mamlakatlarning raqobatini yengib yirik kapitalistik davlatlar bozoriga chiqdi va jami
35 davlatning bozorini egalladi.
1960-70 yildan O’zbekiston Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari
uchun minglab Oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar
va malakali ishchi kadrlar
tayyorlab berdi.
1961 yili Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O’zbekiston Milliy
Universiteti) qoshida chet elliklar uchun tayyorlov bo’limi ochildi. O’zbekistonning
minglab mutaxassislari ko’pgina mustaqillikka erishgan mamlakatlarning
iqtisodiyotini rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shdi. O’zbekistonlik mashinasozlar,
paxtakorlar, suv xo’jaligi inshootlari va ipakchilik mutaxassislari ko’p mamlakatlarda
o’zlarining
boy tajribalarini tashviqot
qildilar. Misrdagi Asvon va Xelvonn suv inshootlari, Afg’onistondagi
Jalolobod
kanali va Kubadagi sanoat qurilmalarida O’zbekiston mutaxassislari ham ishtirok
qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: