1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1946 yil 2 fevraldagi
- 1950 yili
- 50-60 yillarda
yillarga mo’ljallangan rejada belgilandi. Bunga ko’ra, xalq xo’jaligining barcha
sohalariga 3 mlrd. 900 mln. so’m kapital mablag’ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari jumhuriyat iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Elektr quvvati ishlab chiqarishga alohida e’tibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va o’rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat kuchga ega bo’lgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga ko’paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko’p edi. Sanoatning xalq xo’jaligidagi salmog’i 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo’zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi. O’zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o’lkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo’ysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari to’g’risidagi qarori O’zbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos bo’ldi. Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda ba’zi ijtimoiy masalalarga ham e’tibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti o’tkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik iste’mol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tug’dirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili O’zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarlik ikki barobar qimmat edi. Keng iste’mol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan bo’ldi natijada Respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi. Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi o’rtacha 20 so’mni tashkil qilgan holda, bu ko’rsatkich ishchilarda 64 so’m edi. Vaholanki, urushdan keyingi xo’jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy og’irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O’zining bog’ va mevalari bilan mashhur bo’lgan O’zbekiston aholisi haddan tashqari ko’p olinadigan soliq tufayli bog’laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko’ra mol boqib foyda ko’rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholinining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo’jaliklari foydasiga olindi. 50-60 yillarda qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirishga va shu asosda paxta va g’alla yetishtirishni ko’paytirish choralari ko’rildi. O’zbekistonda uch yil ichida Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling