yilgacha yirik qoramollar soni 150 mingga, qo’ylar 230 mingga ko’paydi.
Pillachilik respublika qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri edi. 1922
yilda Toshkentda "Turkipak" aksionerlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni
rivojlantirishda muhim bosqich bo’ldi. 1927 yilda Toshkent ipakchilik stansiyasi
negizida O’rta Osiyo ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi. 1930 yillarda tut
ko’chati yetishtirishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi va ikkinchi besh yilliklarda
O’zbekiston ipak ishlab chiqarish bo’yicha birinchi o’rinda edi.
Respublika qishloq xo’jaligida mevalar va uzum yetishtirish qadimgi va oziq-
ovqat hamda sanoat xom ashyosi beradigan asosiy tarmoqlar qatoriga kiradi.
O’zbekistonning 1937 yilda yetishtirgan meva hosili 800 ming sentnerni tashkil etdi.
Shundan uchdan bir qismi sobiq ittifoqning turli viloyatlariga yuborilar edi.
Madaniyat va maorif. O’zbekistonda "madaniy inqilob" va uning oqibatlari
XX asr 20-30 yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika ma’naviy-
madaniy hayotida ham o’z aksini topdi. Sho’rolarning "madaniy inqilob" tadbiri
jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san’at, maorif, oliy ta’lim
sohalarini ham o’z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o’choqlari bo’lgan milliy
maktablarga ham bu siyosat o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. Sovet
hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo’q qilish avj
oldirildi. Mana shunday sharoitda mahalliy ziyolilarimiz zamonaviy milliy oliy ta’lim
tizimini yaratish, dunyoviy bilimlardan dars bera oladigan o’qituvchilar tayyorlash
davr talabi ekanligini teran his etib, zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel
bog’ladilar. Milliy universitet haqida gap borar ekan, shuni ta’kidlash lozimki, O’rta
Osiyoning birinchi universiteti hisoblanmish hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti
ikki asosga ega bo’lgan. Biri 1918 yil 12 mayda jadid ziyolilari tomonidan tashkil
etilgan Musulmon Xalq Dorilfununi bo’lib, ikkinchisi 1918 yil 21 aprelda rus
ziyolilari ochgan Turkiston Xalq Universitetidir.Musulmon Xalq Dorilfununi 1918-
Do'stlaringiz bilan baham: |