1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Partiyaning ushbu mustabidlik yo’nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta’sir
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1921 yilning bahoriga
- 1920-1921 yillardagi
- 1922 yil kuzida
- 1922 yil 11 yanvaridagi
- 1921 yilning fevralida
- 20-yillar boshlaridagi
- Nazir To’raqulov (1892-1939)
Partiyaning ushbu mustabidlik yo’nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta’sir qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o’z manfaatlarini himoya qilishga bo’lgan urinishlar esa "millatchilik" deb baholanib, qatag’ongacha olib kelingan. 1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bo’lgan qishloq xo’jaligini tiklash vazifasi ko’ndalang bo’lib turdi. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi respublika milliy daromadining asosiy qismini berganligi, dehqonlar esa aholinining 80 foizini tashkil etganligi tufayli sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala markaziy o’rinni egallardi.Markazdan farqli o’laroq, O’rta Osiyo respublikalarining 20-yillardagi agrar siyosatida nisbatan keskin choralar ko’rilgan. 1920-1921 yillardagi yer-suv islohotining amalga oshirilishi Yangi Iqtisodiy Siyosat (NEP) bilan birga olib borildi. Yangi iqtisodiy siyosatdan ko’zlangan maqsad - mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlarning manfaatini oshirish, uning yerga egalik qilishini ta’minlash, imtiyozli soliq olish va bozor iqtisodiyoti, tovar-pul munosabatlariga o’tish edi. Yer-suv islohotini amalga oshirishdan ko’zlangan asosiy maqsad - mahalliy hamda Turkistondagi boy rus dehqonlarining yer va suvga bo’lgan huquqlarini tenglashtirish edi. Chunki o’z vaqtida mustamlakachi ma’murlari tomonidan rus dehqonlariga eng yaxshi va hosildor yerlar ajratilgan edi. Yer va suvni taqsimlash jarayoni bir tomondan yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta’minlagan bo’lsa, ikkinchi tomondan qishloqdagi siyosiy vaziyatni o’ta keskinlashtirib, sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirdi. Islohotni o’tkazishning inqilobiy-zo’ravonlik usullari Turkiston qishloqlarida ijtimoiy va millatlararo tanglikni vujudga keltirdi. Yer-suv islohoti 1922 yil kuzida o’z poyoniga yetdi. Markaz Turkiston o’lkasiga asosiy xom-ashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois, o’lka qishloq xo’jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e’tiborini qaratgan. Xususan, RKP(b) MKning 1922 yil 11 yanvaridagi "Turkiston Kompartiyasiga" deb nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo’jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o’ringa sug’oriladigan yerlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug’orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta’kidlangan edi. Turkiston respublikasida paxtachilikni rivojlantirish ishlarini, sug’orish inshootlarini tiklamasdan amalga oshirib bo’lmasdi. Sug’orish ishlarini tiklashni tezroq amalga oshirish, dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni suv bilan ta’minlash va qishloq xo’jaligini, birinchi navbatda esa paxtachlikni rivojlantirish uchun suvdan to’g’ri foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadida, 1921 yilning fevralida TASSRdagi barcha suvlarni respublika mulki deb e’lon qilgan suv to’g’risida qonun qabul qilindi.Ittifoq hukumati avval boshdanoq yosh O’zbekiston respublikasi rahbariyati oldiga "Sovet O’zbekiston"ning SSSR ning asosiy paxta bazasiga aylantirish strategik vazifasini qo’ydi. "Oq oltin"ning aksariyat qismi, ya’ni 90%dan ko’prog’i "Sovetlar mamlakati"ning to’qimachilik markazlariga yuborildi.O’zbek paxtakorlarining mashaqqatli mehnati evaziga esa sovet davlati paxtani chetdan sotib olmay, paxta yetishtirish bo’yicha jahonda ikkinchi o’ringa chiqdi. Mana shu tariqa sobiq SSSR paxta mustaqilligiga erishdi. Paxta yakkahokimligini ta’minlash maqsadini amalga oshirish oqibatida qishloq o’jaligining boshqa tarmoqlari, xususan, chorvachilik inqirozga uchradi, g’alla tayyorlash keskin kamayib ketdi. Hosildor yerlar miqdori kamaydi. Don, poliz ekinlarining hosildorligi qisqardi.20-yillar boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy- siyosiy hayotining alohida xususiyati - bu o’lka mahalliy aholisining milliy o’z-o’zini anglashining o’sganligi deyish mumkin. Mahalliy aholinining keskin noroziligiga birinchi navbatda Markazning uning milliy manfaatlarini hisobga olmaslik siyosati sabab bo’ldi. Turkiston tub aholisining kuchayib borayotgan noroziligi turli shakllarda namoyon bo’ldi. Shunday norozilik shakllaridan yana biri hokimiyat pog’onalaridagi milliy rahbar kadrlardan iborat milliy muxolifat bo’ldi. Ular mustabid tuzumga, uning siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi fikr bildirib, mahalliy aholinining manfaatlarini himoya qildilar, markazning shovinistik va imperiyacha siyosatiga qarshi faol kurash olib bordilar. Mana shunday milliy rahbarlardan davlat va siyosat arbobi, olim va diplomat Nazir To’raqulov (1892-1939) bo’lgan. Nazir To’raqulov sovet hokimiyatining turli lavozimlarida ishlab keldi. Markazning siyosiy rahbariyati o’zining siyosiy mavqyeini saqlab qolish maqsadida o’lkadagi vakillariga Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling