1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


-MAVZU: SOVET HOKIMIYaTINING O’ZBEKISTONDA AMALGA


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

12-MAVZU: SOVET HOKIMIYaTINING O’ZBEKISTONDA AMALGA
OShIRGAN SIYoSIY, IQTISODIY, IJTIMOIY TADBIRLARI VA ULARNING
MUSTAMLAKAChILIK MOHIYaTI. IKKINChI JAHON URUShI
YILLARIDA O’ZBEK XALQINING FAShIZM USTIDAN QOZONILGAN
G’ALABAGA QO’ShGAN HISSASI
Reja:
1. XX asrning 20-yillarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot. 
2. O’rta Osiyoda milliy-davlat chegaralanishining o’tkazilishi. 
3. SSSRda ma’muriy-buyruqbozlik, totalitar tuzumning qaror topishi. Siyosiy
qatag’onlik.
4. Ikkinchi jaxon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan
g’alabaga qo’shgan xissasi.
Tayanch so’z va iboralar: O’zbekiston SSR. Yerg’suv islohoti.
Sanoatlashtirish (industrlashtirish) siyosati. Kollektivlashtirish (jamoalashtirish)
siyosati. Maorif va madaniyatga bosim. Ma’muriy buyruqbozlik, totalitar tizim.
Repressiya. Qatag’on. Ziyolilar qatag’onligi. Ikkinchi jahon urushi.
O’zbekistonliklarning ikkinchi jahon urushida ko’rsatgan qahramonliklari.


-I-
20-yillar tariximizga o’ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va
kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda Markazning imperiyacha
munosabatlar mustahkamlanayotgan, o’lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga
aylangan sanoat, transport, qishloq xo’jaligini tiklash, ya’ni sho’rolarning "tinch
sosialistik qurilish" yo’liga o’tish davri bo’lib kiradi. Ushbu davrdagi eng dolzarb
masalalardan biri bu - hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa hokimiyat
masalasini birinchi navbatda xalqning o’z taqdirini o’zi belgilashda ko’rishar edi.
Kommunistik partiya o’zining siyosiy pozisiyalari hamda sovet davlat tuzumini
mustahkamlash bilan birga sovetlarning ijroiya qo’mitalarini qaytadan tiklash
ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda o’lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida
demokratik jarayonlarni kengaytirish, xalq hokimiyatini tiklash shiorlari ostida o’tdi.
Ammo, tarix ko’rsatib turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda
bo’lib, jamiyat va davlat boshqaruvida keng xalq ommasining ishtirokini
ko’rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda bunday emas edi. Ko’p joylarda mahalliy
aholi saylash huquqidan mahrum edi.Sovet hukumati mahalliy aholiga nisbatan
bepisand bo’lib, aksariyat tarzda ham unga ishonmas edi. Shuning uchun ham u o’z
siyosiy tuzilmalariga milliy xodimlarni nihoyatda kam jalb qilgan edi.
Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling