1-mavzu: O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar Reja


O‘rta asrlarda Fransiyada arxivlar


Download 149.5 Kb.
bet2/12
Sana09.04.2023
Hajmi149.5 Kb.
#1345851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu. O‘rta asrlarda Fransiya, Angliya, Germaniyada arxivlar

O‘rta asrlarda Fransiyada arxivlar

Fransiya kuchli davlatchilik va byurokratik an’analarga ega bo‘lgan hamda arxiv sohasida dunyoda yetakchi davlatlardan biri edi. Fransiya arxivshunoslik tajribasi ko‘plab mamlakatlarning arxiv qonunchiligida andoza sifatida qabul qilingan. Arxiv ishi va tarixi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Rossiya olimi Yevgeniy Vasilevich Starostin (1935–2001-yy.) Fransiya arxivlar tarixini quyidagicha davlashtirishni taklif etgan:
• amaliy arxivshunoslikning rivojlanish davri: arxivshunoslik bo‘yicha Rim huquqini qabul qilish (reseptsiya), ya’ni arxivlar va ularning kutubxonalardagi bo‘limlari ahamiyatining oshishi, arxiv muassasalari tashkil etish bo‘yicha loyihalar (XI–XVIII asrlar);
• amaliy arxivshunoslikning gullab-yashnagan davri: muassasalarda maxsus bo‘limlarning tashkil etilishi, dastlabki o‘quv qo‘llanmalarning nashr etilishi, arxivlarni himoya qilishning huquqiy asoslari va omma uchun ochiqligi tamoyillarining joriy etilishi (XVII asr o‘rtalari – XVIII oxiri (1789-y.));
• amaliy arxivshunoslikdan tizimli arxivshunoslikka o‘tish davri: fondlarning to‘planishi (jamlanishi) va Inqilob davrida davlat arxivlarining tashkil etilishi, ularning vazifalari belgilanishi, tasniflash va restitutsiya muammolarini hal etish (1789–1820-yillar);
• tizimli (paradigmal) arxivshunoslik davri: fond birligi tamoyillari, fransuz arxivshunosligi “mustahkam asos”i, ilmiy (nazariy bilimlar) hamda o‘quv (o‘quv yurtlari) va arxiv sohalarining tuzilishi (1826–1926-yy.);
• normal ilm davri: fransuz arxiv ishining gullab-yashnashi, arxiv sohalarining tuzilishi, qonunchilik negizining yaratilishi (1826–1926-yy.);
• postparadigmal (paradigmaldan keyingi) davr: arxivshunoslik uslubi va amaliyotini xalqaro ko‘lamda unifikatsiya qilinishi, arxivlarni “milliy qadriyatlar”ning bir qismi sifatida qabul qilish (1979-yildan hozirgi kungacha)3.
Varvarlik, keyinchalik esa o‘rta asr dunyosi matn bilan ishlashning antik madaniyatini qisman qabul qildi. Shuning uchun, arxiv hujjatlarini o‘zida jamlagan qirollik xartiya xazinasi Yevropada muzeylar, kutubxonalar va arxivlarning umumiy beshigi hisoblanadi. Kapetinglar arxivlarni mamlakat bo‘ylab o‘zlari bilan birga olib yurganlar. Lekin, Freteval yonidagi jangda qirol arxivining yo‘qolishi sababli, 1194-yilda qirol Filipp II Avgust yepiskom Sanlis Gerenga hujjatlarni tiklash va ularning mavzuiy (tematik) to‘plamini tuzishni topshirdi. Dastlab arxivlar qirol xavfsizlik xizmati tasarrufida saqlanar edi. Filipp II ning nabirasi Lyudovik IX arxiv hujjatlarini Luvrga joylashtirdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, IV–XII asrlarda G‘arbda davlat arxivlaridan ko‘ra ko‘proq cherkov arxiv muassasalari o‘z hujjatlarni saqlashga katta e’tibor qaratganlar. Monastirlar o‘z imtiyozlari va ular haqidagi hujjatlarni ehtiyot qilganlar.
Fransiyada VI asrning boshlarida hujjatlarni yozish huquqining berilishi va XII asrdan Rim huquq tartib (norma)larining o‘zlashtirilishi (reseptsiya qilinishi) hamda uning natijasida hujjatlar vazifalarining kengayishi ularni saqlashga ehtiyojni kuchaytirdi. Qirollik xazinasi va cherkov arxivlarida, asosan, soliq hamda mulkka egalik huquqini beruvchi hujjatlar jamlangan va saqlangan edi.
Zamonaviy tarixshunoslikda monastirlar va qirollik xazinasi (Xartiyalar xazinasi) birgalikda arxiv ishi uslubi vujudga kelgan markazlardan bo‘lgan, deb e’tirof etiladi. Aynan monastirlarda birinchi bo‘lib arxiv hujjatlarini tasniflash (klassifikatsiya) yo‘lga qo‘yilgan. Benedikt monastirlarida nizom bo‘yicha xartiyalar saqlash xonasi va skriptoriy bo‘lishi shart bo‘lgan. IX asrda Reyms sobori arxivida hujjatlar muallifi bo‘yicha; XIII Sen-Mor abbatligida esa xronologiya bo‘yicha tasniflangan; Sen-Denida geografik-xronologik tasniflash qabul qilingan. Hujjatlarni tasniflash tizimining bu tartibi mulkiy huquqlarni asoslashda foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan edi.
Hisob hujjatlari – kartulyariylar dastlab monastir arxiv muassasalarida vujudga keldi. Hisob hujjatlari xartiyalar matnlarini to‘plashni ko‘zda tutgan bo‘lsa, keyinchalik hujjatni batafsil yoritish va ayrim hollarda ulardan parcha (sitata) keltirish yo‘lga qo‘yildi. XI asrda Klyuni (Burgundiya) abbatligida hujjatlarning jismoniy lokatsiyasini ko‘rsatuvchi shifrlar ishlatilgan. Aynan shu davrdan hujjatlarni fondni tashkil etuvchiga topshirish va ulardan foydalanishning dastlabki turi vujudga keldi. Sen-Mor-de-Fosse abbatligi nizomida XIII asrdayoq eski hujjatlardan foydalanishni cheklash va ulardan foydalanuvchining ismi ko‘rsatilishi talab etildi. Ammo, hujjatlar saqlovini ta’minlash masalasi to‘liq hal etilmagan edi. Hujjatlarga talabning kuchayishi bilan bir qatorda, ko‘pincha ularning soxtalashtirilishini oldini olish maqsadida yo‘qotish amaliyoti ham uchrab turgan.
Rivojlangan o‘rta asrlarda Fransiyada arxiv ishi va arxivshunoslik amaliyotiga bir qancha o‘zgarish hamda yangiliklar kirib keldi. XV asrda eruditlar kolleksiyalariga ko‘plab qadimgi qo‘lyozmalar va kodekslar, qisman monastir arxiv va kutubxonalarining hujjatlari kirgan. Mazkur hujjatlar bilan ishlashda (Injil, ilohiyot va huquq matnlari bo‘yicha) birinchi alfavit-predmet ko‘rsatkichlar tashkil etildi. X–XI asrlarda ayrim birodarlik jamiyatlarida ro‘yxatlar tuzilgan va foydalanilgan hujjatlar hisobi yuritilgan. Monastirlardagi arxivlarni tashkil etish amaliyoti shahar va qirollik hukumatida ham keng qo‘llanila boshladi. Masalan, 1320-yilda Filipp V Uzun (1316–1322-yy.) P.D’Etampni xartiyalar xazinasini saqlovchi etib tayinlaydi. U birinchi bo‘lib arxiv ro‘yxatini tuzib chiqadi.




  1. Download 149.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling