1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdurauf Fitrat (1886-1938)
- Abdulla Qodiriy (1894-1938)
- Cho’lpon (1897-1938)
yillarda adabiy-madaniy hayot qizg’in tus oldi. Jadid adabiyoti asr boshidan 20
yillik rivojlanish tajribasiga tayangan holda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko’tarilgan, ham shaklan, ham mazmunan barkamollik kasb etgan hamda mazmun mohiyatiga ko’ra 20-yillarda yangi bir bosqichga ko’tarilib, badiiy tafakkurning zabardast siymolari sifatida etirof etilgan Fitrat, Qodiriy, Cho’lponni ma’naviyat maydoniga chiqardi. Abdurauf Fitrat (1886-1938) buyuk san’atkor, adib bo’lishi barobarida ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan ham chuqur shug’ullangan ulkan davlat arbobidir. Fitrat Buxorodagi jadidchilik harakatida faol ishtirok etibgina qolmay, bu harakatga rahbarlik ham qildi. Bu boradagi o’z qarashlarini "Munozara", "Hind sayyohi qissasi" singari asarlariga singdirdi. Fitrat "Sayha", "Begijon", "Oila" singari asarlarida "mavjud tuzumni qattiq tanqid qildi, uning barcha kamchiliklarini ayovsiz fosh etib tashladi", - degan edi bu haqda Fayzulla Xo’jayev. Fitrat matbuot bilan birga, butun umr maorif sohasida ham jonbozlik ko’rsatdi. Hatto Turkiyada o’qib yurgan kezlari u yurtdoshlarining o’qishiga ko’mak berish maqsadida "Buxoro ta’limi maorif jamiyati"ni tashkil etishda tashabbus ko’rsatdi. U isloh qilingan lotin alifbosiga o’tish ishlarining tashkilotchilaridan biridir.Biroq sovet siyosati va kommunistik mafkura buyuk millatparvar adib dunyoqarashi va asarlarini baholashga asta-sekin o’zining omonsiz tazyiqini o’tkaza boshladi. Abdurauf Fitrat barcha asarlari va butkul faoliyati bilan istiqlol uchun kurashdi.Abdulla Qodiriy (1894-1938) o’zining noyob iste’dodi, jasorati bilan xalqimiz madaniyati, adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirdi, ko’p asrlik milliy adabiyotimiz rivojida tub burilish yasagan, yangi bosqichni boshlab bergan romanlar yaratdi. Adib "O’tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" asarlari bilan o’zbek romanchiligiga asos soldi.Qodiriyning asarlari XX asrning ko’plab balo-ofatlariga, qora bulutli kunlariga duch keldi va ulardan eson-omon chiqdi. Bu o’lmas asarlar o’zbek adabiyoti osmonida quyoshdek porlab, odamlar vujudini, qalblarini charog’on etmoqda.Cho’lpon (1897-1938) - ko’p qirrali iste’dod sohibi edi. Cho’lpon ehtirosli va ѐniq asarlari bilan o’zbek xalqining milliy ongini uyg’otishda, uning yangicha ma’naviyatini shakllantirishda katta xizmat qildi. 20-yillarda Cho’lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan muxolifatga o’tgani va bu qarashlarini yashirmay, she’rlarida oshkora kuylagani tufayli, uni millatchiga chiqarib qo’ydilar. Adibning "Kecha va kunduz" romanida Turkistonning zulmga, jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to’la hayotini ochib bergan. Mustabid tuzum yillari respublikamizda adabiyot bilan bir qatorda, milliy Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling