1-mavzu: O‘simlik hujayrasi fiziologiyasi. Reja
Biologik membranalarning tuzilishi
Download 1.13 Mb.
|
1-Mavzu-Kirish-Suv muvozanati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Protoplazmaning fizik kimyoviy xossalari.
Biologik membranalarning tuzilishi. Hujayrani tashqi muhit bilan bo‘ladigan almashinuv munosabatlari va protoplast ichida ro‘y beradigan hayotiy jarayonlar maxsus membrana sistemasi orqali amalga oshadi.
Har bir organoid protoplazma singari o‘zining membranasi bilan harakterlanadi. Shu membranasi orqali sitoplazmadan ajralib turadi. Protoplastni tashqi tomondan o‘rab turuvchi plazmollema qavati hujayra membranasi deb ataladi. Hujayra membranasi yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘lib, suvni bemalol o‘tkazdiradi. Lekin suvda erigan moddalar uchun yuqori darajada tanlab o‘tkazuvchi to‘siq vazifasini bajaradi. Membrananing bunday xususiyati hujayra uchun keraksiz moddalarni o‘tkazmay faqat zarurini o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega. Demak membranalar hujayra metabolizmi jarayonining eng muhim qismlaridan biri bo‘lgan moddalar oqimi va energiyasini boshqaradi. Membranalar asosan lipoproteidli tizimlar bo‘lib, 60% oqsil, 40% lipidlardan,ayniqsa fosfolipidlardan iborat. Ularning qalinligi 6-10 nm. Tuzilishiga ko‘ra qo‘shavatli, oqsil lipid molekulalarini orasida joylashgan bo‘ladi. Membrana shakillanishiga gidrofob bog‘ga o‘rin beriladi: lipid-lipid, lipid-oqsil, oqsil-oqsil. Membranada yana har xil funksiyalarni bajaruvchi oqsillar ham uchraydi. Membranada shakar va aminokislotani tashuvchi oksillar topilgan. Membranada polesaharid va nuklein kislotalar ham uchraydi. Oqsil tarkibida juda yuqori darajada sezuvchi sistema-retseptorlar joylashgan. Bu sistema orqali hujayra organoidlari ham funksional aloqada bo‘ladi. Demak membrana muhim metabolitik funksiyalarni bajaradi.4 Umuman biomembranalar barerlik, transport, osmotik, energetik, biosintetik funksiyalarni bajaradi. 3. Protoplazmaning fizik kimyoviy xossalari. Protoplazma hujayra ichidagi sitoplazma va organoidlar bilan birga bir butunni tashkil etadi va unda moddalar almashinuvining reaksiyalari sodir bo‘ladi. Sitoplazma protoplazmaning asosiy qismini tashkil qiladi va u uch qavatdan iborat: Plazmolemma, ya’ni tashqi membranasi; Mezoplazma qavatida barcha faol organoidlar joylashadi; Tonoplast ichki qavat bo‘lib, vakuola bilan chegaralanib turadi . Sitoplazma shilimshiq, tiniq, rangsiz, yarim suyuq kolloid moddadir. Solishtirma ogirligi 1,055 ga teng. U qovushqoqlik, elastiklik xususiyatga ega. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling