1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

1924-yilning 31 yanvarida RKP(b) MKning Tashkiliy byurosi Turkiston,
Buxoro, Xorazm respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi masalasini ko’rib
chiqdi va Ya.E.Rudzutakka mazkur respublikalarning ma’sul xodimlari bilan
birgalikda bu g’oyani amalda qanday ro’yobga chiqarish mumkinligini oldindan
muhokama qilishni topshirdi. 1924 yilning fevralida esa Fayzulla Xo’jayevning
milliy chegaralanish masalasi bo’yicha tezislarida markazning turkiy xalqlarning
ildizi birligini hisobga olmayotganligi, chegaralash g’oyalari o’tmish istilochilari
siyosatidan farq qilmayotganligi aytilgan edi. Turkiston, Buxoro, Xorazm
respublikalarida tashkiliy va tashviqot ishlari olib borilgandan so’ng, 1924 yilning 11
oktyabrida RKP(b) Siyosiy byurosi O’rta Osiyoni qaytadan bo’lib chegaralash
haqida o’zining so’nggi qarorini qabul qiladi va 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR
BMIQ sessiyasi milliy chegaralanish haqidagi Turk MIQ qarorini tasdiqladi. Milliy
chegaralanish natijalariga ko’ra, O’rta Osiyoda O’zbekiston va Turkmaniston Sovet
Sosialistik Respublikalari, O’zSSR tarkibida bo’lgan Tojikiston Avtonom
respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqirg’iz (Qirg’iziston) va Qoraqalpog’iston
Avtonom viloyatlari tashkil topdi. Sobiq Turkiston ASSRning qozoq viloyatlari esa,
Qirg’iziston (Qozog’iston) ASSR tarkibiga kiritildi.
Shu tariqa, 1924 yilning
kuzida milliy-hududiy chegaralanish hukumat qarorlari bilan qonuniy tarzda
rasmiylashtirildi. 
1925 yilning 13 fevralida
O’zSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan Umumo’zbek qurultoyida "O’zbekiston
SSR tuzilgani to’g’risida deklarasiya" qabul qilindi. O’zbekiston SSR sovetlari
MIQning raisi etib - Yo’ldosh Oxunboboyev saylandi. O’zbckiston XKS raisi etib -
Fayzulla Xo’jayevni tasdiqladi. Tuzilgan O’zbekiston SSRga tugatilgan Turkiston
ASSRdan Sirdaryo, Farg’ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, Buxoro
respublikasidan uning markaziy va g’arbiy qismi (Zarafshon, Qashqadaryo va
Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan Xorazm vohasi kirdi. Miltiy-
chegaralanishdan so’ng, O’zbekiston sovetlarining - I-qurultoyi (1925 yil 13-17

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling