kunlar» romani, Mirtemirning «Surat» dostoni, Shayxzodaning «Toshkentnoma»si
nashrdan chiqdi.
60-yillardan adabiyotda yangi avlod paydo bo’ldi. Odil Yoqubov, Pirimqul
Qodirov, O’lmas Umarbekov, Ilyosiddin Sharipov, Ozod Sharafutdinovlar bilan izma-
iz yangi ijodiy tafakkurga ega bo’lgan iste’dodli Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,
Shukur
Xolmirzayev, O’tkir
Hoshimov,
Muhammad Ali,
Jamol Kamol, Omon
Matjon, Rauf Parfi kabi yosh adabiyotchilar maydonga chiqdi.
80-yillarning o’rtalaridan adabiyot xalq hayotini haqqoniy aks ettirish
yo’lida yangicha qadamlar qo’ya boshladi. Badiiy asarlarning mavzui doirasiga Orol
fojeasi, o’zbek dehqonining mashaqqatli taqdiri, tabiat, til, madaniyat va tariximizga
oid muammolar shiddatliroq kirib keldi. Yangi mazmun ijodda yangicha zamonaviy
shakl, xalqona ohanglarda keng yo’l ocha boshladi.
50-60 yillarda Respublika san’atida, xususan teatr va raqs san’atida
ilgari
siljishlar yuz berdi:
1947 yili Toshkentda xoreografiya bilim yurti ochildi.
1957 yili
mashhur raqqosa M.Turg’unboyeva tomonidan "Bahor" o’zbek xalq raqs ansambli,
Do'stlaringiz bilan baham: