ni, qadr-qimmati, jismoniy va ma’naviy kuch-qudrati ifodalangan, ajdodlarining shon-shavkati ulug‘langan she’rlarni ishtiyoq bilan o‘qishi, o‘qiganda ham to‘g‘ri qabul qilishi (ya’ni uqishi) biroz qiyin edi. Shu bois o‘sha paytda Erkin Vohidov tomonidan yaratilgan “O‘zbegim” qasidasi odamlarning ongi-shuuriga chaqmoqdek urildi. Ayrimlarni kuydirdi, ba’zilarni karaxt qilib qo‘ydi. Lekin bu chaqmoq juda ko‘pchilikning qalbidagi zulmatni yoritib yubordi. Buning sababi “O‘zbegim” qasidasi o‘z davrida millatning ma’naviy ehtiyoji tarzida dunyoga kelgan va xalqning ayni paytdagi o‘zligini anglash uchun yangilanayotgan xohish-istagini ifodalagan edi. Qasida 60-yillar boshlarida millatning biqiq ko‘nglida burqsib turgan milliy or-nomus, milliy iftixor tuyg‘usi darchasini ochib yubordi. Natijada bu she’r odamlarda o‘ziga ishonch, qat’iyat, milliy g‘urur paydo qildi. Oradan ozgina vaqt o‘tib yaratilgan “Inson”, “Bu qo‘llardir” kabi qasidalari, ayniqsa, tom ma’noda mustamlakachilikka qarshi nafrat uyg‘otuvchi “Ruhlar isyoni” dostoni xalqimizning yorishayotgan ruhiyatini ishonchli kurash yo‘liga olib chiqdi. Shu jihatdan 80-yillar o‘rtalarida istiqlol uchun boshlangan ommaviy harakatda ana shu she’rlarning, ular muallifi Erkin Vohidovning katta hissasi borligi shubhasizdir.
Shoir chinakam san’atkor sifatida xalq dardini anglash, bu dardu tashvishlarni yengillatish uchun unga hamkoru hamdast bo‘lish an’anasiga mustaqillikka erishilgandan keyin ham sodiq qoldi. Ya’ni shoir ayrimlarga o‘xshab, bosh maqsadi – Vatani ozodlikka erishganidan keyin niyatiga yetgan fuqaro singari o‘zini chetga olmadi. Balki mustaqillikni yanada mustahkamlash, uni asrab qolish yo‘lida sobitqadamlik bilan ham ijodiy, ham amaliy faoliyatda namuna ko‘rsatdi. Zero, mustaqillikka erishgan bo‘lsak-da, hali-hanuzgacha oyog‘imizda o‘tmishdan ilashib kelayotgan kishanlardan, ongimizdagi qullik psixologiyasidan, ma’naviyatimizdagi jaholatdan to‘la xalos bo‘lganimiz yo‘q. Shunday ekan, shoirning ta’kidlashicha, chinakam vijdonli inson, millatparvar shaxs hurriyatning mohiyatini quyidagicha tushunib, uni asrab-avaylash uchun kurashishi shart:
Hurriyat – nomus-or, nafsoniyatdir,
Qadrin bilgan elga mangu niyatdir.
Hurriyatning o‘zi tayyor baxt emas,
Baxt uchun eng buyuk imkoniyatdir.
Hurriyatga ishonch, saboting kerak,
Jur’ating, parvozing, qanoting kerak.
Vatan hurriyati uchun hamisha
Fidolikka tayyor hayoting kerak.
Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling