1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet120/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1958 yili G.Rahimova rahbarligida - Xorazm ashula va raqs ansambllari tuzildi. Bu
jamoalar o’zbek sahna raqslarini boyitdi. Respublikada teatr sa’natining rivojlanishida
Samarqand Davlat ashula va balet teatrining (1964 yil), Toshkentda "Yosh gvardiya"
(1990 yildan Abror Hidoyatov nomidagi) o’zbek drama teatrining ochilishi katta
ahamiyatga ega bo’ldi.
Musiqa va teatr sohasidagi bu o’zgarishlar bir tomonlama bo’lib jahon san’ati
darajasiga tezroq yetib olish uchun o’zbek milliy madaniyatidan uzoq bo’lgan opera,
balet, simfonik musiqaga asosiy e’tibor berilib, milliy drama teatrlarimiz e’tibordan
chetda qoldi. Urushdan keyingi chorak asr mobaynida O’zbekiston sanoati va qishloq
xo’jaligi, madaniyati va fani rivojlanishida ma’lum natijalarga erishdi. Lekin bu
rivojlanish ziddiyatlar bilan to’la bo’ldi, demokratiyalashtirish yo’lida olib borilgan
tadbirlar yetarli natijalarni bermadi. 
Ma’muriy buyruqbozlik tizimi kuchayib borayotgan O’zbekistonda xalqning
turmushi, aholiga ko’rsatiladigan maishiy xizmat jihatidan Respublika sobiq ittifoqda
oxirgi o’rinlarda edi. Ta’lim tarbiya va sog’liqni saqlash sohasidagi balanparvoz
ko’rsatkichlar sosialistik tizimning tashviqot-targ’iboti uchun foydalanildi. Umuman
olganda, jamiyatning inqiroz tomon yo’l tutishi kuchaya bordi.
Urushdan keyingi yillarda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy tizimida partiyaning
yakka hukumronligi kuchayib bordi. Siyosiy qatag’onlikning yangi bosqichi
boshlandi. Agar 30-yillarda qatag’onlikni ichki ishlar xalq komissarlari (NKVD) olib
borgan bo’lsa, endilikda bu mudhish ishlarni kommunistik partiyaning markaziy


komiteti va uning quyi tashkilotlari bajardi. 1949 yilning martida chaqirilgan
O’zbekiston kommunistlarining X se’zdi respublika mehnatkashlarini kommunistik
ruhda zaharlash, milliy qadriyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish vazifalarni qo’ydi. 

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling