1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet112/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sug’oriladigan


yerlarda tomorqa hajmi 25 sotihdan 13 sotihga tushirildi. Bu ko’rsatkich joylardagi
rahbarlarning o’zboshimchaligi bilan 10 sotihgacha, Farg’ona, Toshkent viloyatlarida
esa, hatto 6-8 sotihgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq aholisining
turmush darajasini g’oyat og’ir qilib qo’ydi.
1990 yil boshiga kelib respublikada 9 mln. yoki respublika aholisining 45 foizi
jon boshiga hisoblaganda oyiga 75 so’mdan kamroq daromadga ega edi. Bu esa kun
kechirish uchun zarur bo’lgan eng past darajadagidan ham kamdir. 80-yillarda
kundalik hayotda hammaga kerak bo’lgan mebel garnituri, xolodilnik, sifatli chang
yutkich va boshqalarni topish muammoga aylanib qoldi.
50-yillarda sanoat va qurilish, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tarqoqlikning
respublika iqtisodini kompleks rivojlanishiga to’sqinligi yanada kuchaydi.
Respublikaning sanoat va qurilish ishlari uchun huquqi va ma’suliyati cheklanganligi
sababli, 1953 yili respublika ixtiyoridagi korxonalar jami sanoat mahsulotlarining 31
foizni ishlab chiqargan bo’lsa, ittifoqqa bo’ysungan korxonalarga 69 foiz to’g’ri keldi.
1956 yilda esa sanoat mahsulotlarining salmog’i 550 foizga ko’tarildi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda xatolarga ham yo’l qo’yildi. Xususan
Toshkent va Toshkent viloyatida yirik sanoat korxonalari 
qurilib, sanoat ishlab chiqarish joylashtirishda nomutanosiblikni keltirib chiqardi.
1955 yil dekabrda O’zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimiga avval
Vazirlar Kengashining raisi vazifasida ishlagan Nuriddin Muhiddinov saylandi. Shu
davrdagi ko’plab ijobiy o’zgarishlarda N.Muhiddinovning shaxsan hissasi katta
bo’ldi. Uning tashabbusi bilan Markaz qaramog’idagi yuzlab sanoat korxonalari
respublika ixtiyoriga o’tkazildi. 1960 yillarda O’zbekiston sanoatida bir qancha
o’zgarishlar yuz berdi. 1959-65 yillar 450 dan ziyod sanoat korxonalari (shundan 150
yirik) va sexlar ishga tushirildi. Toshkent, Navoiy, Taxiatosh issiqlik
elektrostansiyalari, gazli gaz koni shular jumlasidandir.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling