1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


) Buxoro amirligining tugatilishi va Buxoro Xalq Sovet


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

2)
Buxoro amirligining tugatilishi va Buxoro Xalq Sovet
Respublikasining tuzilishi.
1917- yil Buxoro amirligi ham xuddi Xiva xonligi singari muhim o’zgarishlar
arafasida turardi. Bu davrda Buxoroda jadidchilik harakati va Yosh buxoroliklar
partiyasining faoliyati kuchaydi. 
1917 yil 7 aprelda Buxoro amiri Said Olimxon mamlakatda islohotlar o’tkazish
to’g’risida farmon chiqarsa ham, amalda uni joriy qilmadi. Jadidlar Buxoro shahrida
namoyish uyushtirganlaridan so’ng mamlakatda ularni yoppasiga ta’qib etish
boshlandi. 
Oktyabr to’ntarishidan keyin sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi
munosabatlar keskinlashdi. Turkiston respublikasining bolsheviklardan iborat
rahbariyati Buxoro amirligining davlat mustaqilligini rasmiy ravishda tan olishiga
qaramay, amalda uning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashib turdi.
Turkiston XKS amir hukumatini kuch bilan ag’darishga urindi. Bolsheviklar
shu maqsadda Yosh buxorolik jadidlarni qo’llab-quvvatlashdi. 1918 yil mart oyida
Turkiston o’lkasi XKS raisi F.Kolesov qo’mondonligidagi qizil askarlar mamlakat
poytaxti Buxoro shahriga hujum uyushtirdilar. Ularning hujumi muvaffaqiyatsiz
tugagan bo’lsa ham, Buxorodagi siyosiy tuzumni o’zgartirish uchun urinish
to’xtamadi. Afsuski, Amir Olimxon mamlakat taqdiri hal qilinayotgan ushbu fursatda
muholifatdagi Yosh buxoroliklar partiyasi arboblari bilan til topisha olmadi. U
mamlakatda konstitusion monarxiya va demokratik tartiblarni o’rnatmoqchi bo’lgan
jadidlar – Yosh buxoroliklarni yo’qotish yo’lini tutdi.
Yosh buxoroliklarning bir qismi 1918 yilning yozida Toshkentda Buxoro
Kompartiyasini tuzishdi. Fayzulla Xo’jayev Moskvadagi muhojirlik davrida - 1918
yil oktyabrda Turkiston respublikasining RSFSR hukumati huzuridagi muxtor
vakolatxonasi qoshida Yosh buxoroliklar partiyasining bo’limini tashkil qildi. 1920
yil yanvarda Toshkentda Fayzulla Xo’jayev boshchiligidagi inqilobchi Yosh
buxoroliklar partiyasining Turkiston Markaziy byurosi tuzildi. Bolsheviklar Yosh
buxoroliklardan amirlik hokimiyatini ag’darishda foydalandilar. 
1920 yil 25 avgustda Turkiston fronti qo’mondoni M.V.Frunze qizil askarlarga
Buxoroni bosib olish uchun buyruq berdi. Keskin janglardan so’ng - 2 sentyabrda


Buxoro shahri bosib olinib Sayid Olimxon hokimiyatdan ag’darib tashlandi. Buxoro
shahridan so’ng qizil armiya 27 beklik (ba’zi manbalarda 32 beklik)ni ham birin-ketin
egallab, Buxoro amirligiga barham berishdi.
1920 yil 14-sentyabrda bo’lgan Xalq Nozirlar Sho’rosi, Revkom va Buxoro
Kompartiyasi MKning umumiy yig’ilishida 9 kishidan iborat Butun Buxoro inqilobiy
qo’mitasi (raisi - Abdulqodir Muhitdinov) va respublika hukumati - 11 kishidan iborat
Xalq Nozirlar Sho’rosi (raisi - Fayzulla Xo’jayev) tuzildi.
1920 yil 6-8 oktyabrda amirning yozgi saroyi - Sitorayi Mohi Xosada
chaqirilgan Butun Buxoro xalq vakillarining 1 qurultoyida Buxoro Xalq Sovet
Respublikasi (BXSR) tuzilganligi tantanali ravishda e’lon qilindi. Bu davlat tuzumi
jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. 
Buxorodagi yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi ma’qullab
kutib oldi. Biroq yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan
ko’rilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun mol-mulkning musodara qilinishi,
saroy a’yonlari va amir amaldorlarining yoppasiga hibsga olinishi va otib tashlanishi
amir xazinasining Moskvaga olib ketilishi, islom dini va ulamolariga nisbatan
dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan qizil armiya ta’minotining aholi
zimmasiga yuklatilishi, buning ustiga, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik
faoliyati haqqoniy ravishda xalqning kuchli noroziligiga sabab bo’ldi.
Yosh davlat yetakchisi Fayzulla Xo’jayev murakkab va og’ir sharoitda
ishlashga majbur bo’ldi. Buxoro hukumati ichida siyosiy bo’linish kuchaydi. Bir
tarafdan, Buxoro Kompartiyasi ichidagi so’l va o’ng kommunistlarga qarshi g’oyaviy
jihatdan kurash olib borishga to’g’ri kelsa, ikkinchi tarafdan, RSFSR va uning
favqulodda organlari bo’lgan Turkkomissiya, Turkbyuro, O’rta Osiyo byurosi yosh
mustaqil davlatning bosgan har bir qadamini sergaklik bilan nazorat qilib turar edi. 
1921 yil 18-23 sentyabrda bo’lgan Butun Buxoro xalq vakillarining I
qurultoyida demokratik ruhdagi BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi. 
Buxoro respublikasidagi demokratik jarayonlarga mamlakat tashqarisidan
tazyiq tobora kuchayib bordi. 1923 yil 3 iyunda Buxoroga SSSR Qurolli kuchlarining
Bosh qo’mondoni S.S.Kamenev, Turkfront Inqilobiy harbiy kengashi raisi A.I.Kork,
RKP (b) MK O’rta Osiyo byurosi a’zosi Mixaylov va boshqalar kelishdi. 
Buxoro hukumatida Turkistondan yuborilgan komissarlarning ta’siri tobora
kuchayib bordi. Kommunistik unsurlar bu bilan cheklanib qolmasdan 14 avgustda
bo’lgan Buxoro MIK favqulodda sessiyasida Konstitusiya matniga o’zgartirish
kiritishga ham muvaffaq bo’ldilar. 1923 yil 11-17 oktyabrda bo’lgan Butun Buxoro
xalq vakillarining IV qurultoyi Konstitusiyani o’zgartirish to’g’risidagi qarorni


tasdiqladi. Unga binoan barcha savdogar, mulkdor va sobiq amaldorlar saylov
huquqidan mahrum qilindi. Ammo ishchi va kosiblarning saylov huquqi kengaytirildi.
Shuningdek, qurultoy jamiyatda ijtimoiy beqarorlikni kuchaytiradigan "Sovet
qurilishi to’g’risida" nomli maxsus qaror qabul qildi.
Shunday qilib, 1923 yil yozida mustabid sovet tuzumi Buxoroda o’ziga xos
davlat to’ntarishini amalga oshirdi. Milliy qo’shin va milliy valyuta bolsheviklar
tomonidan tugatildi. Bu holat Buxoro mustaqilligiga katta xavf tug’dirdi. Biroq
Xorazm respublikasidan farqli ravishda, faqat 1924 yil kuzidan boshlab Buxoroda
sosialistik taraqqiyot tomon yo’nalish boshlandi.
1924 yil 18-20 sentyabrda bo’lib o’tgan Butun Buxoro xalq vakillarining V
qurultoyida BXSR Buxoro Sovet Sosialistik Respublikasi (BSSR)ga aylantirildi. 
1924 yil noyabr oyi oxirida xuddi Xorazm respublikasi singari Buxoro SSR
ham tugatilib, uning hududi 1925 yilda tashkil etilgan O’zbekiston SSR (1929
yilgacha tarkibida Tojikiston ASSR ham bo’lgan) va Turkmaniston SSR ga kiritildi.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro va Xorazm Xalq respublikalarining demokratik
islohotlar tomon bosib o’tgan yo’li o’sha davr uchun ham, bugungi kun nuqtai
nazaridan olib qaralganda ham, mashaqqatli va ulug’ yo’l bo’ldi. Buxoro va Xorazm
respublikalari atigi 4-5 yil ichida dunyoviy islohotlar joriy qilinayotgan demokratik
davlatga aylana boshladi. Afsuski, bu jarayonlar mustabid sovet tuzumi tomonidan
sun’iy ravishda to’xtatib qo’yildi va nisbatan mustaqil bo’lgan bu davlatlarning
mavjudligiga ham barham berildi.
- V –
Turkiston Muxtoriyati hukumatining tugatilishi hokimiyatiga qarshi
harakatning butun Farg’ona vodiysida ommaviy ravishda boshlanishiga bir turtki
vazifasini o’tadi, xolos. Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchlari
dehqonlar, chorikorlar, mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo’lgan. Ularga
shahar aholisining aksariyat qismi: o’ziga to’q badavlat oilalarning vakillari,
savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba’zi boylar qo’shildi. Harakat
qatnashchilari safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar - ziyolilar ham
ko’pchilikni tashkil qilar edi va bir so’z bilan aytganda, ular safida xalqning barcha
tabaqasiga mansub kishilar bor edi. 
Dastlabki milliy harbiy harakatning tashkil topishi Kichik Ergash
(taxminan 1885-1918) va Katta Ergash (taxminan 1880-1921)ning nomlari bilan
bog’liqdir. 
1918 yil 27 fevralda Qo’qon atrofidagi Bachqirda bo’lgan janglarning birida
Kichik Ergash shahid bo’lgach, uning o’rniga Katta Ergash (uni Mulla Ergash ham


deyishgan) Farg’ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi
ozodlik bayrog’ini ko’tardi. Qo’qon uyezdidagi harakatning dastlabki tayanch
nuqtasi Bachqir qishlog’i edi.
Marg’ilonda esa milisiyaning sobiq boshlig’i Muhammad Aminbek
Ahmad-bek o’g’li - Madaminbek (1892-1920) kurash boshladi. “O’z oldiga sovet
hokimiyatini ag’darish va Farg’ona muxtoriyatini tiklash vazifasini qo’ygan
Madaminbek ustomon siyosatchi va uddaburon tashkilotchi fazilatlariga ega edi”,
- deb tan olinadi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarining birida. 
Turkiston mintaqasidagi mazkur harakatning muhim xususiyati shundaki,
bu harakatda maqsadlar va vazifalar qanday bo’lishidan qat’i nazar boshdan
oxirigacha bir ustuvor g’oya - Turkistonning milliy mustaqilligi yotadi. Bu
harakat goh kuchayib, goh pasayib turishiga qaramay, unda ishtirok
etuvchilarning tarkibi o’zgarib turishi va ikkilamchi manfaatlar o’rtada turganligi
hamda obektiv va subektiv omillar kuchlar muvozanatiga salbiy ta’sir qilishiga
qaramay, harakatning asosiy maqsadi Turkiston mustaqilligi bo’lib qolaverdi. 
Turkistondagi bu harakatning uyushgan bir shaklda namoyon bo’lishida
qo’rboshilar ko’rsatgan g’ayrat-shijoatni alohida ta’kidlab o’tish kerak.
Qo’rboshilar harakatning harbiy rahbarlari bo’lib, ular o’z jangovarliklari bilan
mashhur edilar. O’z vaqtida Farg’ona vodiysida Kichik Ergash, Katta Ergash,
Madaminbek, Shermuhammadbek, Muhiddinbek, Islom Polvon, Yormat Maxsum,
Samarqand viloyatida Ochilbek, Bahrombek, Buxoro respublikasida Ibrohimbek,
Mulla Abdulqahhor, Anvar Posho, Salim Posho, Davlatmandbek, Fuzayl
Maxdum, Xorazm respublikasida Junayidxon kabi qo’rboshilar bu harakatni yagona
kuchga birlashtirish uchun rahbarlikni birin-ketin o’z qo’llariga olsalar-da, lekin
Turkiston mintaqasidagi istiqlolchilik urush harakati boshdan oxirigacha yagona
markazga to’liq uyusha olmadi. 
Vatan ozodligi va uning tinchligi yo’lida Turkiston ayollari ham kurash
olib bordilar. Istiqlolchilar safida ayollar nafaqat oddiy jangchi, balki ayrim
hollarda qo’rboshi sifatida jang qildilar. Farg’ona vodiysida Shakarxon va
Muhiddinbekning onasi singari o’zbek va qirg’iz yo’lboshchilaridan yetishib chiqdi
va ular qo’rboshilar milliy istiqlol kurashi tarixiga shonli sahifalar qo’shdilar.
Karmanalik Nodira qiz esa Ibrohimbek qo’shinida maxsus ayollar guruhiga
boshchilik qilib, Sharqiy Buxoroda qizil askarlarga qarshi mardonavor kurashdi. 
1920-1924 yillarda bu harakat Buxoro va Xorazm respublikalarida ham
avj oldi. Buxoro va Xorazmdagi milliy muxolifatning ozodlik kurashlari alohida
o’ziga xos yo’nalish va xususiyatga ega bo’lib, o’ta murakkabligi va


ziddiyatliligi bilan Turkiston respublikasidagi qurolli harakatdan ajralib turadi.
Buxorodagi qo’rboshilar o’rtasida Ibrohimbek (1889-1932) alohida salmoqqa ega. U
amirlik tuzumi ag’darib tashlangach, Sharqiy Buxorodagi qo’rboshilar guruhlariga
umumiy rahbarlik qilib, bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi
mustaqillik kurashini boshladi. Ibrohimbek 1921 yil sentyabrda bo’lgan Buxoro
qo’rboshilarining qurultoyida «Islom lashkarboshisi» unvoniga sazovor bo’ldi va
Buxorodagi barcha istiqlolchilarning Oliy bosh qo’mondoni qilib saylandi. U qisqa
muddat ichida o’n ming nafardan ortiq askar to’plab, Qorategin va Darvoz
viloyatlarini qizil askarlar qo’lidan ozod qilishga muvaffaq bo’ldi.
Xorazm respublikasida ham 1920 yil bahoridan boshlab qizil askarlarning
misli ko’rilmagan talonchilik va zo’ravonliklariga qarshi harakat boshlandi.
Qurolli kurashni turkmanlarning yovmut urug’i boshlig’i Qurbon Mamed Sardor-
Junayidxon (1857-1938) boshchiligidagi guruhlar ko’p yillar davomida kurash
olib bordi. Uning qo’shini saflarida o’zbek, qoraqalpoq va qozoqlar ham
ko’pchilik edi. Qisqa muddatda Junayidxon o’z qo’shinini 20.000 kishiga yetkazdi. 
Umuman olganda qizil armiyaning bosqini va mustabid sovet rejimiga
qarshi ko’tarilgan qurolli harakat 1935 yilga kelib butun Turkiston mintaqasida
tamomila mag’lubiyatga uchradi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling