1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Turkiston Kompartiyasining VI (1921 yil 11-20 avgust) qurultoyida
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1939 yilda
- 1922 yil 18 iyulda
Turkiston Kompartiyasining VI (1921 yil 11-20 avgust) qurultoyida milliy
muammolarga e’tiborni kuchaytirishni, Turkiston partiya-davlat organlari tarkibida milliy kadrlarni ko’paytirishni tavsiya etgan edi. Ushbu ko’rsatmalar asosida qurultoyda Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining a’zolari etib bir qancha mahalliy rahbarlar bilan bir qatorda Nazir To’raqulov ham saylangan edi. Milliy rahbarlar Markazning buyuk davlatchitik shovinizmiga qarshi chiqib, Turkkomissiyani yo’q qilish talabini bir necha marotaba o’rtaga tashlagan edilar. Bu davrda TKPga boshchilik qilib turgan Nazir To’raqulov ham Turkkomissiya va Turkbyuroning xatti-harakatlariga norozilik belgisi sifatida ular safidan chiqish to’g’risida ariza beradi. Nazir To’raqulov nafaqat siyosiy arbob, balki tilshunos olim sifatida ham taniqilidir. U turk, fors, arab, rus, nemis va fransuz tillarini yaxshi bilgan. Respublika va viloyat gazetalarida maqolalari bilan qatnashib turgan. Uning noshirlik va elchilik faoliyati hayotining keyingi davriga to’g’ri kelgan.Ko’pgina milliy rahbarlar qatori Nazir To’raqulov ham qatag’onlik to’lqinidan qutulib qolmadi va 1939 yilda otib tashlandi. Yuqorida aytib o’tilganidek, 20- yillarning boshlarida o’lka partiya davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga milliy kadrlar jalb qilingan edi. Ular orasida taniqli davlat va jamoat arbobi Qayg’usiz Otaboyev (1887-1937) ham bor edi. O’z siyosiy faoliyati davomida Q.Otaboyev Markazning ayirmachilik, shovinistik siyosatiga qarshi bir necha bor o’zining dadil fikrlari bilan chiqdi. U Markaz tomonidan yuborilgan komissarlarning mahalliy xalqlarga nisbatan qo’llayotgan usullarini tanqid qilib, Rossiyadan kelgan xodimlar tub aholining o’lkani mustaqil boshqara olish qobiliyatiga ishonmayotganliklari, o’zlari va Turkistonning turmush-sharoitlarini yaxshi bilmasdan turib hokimiyatning ma’sul lavozimlariga da’vogarlik qilishlari haqida TKR Sovetlarining X qurultoyi minbaridan turib gapirgan edi. Q.Otaboyev milliy rahbarlardan birinchilar qatorida qarshilikchilik harakatiga to’g’ri baho bergan. Uning 1922 yil 18 iyulda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo’mitasining VI plenumida qilgan ma’ruzasi keskin tanqidiy va ochiqdan-ochiq qarshilik ruhida edi. Otaboyev qarshilik harakatiga "harbiy yo’l bilan yo’q qilib bo’lmaydigan xalq qo’zg’oloni" deb baho beradi va ushbu harakat ishtirokchilari bilan siyosiy va iqtisodiy usullarni qo’llab, tinch muzokaralar olib borish taklifini kiritadi. Qayg’usiz Otaboyevning qismati ham o’sha yillardagi millatparvarlar singari ayanchli tugadi, u 1937 yilda mustabid tuzum tomonidan nohaq qatag’onga uchrab, otib tashlanadi. Yana bir millatparvar rahbarlardan biri, yetuk davlat arbobi Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling