1-mavzu: O‘simlik hujayrasi fiziologiyasi. Reja


Download 1.13 Mb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1533956
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Mavzu-Kirish-Suv muvozanati

Ichki energiyani kamayishi va entropiyani oshishi erkin energiyani kamayishiga olib kelsa ichki energiyani ortishi va entropiyani kamayishi erkin energiyani oshishiga olib keladi. Bu xol biologik sistemalarda yaqqol kuzatiladi, ularning massa va energiyasi oshadi va kamayadi. Dastlab er yuzida hayot paydo bo‘lgunga qadar quyoshdan kelayotgan butun erkin energiya foydasiz issiqlik xolida tarqala boshlagan va kosmik fazoda nurlangan. Keyinchalik hayot paydo bo‘lishi bilan tirik sistemalar bu erkin energiyani ma’lum qismini yutib o‘z faoliyatini davom ettirgan va bir qismini tarqatgan. Natijada tirik organizmni statsionar sistemasi erkin energiyani bir qismiga ega bo‘ladi va uni biosferada tutib turadi.6
5. Hujayraning adenilat sistemasi.
Tirik organizmlarda energiya almashinuvida markaziy o‘rinni adenilat sistemasi egallaydi. Bularga ATF, ADF, AMF va Mg+2 , H3PO4 kiradi.
ATF-termodinamik turg‘un bo‘lmagan birikmadir u ADF yoki AMF hosil qilish yo‘li bilan gidrolizlanadi. ATF yuqori ko‘chirish potensialiga ega, bu esa uni kimyoviy ko‘chirish funksiyasini bajarishga imkoniyat beradi. Natijada hujayrani energiyaga bo‘lgan talabini qondirishiga ma’lum sezilarli darajada imkoniyat beradi. ATF molekulasida pirofosfat bog‘ (fosfoangidrid) ADF va N3 RO4 qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday fosforlanish reaksiyalarni xloroplast, mitoxondriy va bakteriyalarni membranalarida kuzatish mumkin, bu jarayonlar O2 ni yutilishi bilan kuzatiladi. AMFni ADFga aylanishi fosfaril gruppasini ATF dan AMF ga ko‘chirilishi yo‘li bilan hosil bo‘ladi. Bu reaksiyani barcha hujayralarda uchrovchi adenilatkinaza fermenti katalizlaydi.7
Adenilat sistemasining reaksiyalarini tezligi Mg++ ionlarini konsentrasiyasiga bog‘lik.Xulosa shuki, tirik hujayra energiyani 2 formasiga ega.
1.Kimyoviy energiya (ATF).
2.Fizik (elektrik) yoki membrana potensialiga. Energiyaning 1 va 2 formasi almashinuvining vektor xarakterini belgilaydi.





Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling