1-mavzu: O'. Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanida fojiaviylik. „Tushda kechgan umrlar“


Download 66.09 Kb.
bet8/10
Sana23.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1651990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hilola

9-mavzu: G'.G'ulom - qissanavis.
G‘afur G‘ulom 1903 yil 10 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1963). Toshkent shahrida Ko‘rg‘ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va «Hayot» maktablarida (1918) tahsil olgan. «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi she’rlar», «She’rlar» (1946), «O‘zbek elining g‘ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956—59, 4 jildli) she’riy to‘plam va dostonlari, «Jo‘rabo‘za» hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» (1929) pesasi hamda «Netay» (1932), «Tirilgan murda» (1935), «Yodgor», «Shum bola» (1938) kabi qissalar muallifi. Asarlari asosida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan («Shum bola» va boshqa). «Otello», «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. 1966 yil 10 iyulda Toshkentda vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).
Uning «Go‘zallik nimada» nomli ilk she’ri 1923 yilda e’lon qilingan.
G‘. G‘ulom o‘tgan asrning 20-30-yillarida ijodga katta shijoat bilan kirishib, iste’dodining turli qirralarini namoyon qildi va ulkan adib bo‘lib shakllandi.
Uning nasrda yaratgan «Netay», «Yod- gor», «Shum bola» qissalari o‘zbek adabiyotining o‘lmas mulkiga aylangan. Ayniqsa, avtobiografik xarakterga ega «Shum bola» qissasi bu borada alohida qimmatlidir. Milliy bo‘yoqlar bilan muzayyan bo‘lgan bu asar ayni paytda umuminsoniy goya va qarashlar bilan yo‘g‘rilgan.
G‘.G‘ulom Ikkinchi jahon urushi yillarida «Sen etim emassan», «Kuzatish» kabi falsafiy she’rlari bilan o‘zbek she’riyatini umumbashariy darajaga ko‘tardi.
Shoir ijodiy merosida badiiy tarjima katta o‘rin tutadi. U V.Shekspirning «Otello», «Qirol Lir» tragediyalarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan.
G‘afur G‘ulom 1966 yil 10 iyulda vafot etgan.

10-mavzu: M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» tragediyasida vatanparvarlik va millatparvarlik motivlari.
Dunyoni, insoniyatni larzaga solgan Ikkinchi jahon urushining hal qiluvchi, eng hayajonli damlari... Millionlab odamlarning yostig’ini quritgan Falokatning yakuni yaqin. Yakun nurli bo’lishi uchun yana necha millionlab insonning qo’llari duoda... Bunday vaziyatda Vatan himoyachilari — askarlar irodasiga ta’sir etuvchi har qanday kuch katta ahamiyatga ega. Shunday o’ta muhim paytda yozuvchimiz Maqsud Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi dunyoga keldi.
O’tmishda Chingizxonday qudratli kuchga qarshi tura olgan, mardonavor kurashgan Vatan tirgagi — Jaloliddin Manguberdining qahramonliklarini jonlantira olgan drama Ikkinchi jahon urushi yillarining jangovar vazifalariga katta xizmat ko’rsatdi.
Mazkur asar teatrda sahnalashtirildi. Manbalarda ko’rsatilishicha, Manguberdining kishida hayajonli faxr tuyg’usini junbushga keltira oladigan qahramonliklari aks etgan mazkur drama urushga ketayotgan askarlarga maxsus namoyish etilib, frontga jo’natilgan ekan. Bu esa askarlarda jangovar ruh va shijoat uyg’otib, dushmanga nafratni kuchaytirgan...
Ana shunday vatanparvarlik tuyg’usining kuchayuviga sabab bo’lguvchi buyuk ajdodlarimiz, xususan, Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar o’tsa hamki, o’z qadr-qimmatini, ahamiyatini yo’qotmaydi. U kishida Vatanparvarlikdek Oliy Tuyg’uga xizmat qilish impulsini jo’sh urdirib turadi...
Jaloliddin Manguberdining yaqin a’yonlaridan biri bo’lgan, mashhur tarixchi Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy buyuk bobomizni shunday tasvirlagan: «...U bug’doyrang, o’rta bo’yli, turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham so’zlasha olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, janglardagi qahramonliklarini eslab o’tishning o’zi kifoya qiladi. U sherlar orasida eng zo’r sher edi, qo’rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi. U... jahldor emasdi, haqoratomuz so’zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo’yardi, kam gapirardi...»
Mashhur tarixchi Bartold Manguberdiga baho berar ekan, buni shunday ifoda etadi: «...Xorazmshoh Alouddin Muhammad keyinchalik Jaloliddin ko’rsatgan va mumkin bo’lgan qarshilik harakatining uchqunini ham ko’rsata olmadi». Darvoqe, shu o’rinda Manguberdining otasi — Xorazmshoh Alouddin Muhammad haqida turk tarixchi olimi Oydin Tonariy yozgan ba’zi bir ma’lumotlarni keltirib o’tsak.
Tarixda buyuk iz qoldirgan xorazmshohlar sulolasining mashhur siymolaridan biri bo’lgan Alouddin Muhammad (hukmronlik davri 1200 — 1220 y.) dastavval G’ur sultonlari Shihobiddin va G’iyosiddin bilan jang qildi. G’uriylar Marv, Tus va Xurosonni qo’lga kiritish niyatida edilar. Alouddin Muhammad Nishopur, Marv, Saraxsni zabt etdi. Undan so’ng Xorazmshoh ko’p janglar o’tkazdi, g’uriylarni kuchsizlantirib, ularning ko’p erlarini tortib oldi. Bora-bora, bir vaqtlar qudratli hisoblangan g’uriylar davlati Alouddin Muhammadning tazyiqi sabab, parchalanib ketdi...
Alouddin Xorazmshoh bunday natijalarga ko’p jihatdan qoraxitoylar orqali erishdi. Biroq u keyinchalik, qudrat kasb etib borayotganini his qildi, o’zi vassal bo’lgan qoraxitoylarga qarshi yurishlar qilib, ularni engdi. Undan keyin Xorazmshoh Tabaristonda bovandiylar hukmronligini yo’q qildi, Samarqand sultoni Usmonni o’ldirib, qoraxoniylarni tarix sahnasidan butunlay chiqarib yubordi. Dashti Qipchoqdagi ko’chmanchi qipchoqlarning ustidan ham g’alaba qozongan Alouddin Muhammad 1215 yilda Sig’noqni o’z davlatiga qo’shib oldi.
Ayni paytda Eron va Afg’onistonda ham obro’si oshib borayotgan Xorazmshoh G’azna va uning atrofini bosib oldi. Bu erlarni u o’g’li Jaloliddin Manguberdiga berdi. Alouddin 1217 yilda Fors otabegi Sa’d ibn Zangi va Ozarboyjon otabegi O’zbekni engib, o’z itoati ostiga oldi.
Shunday qilib, Xorazmshohlar imperiyasi yanada kengayib, Sirdaryodan Iroqi Arabga cho’zilgan ulkan hududga ega bo’ldi va o’sha davr Islom olamining eng qudratli davlatiga aylandi.
Biroq shunday qudratga ega bo’lgan sulton Alouddin Muhammad o’z davlat mexanizmiga tamomila hukmron bo’la olmadi. Mo’g’ullar istilosi arafasida xorazmshohlar davlatida o’ziga xos diarxiya — ikkihokimlik tuzumi vujudga kelgan: mutlaq hukmdor deb sulton Muhammad hisoblanardi, ikkinchi tarafdan u o’z onasi Turkon xotunning itoatida edi. Turkon xotun esa davlatning ichki va tashqi ishlarida ikkinchi hukmdor, ayrim masalalarda hatto sultonga muxolif ham edi. Xorazmshohning buyruq va farmonlari ko’pincha qudratli Turkon xotun tomonidan bekor qilinar va hech qanday kuchga ega bo’lmay qolardi.
Shihobiddin an-Nasaviy shunday yozgan: «...Xorazmshoh onasiga qarshi chiqolmas edi... kichik ishlarda ham, jiddiylarida ham, ahamiyatsizlarida ham. Bu ikki sababga ko’ra edi: birinchisi — farzandlik burchi bo’lsa, ikkinchi va eng asosiysi, mamlakatning barcha amirlari onasining urug’idan ekanligi».
«Jahon hokimi» degan laqabga ega bo’lgan Turkon xotun faqat sultonga hukmini o’tkazibgina qolmay, balki moliya ishlarini ham boshqarardi va amirlar, amaldorlarga ham farmon berardi. Bu holat mo’g’ullar istilosi arafasida xorazmshohlar davlatidagi ahvolning barqarorligini birmuncha yo’qotdi.


Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling