mexnanika, tibbiyot, energetika, qishloq xo’jaligi sohalarida ishlar olib bordi. Bir
qancha ilmiy-tekshirish institutlari
travmatologiya va ortopediya, energetika,
matematika, onkologiya va radiologiya, O’rta Osiyo qishloq xo’jaligini
mexanizasiyalash va
elektrlashtirish, kibernetika va boshqa bir qancha institutlar
shu yillarda ishga
tushirildi. Fanlar Akademiyasi qoshida Falsafa va Huquq instituti tashkil etilib,
Sharqshunoslik instituti faoliyati kengaytirildi.
50-yillardan boshlab respublikada ilmiy-tadqiqot ishlarida atom quvvatidan
foydalana boshladi. Dastlabki paytda atom quvvati Toshkent va Samarqand Davlat
Universitetlari laboratoriyalaridan Fanlar akademiyasining fizika-texnika institutida,
Politexnika va medisina institutlarida ishlatildi.
Lekin texnika bazasi yetarli
bo’lmaganlikdan atom quvvatidan foydalanish doirasi tor bo’ldi.
1956-yil boshlarida
Toshkentdan 30 km yiroqda, 750 shtat birligida mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot yadro
insituti va barcha qulayliklarga ega bo’lgan shaharcha qurilib,
1958-yili ishga
tushirildi.
1951-1954 yillari respublikada yana bir yirik ilmiy markaz bunyod
etildi. 80
gektar maydonda, ittifoqda yagona tibbiy sharoitda o’sadigan, Toshkent
botanika bog’i yaratildi.
1956-yili 5-noyabrda O’rta Osiyoda birinchi Toshkent
telemarkazi ishga tushirildi. Keyinchalik
1962 yil Urganchda,
1964-yil Nukusda ham
televizon markazlar ish boshladi.
O’zbekistonlik
olimlarning bir qanchasi, ayniqsa tabiiy fanlar sohasida,
o’zlarining ilmiy yutuqlari bilan nafaqat sobiq Ittifoq doirasida, balki jahon miqyosida
tan olindi va yuqori darajadagi davlat mukofotlariga sazovor bo’ldilar.
Respublika ziyolilari qatorida 125 mingdan ortiq oliy va o’rta maxsus
ma’lumotga ega mutaxassislar bo’lib, shulardan 25 mingdan ko’prog’i muhandis va
texniklar, 10 ming qishloq xo’jalik mutaxassislari, 24 ming vrachlar va 60 mingdan
ortiq o’qituvchilar,
yuzdan ortiq yozuvchi, shoir, dramaturglar, rassomlar
uyushmasida 105 kishi, kompozitorlar uyushmasida 26 nafar a’zodan bor edi.
1956
Do'stlaringiz bilan baham: