1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

(1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzacho’lning
o’zida sug’oriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi. 
Shu yillarda Markaziy Farg’onani o’zlashtirish munosabati bilan Katta
Farg’ona kanali qayta ta’mirlandi. Toshkent viloyatida Ohangaron suv omborining 2-
navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmog’i, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori,
Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzacho’l magistral kanali qurilib foydalanishga
topshirildi. Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o’g’itlardan foydalanishga
katta e’tibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t. mineral o’g’it ishlatilgan
bo’lsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. G’o’za barglarini
to’kish va zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatilgan o’ta zaharli ximikatlar
(butifos, merkaptafos va b.)dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish, aholi
sog’ligiga keskin yomon ta’sir qildi.
Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barobar ko’paydi, paxta
ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar mobaynida O’zbekiston
qishloq xo’jaligiga 45 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, shundan 17,1 mlrd. so’mi
sug’orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga. yer o’zlashtirildi.
O’zlashtirilgan yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan bo’lib, 20 yil davomida
bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi. 
Mavjud suv zahirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlarning o’zlashtirilishi, tog’ yon
bag’irlariga ekin ekilishi, o’rmonlarni shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va kon
suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli o’zgarishlarni yuzaga keltirdi.
Orol dengizi yaqin o’tmishda dunyodagi eng katta ko’llardan hisoblanib, baliqchilik,
ovchilik, transport sohasi yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Biroq bir avlod umri davomida
bir dengiz quridi. 
Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga - 18 sm, 1971-1980 yillarda -
53 sm, 1981-1985 yillarda - 78 sm, 1985 yilga kelib esa - 87 sm.ga yetdi. 1961
yildan 1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz o’z qirg’og’ida 75-80,
ba’zi joylarda 100 km.ga chekindi. 1980 yillarning boshida Orol dengiziga suv
kelishi deyarli butunlay to’xtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln.
ga tuz va qumdan iborat maydon ochilib qoldi.
Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xo’jaligini boshqa sohalarini
qoloqlikka olib keldi, g’alla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholinining
talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga nisbatan noto’g’ri siyosat olib borildi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling