1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
dekabrda O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishni harbiy izga
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 135 ming kv.m
- 1941 yil 1 oktyabrgacha
- 1942 yilning oxirida
dekabrda O’zbekistonda sanoat ishlab chiqarishni harbiy izga moslab qayta
qurishning umumiy rejalarini belgilab berdi. Qabul qilingan qarorlarda xalq xo’jaligini qayta qurishga doir aniq vazifalar belgilangan bo’lib, sanoat korxonalarining mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarishga o’tish muddatlari belgilanib, ichki imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilgan. O’lka aholisi an’anaviy vatanparvarligining ajoyib namunalaridan biri frontga umumxalq yordami ko’rsatish edi. O’zbekistonliklar urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa jamg’armasi tashkil etish harakatida faol ishtirok etdi. Mudofaa jamg’armasiga ishchilar, ziyolilar bir kunlik ish haqlari, "kommunistik” shanbaliklarda ishlab topilgan pullar, fuqarolarning shaxsiy jamg’armalari, qimmatbaho boyliklari, davlat zayomlari, buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari topshirilardi. Mustabid tuzum tazyiqi, qatag’onlarga qaramasdan xalqimizningning ikkinchi jahon urushi yillarida ko’rsatgan yuksak vatanparvarlik namunalari bu xalqning ko’p ming yillik tarixga, boy ma’naviy merosga ega ekanligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni bir hilda his qilishini ko’rsatadi. Urushning og’ir yillarida o’zbek xalqining asosiy ma’naviy-ahloqiy xususiyatlari, uning insonparvarligi yorqin namoyon bo’ldi. Urushning dastlabki kunlaridan boshlab butun mamlakatda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham oziq-ovqat va sanoat mollari kamayib ketdi. Aholinining ahvoli keskin yomonlashdi. Shahar aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash "chiptalar" bo’yicha amalga oshirila boshlandi. Urush tufayli qiyin va og’ir sharoitda qolganiga qaramasdan ko’chirib keltirilganlarga, yarador va nogironlarga, frontga ketganlarning xotinlari va bolalariga ko’rsatgan g’amxo’rligi o’zbek xalqining birlik va qardoshlarcha do’stlikka insonparvarlik bilan intilishining yorqin timsoli, ulkan ahloqiy kuch-qudrati va haqiqiy samimiy olijanobligining chin ma’nodagi isboti bo’ldi.O’zbekiston urush yillarida Rossiyaning bosib olingan rayonlaridan, Ukrainadan, Belorussiyadan hammasi bo’lib bir milliondan ortiq kishini qabul qildi. Ulardan 200 ming nafari bolalar edi. Aholi ularga turar-joy berib, o’zi siqilib yashadi, ko’chib kelganlarni to’ydirish uchun oxirgi bo’lak nonini ham bo’lib berdi, ular poyabzal, kiyim bosh to’pladi. Ularga 135 ming kv.m turar-joy maydoni ajratib berildi. Ko’chirib keltirliganlarni ishga joylashtirish yuzasidan katta ishlar amalga oshirildi. Urush yillarida O’zbekistonga frontda yarador bo’lgan jangchilar ko’plab keltirildi. Urush boshlangandayoq respublika hukumati gospital bazasini tashkil qilishga kirishgan edi. 1941 yil 1 oktyabrgacha O’zbekiston sog’liqni saqlash xalq komissarligi tizimida 14950 o’ringa ega bo’lgan 47 gospital barpo etildi va zarur uskunalar bilan jihozlandi. Faqat Moskva, Kalinin, Rostov va boshqa viloyatlardan 15900 o’rin-karovatga ega bo’lgan 48 gospital respublikamizga ko’chirib keltirildi va ishga tushirildi. Evakuasiya qilingan gospitallarga Toshkentdagi va O’zbekistonning boshqa yirik shaharlardagi eng yaxshi binolar ajratib berildi. 1942 yilning oxirida O’zbekiston hududida 39140 o’ringa ega bo’lgan 113 ta evakuasiya gospitallari joylashtirildi. Urush yillarida bu gospitallarga 164382 yarador keltirilgan bo’lib, ulardan 87 foizi davolanib chiqdi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling