1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ”Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qonuni” Reja


Download 58.5 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi58.5 Kb.
#1381561
  1   2   3   4
Bog'liq
1 maruza


1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasining ”Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qonuni”
Reja:
1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.
2.O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va uning turlari.
3. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qonuni.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turlari


Tayanch so`zlar: modda, ta`lim tizimi, davlat,tarbiya, ta`lim,Qonun, kadr, Qonun, Qonunchilik palatasi,Senat,modda,hujjat,shartnoma.


1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni asosan Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan bo`lib 11-bob va 72- moddadan iborat
1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020 yil 7 avgustda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda.Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga
Solishdan iborat.
2-modda.Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun
Hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston
Respublikasining ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
4-modda.Ta’lim sohasidagi asosiy printsiplar
Ta’lim sohasidagi asosiy printsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o’n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o’rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
o’quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarn ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag’batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg’unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.

Download 58.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling