1-mavzu: O'. Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" romanida fojiaviylik. „Tushda kechgan umrlar“


-mavzu: H.Olimjon ijodining adabiyotshunoslikdagi talqini


Download 66.09 Kb.
bet7/10
Sana23.06.2023
Hajmi66.09 Kb.
#1651990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hilola

8-mavzu: H.Olimjon ijodining adabiyotshunoslikdagi talqini.
Hamid Olimjon XX asr o‘zbek poyeziyasining yorqin yulduzlaridan biridir. Shuningdek, u o‘zbek dramaturgiyasi taraqqiyotiga ham sezilarli hissa qo‘shgan adiblardandir. Shoir Mirtemir aytganidek, “Hamid Olimjon nodir iste’dod egasi edi. Qonida, ko‘z qorachig‘ida, to‘qson ikki tomirida tug‘ma zukkolik, shoirona sajiya, bilgichlik, burrolik, nurbaxshlilik, yorqin qalb, odob ayon. Peshonasida va yirik ko‘zlarida esa ulug‘lik ochiq-oydin edi. Bilmagani oz, o‘qimagani kam, har narsadan xabardor edi,chin ma’nosi bilan o‘qimishli qalamkash, ajoyib inson edi”.
Hamid Olimjon 1909 yil 12 dekabrda Jizzax shahrida mehnatkash ilasida tug‘ilgan. To‘rt yoshga yetar-yetmas otadan yetim qolgan Abdulhamid Azim bobo qo‘lida tarbiya ko‘rgan. Azim bobo xat-savodli kishilardan bo‘lib, nevarasida ham yoshligidanoq o‘qish-yozishga qiziqish uyg‘otgan. Abdulhamidning onasi Komila aya xalq ertak, maqol va matallarini yaxshi bilgan. Bo‘lajak shoir uzun qish kechalarida uning Oygul bilan Baxtiyor, Tohir va Zuhra, Yoriltosh haqidagi ertaklarini tinglab, bolalik kezlaridanoq xalq og‘zaki ijodidan bahramand bo‘lib o‘sgan. Hamid Olimjon she’rlari o‘ta xalqchil ohang va ruh kasb etishining sabablaridan biri xuddi shundadir.
Hamid Olimjonning bolalik chog‘larida 1916 yilgi Jizzax qo‘zg‘oloni chuqur iz qoldiradi. Buning sababi shunda ediki, yetti yoshlik Hamidning oilasi Jizzax qo‘zg‘olonchilari qatorida Kili cho‘liga quvg‘in qilingan va boshidan og‘ir mashaqqatlaru sarson-sargardonliklarni kechirgan edi. Keyinchalik uning she’rlarida dunyoga kelgan
Men bir qaro kunda tug‘ildim,
Tug‘ildimu shu on bo‘g‘ildim, -
misralari xuddi o‘sha ijtimoiy hodisa tug‘dirgan azob-uqubatlarning mahsuli bo‘lsa ajab emas. Quvg‘indan qaytgach, avval eski maktabda, keyin 1918 yil Jizzaxda ochilgan Narimonov nomidagi to‘liqsiz o‘rta maktabda o‘qiydi. 1923 yili esa u maktabni tugatib, Samarqanddagi o‘zbek bilim yurtida tahsilni davom ettiradi. Bilim yurtini 1928 yili bitirgach, Abdulhamid O‘zbekiston pedagogika akademiyasining iqtisod fakultetida o‘qiydi.
Hamid Olimjon bilim olishni faol jamoatchilik ishi bilan uzviy qo‘shib olib bordi. Pedakademiyani bitirgandan so‘ng, u 30-yillarda avval gazeta va jurnallarda, keyinroq Madaniy qurilish institutida ishladi. Hamid Olimjon dastlabki poyetik mashqlarini ilmiy tadqiqot ishlari bilan qo‘shib olib bordi. Uning “O‘qish va o‘rganish qiyinchiliklari”, “Yozuvchining saviyasini ko‘taraylik”, “Adabiyotimizning tikka ko‘tarilish davrida”, “Adabiyot va xalq”, “O‘zbek xalqining adabiyoti” kabi maqolalari 30-yillarning mahsuli bo‘lib, ularda adabiyotimizning dolzarb nazariy masalalari ko‘tarib chiqilgan edi.
Hamid Olimjon 30-yillarda o‘zbek mumtoz adabiyotini va xalq og‘zaki ijodini tadqiq etishga alohida e’tibor bergan. “O‘zbek xalqining ulug‘ shoiri Navoiy”, “Navoiy va zamonamiz”, “Mardlik, muhabbat va do‘stlik dostoni”, “Farhod va Shirin” haqida”, “O‘zbek xalqining o‘lmas shoiri”, “Muhammad Amin Muqimiy” kabi maqolalari uning yetuk tadqiqotchi sifatida tanilganligini ko‘rsatib turibdi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, toshkentlik rassom V.Kaydalov Navoiyning grafik suratini yaratishda Hamid Olimjon portretidan, uning yuz tuzilishidan foydalangan ekan. Shuningdek, Hamid Olimjon boshqa xalqlar adabiyotlarini, xususan, rus adabiyotini ilmiy o‘rganish sohasida ham ibratli ishlar qilgan. Shoirning “V.V. Mayakovskiy haqida”, “Tolstoy va o‘zbek xalqi”, “Salom, Pushkin”, “Buyuk san’atkor”, “Jambul va xalq”, “Taras Shevchenko” kabi maqolalari huddi shundan dalolat beradi.
Badiiy ijod olamiga kirib kelar ekan , Hamid Olimjon 20-yillarning o‘rtalarida ilmiy maqolalar bilan bir qatorda nasr sohasida ham mashq qila boshlagan. Jumladan, u “Uchqun” taxallusi bilan “Zaharli yurak” (1927) ocherkini va “Haqiqat izlab”, “Tong shabadasi” (1928) hikoyalarini yozgan. Ularda o‘sha davrning dolzarb muammolari qalamga olingan bo‘lib, barcha masalalar izlanuvchan havaskor adibning endi shakllanayotgan dunyoqarashi asosida yoritilgan edi. Garchand, deyarli umrining oxirigacha nasriy asarlar yozib turgan bo‘lsaham , Hamid Olimjon keyinchalik , asosan, iste’dodli shoir sifatida tanildi.
Hamid Olimjonning dastlabki she’rlari 20-yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Bu she’rlar “Chimyon daftari” turkumini tashkil etadi. Shoirning birinchi she’ri “Kimdir” (1926) e’lon qilinganda, muallif o‘n yetti yoshda, to‘ng‘ich kitobi – “Ko‘klam” (1929) bosilib chiqqanda esa yigirma yoshda edi. Shoirning birinchi to‘plamiga yozilgan so‘zboshida shunday deyilgan edi: “Nafis adabiyotimiz yana bir “Ko‘klam" bilan bezaldi... “Ko‘klam”, asosan, mazmun, qisman shakl bilan hozirning qo‘shig‘i bo‘lishga haqlidir. Shoir mana shu hayotning vakili bo‘lib maydonga chiqadir...”(Hamid Olimjon . Ko‘klam. Samarqand-Toshkent, Uzdavnashr, 1929, 4-bet).


Download 66.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling