1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Inomjon Xidiraliyevdir (1891-1928)


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

Inomjon Xidiraliyevdir (1891-1928). U ham mahalliy aholining manfaatlarini
himoya qilgan milliy rahbarlardandir. Xidiraliyev 1922 yilning oxirida Butunrossiya
MIQga maxsus xat bilan murojaat qilib, "Mahalliy aholining barcha qatlamlarini
sovet ishlariga jalb qilishga, bu ishlarni aholining milliy turmush tarziga
moslashtirgan holda amalga oshirishga, Turkistonda ish yuritishni mahalliy aholi
tiliga o’tkazishga" e’tiborini qaratgan edi. I.Xidiraliyev fikricha, oktyabr
to’ntarishidan so’ng deyarli 5 yil o’tgan bo’lsa ham, quyidan yuqorigacha boshqaruv
apparatlarida asosan yevropalik kishilar o’tirganligi mahalliy aholida chorizm
mustamlakachilik siyosati sovetlar davrida ham davom etmoqda degan xulosani
keltirib chiqarmoqda. Boshqaruv idoralarida o’tirgan yevropaliklar asosan Rossiya
sharoitidan kelib chiqqan kishilar bo’lib, mahalliy aholi tili, urf-odatini bilmaydigan,
dehqonchilik va chorvachilikda mashg’ul bo’lgan ko’plab aholi xususiyatiga mos
mafkuraviy qarashlarni tushunmaydigan shaxslardir.Xidiraliyevning ushbu takliflari
bilan Markaz qisman bo’lsa ham hisoblashishga majbur bo’ldi. 1923 yildan boshlab
ish yuritish tub millatlar tillarida olib boriladigan bo’ldi. 
Sovet tuzumi davridagi milliy rahbarlar ustida so’z borar ekan, davlat va siyosat
arbobi Akmal Ikromov (1898-1938) faoliyati haqida to’xtalib o’tish muhimdir.
A.Ikromov sovet hokimiyatiga sodiqlik bilan hizmat qildi. Uning yer-suv islohoti va
jamoalashtirish xususida bildirgan fikrlari buning yorqin dalilidir. Shuningdek, u "18
lar guruhi", “inog’omovchilik"ka qarshi chiqishlar qilib, ularni millatchilikda ayblaydi
va ularga qarshi kurash olib borishga chaqiradi. Afsuski, 20-yillarning oxiri-30
yillarning o’rtalaridagi bir qator qatag’onlar uchun Akmal Ikromov ham
javobgardir. Lekin mustabid tuzumning sodiq xizmatchisi bo’lgan Akmal Ikromov
ham, 1938 yilda "xalq dushmani" sifatida otib tashlanadi.Tariximizda o’zining
o’chmas izini qoldirgan buyuk siymo bu - Fayzulla Xo’jayevdir (1896-1938). 1920

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling