1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


maydagina tarixiy haqiqat tiklanib, o’zbek xalqining mard o’g’li S.U.Rahimovga o’limidan so’ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berildi.1943 yilda


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

maydagina tarixiy haqiqat tiklanib, o’zbek xalqining mard o’g’li S.U.Rahimovga
o’limidan so’ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini berildi.1943 yilda Oryol-Kursk
yo’nalishi bo’yicha olib borilgan shiddatli janglarda ko’rsatgan jasoratlari uchun
Ahmadjon Shukurov, V.Shalandin, M.Abdutlin, A.Solihovlar Sovet Ittifoqi
Qahramoni unvoniga sazovor bo’ldilar. Dneprni kechib o’tishdagi qahramonliklari
uchun 100 ga yaqin O’zbekistonliklar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan
taqdirlandilar.
1944-1945 yillarda Belorussiya, Ukraina, Moldaviya, Boltiq bo’yi
respublikalari va Rossiya Federasiyasining g’arbiy viloyatlarida faoliyat ko’rsatgan
o’zbekistonlik jangchilar faoliyati ikkinchi jahon urushi tarixi sahifalariga bitilgan
bo’lib, ularning nomlariyoq dushman ko’ngliga qo’rquv solgan edi. Bular orasida
Mamadali Topiboldiyev, J.Otaboyev, I.Musayev, A.Hakimov, I.Qosimov va
boshqalarning mardlik namunalarini ta’kidlash mumkin.
1944 yil kuziga borib SSSR chegaralari butunlay tiklandi, sovet qo’shinlari


Yevropa mamlakatlariga ozod qiluvchi sifatida kirib bordi. Polsha, Ruminiya,
Bolgariya, Yugoslaviya, Vengriya, Chexoslovakiya, Avstriyani ozod qilib, Berlinni
egallashda sovet qo’shinlari tarkibida o’zbekistonlik jangchilar ham o’zlarining
baynalminallik tuyg’ularini namoyon qilib, Yevropa xalqlarining fashistlar asoratidan
ozod bo’lishlariga o’z hissalarini qo’shdilar. Bu mamlakatlarni ozod qilishdagi
jasoratlari uchun B.Boboyev, P. Nurpeksov, T. Nazarov, A.Rahimov, M.Fayozov va
boshqalar Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni, 2430 nafar hamyurtimiz "Budapeshtni
ozod qilish uchun" medali, 1706 kishi "Berlin olingani uchun", 109208 kishi
"Germaniya ustidan g’alaba qozonganligi uchun» medali bilan taqdirlanganlar.
O’zbekistonlik jangchilar Yevropadagi qarshilik ko’rsatish harakatlarida faol
ishtirok etib, nemis-fashistlari ustidan qozonilajak g’alabaga va Yevropa xalqlarining
ozod bo’lishlariga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.Polsha, Yugoslaviya,
Italiya, Fransiya, Norvegiya, Avstriya, Germaniya davlatlarida tashkil topgan ozodlik
armiyalari safida, partizanlar tuzilmalarida ishtirok etgan, 40 mingdan ortiq sovet
fuqarolarining orasida O’zbekistonliklar ham ko’pchilikni tashkil qilar edi. Masalan,
Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasida 260 dan ko’proq O’zbekistonlik bo’lgan.
L.Kolantarov, A.Mamajonov, O.Berbiyev, R.Rahimov, H.Jabborov, H.Ismoilovlar
qarshilik ko’rsatish harakatida faol ishtirok etgan hamyurtlarimizdir. Sobiq Ittifoq
xalqlarining fidokorona mehnatlari, jangchilarning qahramona jasoratlari sabab,
nemis-fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan, 43 kuni kam 4 yil (1941 yil 22

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling