1-mavzu: O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar Reja


Download 149.5 Kb.
bet5/12
Sana09.04.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1345851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu. O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar

Tayanch iboralar:
Buyuk (Katta) yong‘in – (ingl. Great Fire of London) – 1666-yil 2–5-sentyabrda Londonning markaziy rayonida sodir bo‘lgan yong‘in. Yong‘inda 13000 uy-joy, 87 qavm (prixod) cherkovlari (jumladan avliyo Pavel sobori), hukumat binosining katta qismi yonib ketgan. Yong‘in natijasida 70 ming aholi boshpanasidan ayrilgan (o‘sha paytda Londonning markaziy qismida 80 ming aholi yashagan).
Kamerariy –xazinabon, qirollik mol-mulki, xazinasi va yer egaliklarining boshqaruvchisi hisob palatasining boshlig‘i.
Kapella – (lot. “cappa” so‘zining qisqartma shakli) – katolik cherkovi qurilish uslubining bir turi, biror-bir ma’muriyat yoki inshoot tarkibiga kiruvchi ibodatxona; katta ibodatxonaning bir qismi. Bu qurilish uslubi anglikan va lyuteran cherkovida keng tarqalgan.
Klirik – (yunon. “qur’a, chek”) – cherkov xizmatchisi, ruhoniy yoki cherkov ruhoniysi.
Gerold – (lot. heraldus – jarchi) – jarchi, xabarchi; qirol, yirik feodallar saroylarida turli marosimlarni tashkil etuvchi; tantanalar, ritsarlik musobaqalarini boshqaruvchi. Gerold turli musobaqalarda hakam vazifasini ham bajargan. Gerold gerblar va nasl-nasab, shajarani tuzish bilan ham shug‘ullangan.
Glossator – (qad.yun. “eskirgan”) – o‘rta asrlarda Yevropada Rim huquqi bilan shug‘ullanuvchi huquqshunoslar (huquq doktorlari yoki talabalari). Glossatorlar maktablari XI–XIII asrlarda Italiya, Fransiya, Germaniyada keng tarqalgan.
Gratsian dekreti” – (lot. Decretum Gratiani yoki Concordia discordantium canonum) – cherkov hayotining butun huquqiy jihatlarini o‘zida aks ettirgan cherkov qonunlari to‘plami. Taxminan XII birinchi yarmida tuzilgan. Gratsian dekreti katolik cherkovining rasmiy qonunlar to‘plami bo‘lmagan, faqat ayrim qonun va boshqa cherkov huquqiy hujjatlari amaliy kuchga ega bo‘lgan, xolos. Dekret 1170–1180-yillarda Papalik taxti tomonidan tan olingan.
Ilmiy paradigma – (yun. pradigma – “tasvir, namuna, namuna, model”) ilmiy jamoatchilik tomonidan soʻzsiz qabul qilingan ilmiy faoliyat modelidir. Bu atama fan falsafasiga 1958–1959-yillarda Tomas Samuel Kun tomonidan kiritilgan.
Investitura – (lot. investitura investio “bosmoq, qoplamoq; ifodalamoq”) – mulk yoki mansabga egalik qilishning rasmiy huquqiy hujjati va bu hujjat bilan bogʻliq tartib.
Kapitulyariy – (lot. capitula – “bob”) – merovinglar va karolinglar sulolasidan boʻlgan franklar qirollarining qonun va buyruqlari (farmonlari). Lotin tilida tuzilgan, kichik bob va paragraflarga bo‘lingan. IX asrning oxirida kapitulyarlarni yig‘ish to‘xtatildi.
Kartulyariy – (lot. chartularium, “charta” so‘zidan – yorliq) – 1) keng ma’noda o‘rta asrlarda hujjatlar to‘plami; 2) G‘arbiy Yevropada VII asrlardan yorliqlar nusxalari to‘plami. Yorliqlar cherkov muassasalari va kibor (aristokrat)lar mulkiy va shaxsiy munosabatlarining turli ijtimoiy mavqedagi holatini aks ettirgan. Kartulyariylar tuzish XIV asrdan to‘xtatilgan.

Download 149.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling