yillar respublikada 2.977 klub bo’lsa, 1970 yilda ularning soni 3.441taga yetdi. Shu
yillari kutubxonalar soni tegishli ravishda 3.418tadan 5.822taga; muzeylar soni
14tadan 26taga; kinoqurilmalar soni 2.178tadan 3.988taga oshdi. Lekin, bularning
ko’pchiligi statistik hisobotlarda oshirib ko’rsatilgan bo’lib, aslida o’zlarining
bevosita funksiyalarini samarali bajarish uchun hayotiy imkoniyatga ega bo’lmadi.
1969 yilda Rossiyada aholinining 10 ming nafariga 14 klub muassasasi
to’g’ri kelsa, Belorussiyada 31ta, O’zbekistonda esa atigi 4ta edi. Madaniy-ma’rifiy
muassasalarga davlat tomonidan ajratilgan mablag’ aholini jon boshiga Estoniyada
21,3 so’mni, Armanistonda - 17,9 RSFSRda - 9,7 so’mni tashkil qilsa, O’zbekistonda
4,5 so’mni tashkil qilardi. Respublika kutubxonalarining kitob fondi 1950-1970
yillarda o’n barobarga ko’paygan bo’lsa, lekin ularning ko’pchiligini mafkuraviy
targ’ibot uchun zarur bo’lgan marksizm-leninizmga oid asarlar tashkil qilar edi.
Olingan kitoblarning 8-10 foizgina respublikada nashr etilgan bo’lib, qolganlari
chetdan keltirilib, ularning aksariyati rus tilida edi.O’zbekistonda ta’lim tizimini
yaxshilash uchun o’nlab qarorlar qabul qilinardi. Biroq, bu qarorlar milliy
maktablarda to’liq bajarilmasdi. Maktablar urushdan keyin ham darsliklar bilan to’liq
ta’minlamadi. Moddiy o’quv bazasi rusiyzabon maktablarnikidan ancha past edi.
O’rta maktabni bitiruvchilari orasida erta turmushga berilishi tufayli qizlar
kamchilikni tashkil qilar edi. Maorifni rivojlantirishda mahalliy millatlarga past nazar
bilan qarash sovet tuzumi siyosatining pinhona faoliyatiga yashiringan edi. 1985 yilda
oliy o’quv yurtlari soni 42 taga yetdi.
1946-47 o’quv yilida respublikada 4483 maktab bo’lib, 212.000 o’quvchi
o’qigan bo’lsa, 1965-66 o’quv yilida 9716 ga undagi o’quvchilar soni 2.476.000
kishiga yetdi. Oliy o’quv yurtlarida talabalar soni 21.190dan 168.800taga yetdi. Bu
miqdor «mahalliy millat yigit qizlari bilim uchun emas, diplom uchun qiziqsin” degan
aqidaga asoslanganligini ko’rsatadi. Shunday bo’lishiga qaramay O’zbekistonliklarni,
xususan o’zbeklarni ilmga chanqoqligi har qanday sun’iy to’siqlarni yenga boshladi.
O’zbekistonda fan va texnikaning hamma sohalarida yirik olimlar yetishtirilib,
fan nomzodlarini va doktorlarini tayyorlash bo’yicha sobiq SSSRda oldingi qatorlarga
chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |