1-mavzu: O‘simlik hujayrasi fiziologiyasi. Reja


Hujayra tuzilishining struktura asoslari


Download 1.13 Mb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1533956
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu-Kirish-Suv muvozanati

2. Hujayra tuzilishining struktura asoslari


O‘simlik hujayralarida daslab hujayra qobig‘ini va ichki tarkibiy qismini farqlash zarur. Hayotiy xossalar aynan hujayra ichki qismi bilan belgilanadi. Har bir voyaga etgan hujayrada po‘st, sitoplazma, membrana, organoidlar kabi struktura elementlari bo‘ladi. Hujayraning ichki qismi protoplast deyiladi va u sitoplazma va unda joylashgan yirik organoidlardan iborat.
Hujayra po‘sti. U hujayraga mexaniq mustaxkamlikni beradi, protoplazmatik membranani gidrostatik bosimdan himoya qiladi.
Yosh hujayralarda po‘st o‘sish qobiliyatiga ega moddalarni yutilishida ishtirok etadi. U protoplast kompanentlaridan hosil bo‘ladi.
Ona hujayra bo‘linayotganida ikkita yosh hujayra oraligida parda to‘siq paydo bo‘ladi, u eski po‘st bilan qo‘shilib ketadi va hosil bo‘lgan ikkita hujayra ham avalgi qattiqk po‘stga o‘raladi. Hujayra po‘stining 100 mkm yuzasida 10-30ta plazmodesmalar uchraydi. Hujayra po‘sti tarkibida selyuloza, gemitselyuloza va pektin moddalari(30%, 40%, va 25% nisbatda) uchraydi. Hujayra po‘sti uch qavatdan iborat. Asosan ichki qavat yo‘g‘onlashishi xususiyatiga ega. Ikkinchisi uch qatlamdan iborat. Hujayra po‘stida invertaza, fosfotaza, askorbatoksidaza kabi fermentlar bo‘lib, u ham enzimatik faol hisoblanadi.2
Ma’lumki hujayra po‘sti suv va suvda erigan moddalarni yaxshi o‘tkazdiradi. Biroq uning yog‘ochlashishi o‘tkazuvchanlikni sezilarli kamaytiradi, po‘kaklashish esa o‘tkazuvchanlikni keskin kamaytiradi.
Endoplazmatik to‘r. Uni 1945 yilda Porter aniqlagan. U kanalcha, pufakchalar va sisternalarning o‘zaro tutashgan murakkab shoxlangan tur sistemasini tashkil qiladi. Endoplazmatik to‘r sitoplazmada keng tarqalgan va murakkab membrana strukturasiga ega. Membrananing qalinligi 5-7 nm atrofida, diametri 30-50nm. Ichki qismi suyuqlik bilan to‘lgan. Ularning yuzasi silliq yoki donador bo‘ladi. Silliq membranada asosan uglevodlar, lipidlar, terpenoidlar hosil bo‘lsa, donador membralarda oqsil, fermentlar sintezlanadi. Uning membranasi yadro
Membranasi va ichki muxitdagi almashinuvni boshqaradi. Endoplazmatik to‘r bir-birlari bilan tutashib, moddalar almashinuvida ishtirok etadilar.
Ribosomalar. 1955 yilda Pallada ochgan. Bular ribonukleoproteidli zarrachalar bo‘lib, membranasi bo‘lmaydi. RNK va oqsildan tashkil topgan. Ular katta va kichik bo‘lakchalardan to‘zilgan, kattasining diametri 12-15 nm kichigi 8-12 nm bo‘ladi. U yadrochada sintezlanadi va sitoplazmada erkin yoki endoplazmatik to‘r sirtida joylashadi. Ribosoma yadroda, xloroplastlar va mitoxondriylarda uchraydi va oqsil sintezlaydi.
Goldji apparati. Membrana bilan o‘ralgan sisternalar to‘plami. Ular endoplazmatik to‘rdan o‘zilib chiqib ketadigan pufakchalarning o‘zaro qo‘shilishi va o‘zgarilishidan yuzaga keladi va ajralib, disk yoki tayokcha ko‘rinishida to‘planadi. Hujayrada 100 ga yakin Goldji apparati uchrashi mumkin. Goldji apparatining membranasi endoplazmatik to‘r va plazmolemma membranasi bilan tutashgan bo‘ladi. Goldji apparati plazmolemma va hujayra qobig‘ini shakllanishida ishtirok etadi, hamda shilimshiq moddalarni chiqarib tashlashda ishtirok etadi.
Plastidalar.Plastidalar shaklan ovalsimon yoki elipssimon bo‘ladi, ikki qavat membrana bilan o‘ralgan .
O‘simliklar hujayrasida 20-50 tagacha plastida uchraydi.
Ular uch xil bo‘ladi: leykoplastlar (rangsiz),xromoplastlar(rangli) va xloroplastldar(yashil rangda). Xloroplastlar tarkibida xlorofill va karatinoid pigmentlari bo‘lib, fotosintezda ishtirok etadi.
Xromoplastlar sariq yoki va zarg‘aldoq rangda bo‘lib,o‘simlikning asosan gullarida va mevasida uchraydi.Ularda karotin, lyutein, violaksantin pigmentlari bo‘ladi.
Leykoplastlarda pigment bo‘lmaydi,ularda zapas oziq moddalar to‘planadi. Yorug‘likda leykoplastlar xloroplastlarga aylanishi mumkin.
Mitoxondriya. Qo‘sh membranali organoid,ularda energetik jarayonlar kuzatiladi va ATF sintezlanadi. O‘simlikda mitaxondriyalar dumalok yoki gantelsimon bo‘lib,hujayrada 50-2000tagacha uchrayda. Ichki membranasi kristalar hosil qiladi. Har 5-10 kunda mitoxondriyalar yangilanib turadi. Ularda DNK, RNK va ribosoma bo‘lganligi uchun oqsil sintezlash qobiliyatiga ega.
Lizasoma. Membrana bilan o‘ralgan organoid, ular endoplazmatik to‘r yoki Goldji apparatidan hosil bo‘ladi. Ularda asosan gidrolitik fermentlar joylashadi, bular nordon fermentlar bo‘lib, moddalarni suv yordamida parchalaydi.
Peroksisoma. Keyingi yillarda ochilgan organoidlardan biri bo‘lib, uni 1968 yilda Tolbert aniqlagan. Peraksisomada katalaza, glikolatoksidaza kabi yorug‘likda nafas olishda ishtirok etuvchi fermentlar uchraydi. Ular bargda ko‘p bo‘ladi va xloroplastlar bilan uzviy bog‘lik bo‘ladi.
Glioksisoma. Ular unib chikayotgan yog to‘plovchi urug‘larda ko‘p uchraydi. Glioksisomalarda yoglarni uglevodga aylantirishda ishtirok etuvchi fermentlar uchraydi va ular nafas olishning glioksalat siklida ishtirok etadilar.
Sferasoma. Ular avval mikrosomalar deyilgan. Dumalok, yorug‘likni sindirish imkoniyatiga ega. Endoplazmatik to‘rdan hosil bo‘ladi va o‘zida lipidlarni to‘playdi, shu tufayli lipidli tomchi deb ham ataladi. Ularda lipaza, esteraza, proteaza, RNK aza, DNKaza fermentlari uchraydi va yog‘ sintezida ishtirok etadi.
Mikronaychalar. Sitoplazmaning tashqi taxlamida naychasimon organoid. Uzunligi 20-30 nm, qalinligi 5-10 nm. Membranasi yo‘q, globulyar oksil trubasidan tashkil topgan, sitoskeletni hosil qiladi va sitoplazma harakatini amalga oshiradi.
Vakuola. O‘simlik hujayrasi uchun harakterli organoid. Uning membranasi tonoplast deyiladi, ichki suyuklik hujayra shirasidaniborat. Shiraning 96-98%ni suv tashkil etadi, kolgani organik kislotalar, oksillar, aminokislota, uglevodlar, alkoloidlar, tuzlar, oshlovchi moddalar va pigmentlar. Vakuola endoplazmatik to‘r pufakchalarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Vakuola hujayraning osmatik xususiyatini belgilaydi, bu esa hujayrani so‘rish kuchi, turgor bosimi va suv rejimini belgilaydi.
Yadro. Irsiy belgini saqlovchi organoid ko‘rinishi dumalok, oval yoki ipsimon bo‘ladi. Ko‘pincha bitta, ba’zan ko‘p miqdorda bo‘ladi. Yadro ikki qavat membrana bilan o‘ralgan, 1-6 yadrochasi bo‘ladi. Uning tarkibi 80% oksil va 15-16% RNKdan iborat. Yadroga RNKni taqsimlanishida ishtirok etadi. Yadro yadro shirasi-nukleoplazma bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, uning tarkibi asosan oksillar 74%, DNK 14% va RNK 12% dan iborat, bundan tashqari yadroda yana lipidlar, suv va mineral elementlar mavjud.
Yadroning asosiy vazifasi hujayra, to‘kima, organ va butun o‘simlik uchun zarur bo‘lgan barcha fiziologik, biokimyoviy jarayonlarni boshqarib turadi va informatsion markaz hisoblanadi
Yadro spetsifik oqsillar sintez qilish va irsiy belgilarni saqlab, avloddan-avlodga berish programmasi bilan harakterlanadi. Bu muxim vazifaning bajarilishida DNK asosiy rol o‘ynaydi, chunki unda barcha informatsiya joylashadi.3

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling