1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


guruhi", "inog’omovchilik", "qosimovchilik"


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

guruhi", "inog’omovchilik", "qosimovchilik" kabi siyosiy ishlar to’qib chiqarilgan
edi. Bu jarayonning asl mohiyati ko’zga ko’ringan mahalliy arboblarni tugatishga
qaratilgan edi.Minglab ziyolilar yo’q qilinishining cho’qqisi 1937-39-yillarga to’g’ri
keldi. 1937 yil dekabr - 1938 yil yanvarida XKS va O’Z KP (b) MQning "O’zSSR
Xalq Maorif Komissarligi tizimida ziyonchilik oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha
chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori e’lon qilingandan so’ng, xalq ta’limining barcha
sohalarida, ayniqsa mahalliy tilda dars beriladigan maktablar, pedagogik bilim yurtlari
va institutlarida o’qituvchi kadrlar va talabalarni "tozalash" ishlari avj oldirib
yuborildi.
Xalq ta’limi tizimidagi maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan
quvg’in va qatag’onlarga "xalq dushmanlari, chet el josuslari" - A.Ikromov,
F.Xojayev va boshqalar o’zlarining Maorif komissarligidagi "odamlari" - Usmonov,


Ro’ziyev, Sorokin, Kojuxovlar orqali xalq maorifiga katta ziyon yetkazishgan, degan
bo’xtonlar "asos" qilib olinib otib tashlanadilar.Ayni paytda istiqlol va erk kuychilari,
o’zbek xalqining mashhur yozuvchilaridan Fitrat, Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon
Nosir Stalin istibdodining begunoh qurboni bo’ldilar.
Millatning ilg’or taraqqiyparvar ziyolilari qatag’on qilinishi oqibatida xalqimiz
ularning noyob asarlarini o’qishdan uzoq vaqt mahrum bo’ldi. Ma’lumki,
sovet
hukmronligi davrida din davlatdan ajratilgan, deb e’tirof etilgan, nomigagina vijdon
erkinligi e’lon qilingan bo’lsa-da, aslida diniy e’tiqod goh oshkora, goh pinhona
tarzda ta’qibu tazyiqqa olinar edi. Holbuki jamiyatsiz din, dinsiz jamiyat bo’lishi
mumkin emas. Sovet tuzumida bunga mutlaqo e’tibor berilmas edi. Balki, iloji
boricha, dinga, diniy tarbiyaga to’sqinlik ko’p bo’lib, jamiyatdan ularni siqib
chiqarishga harakat qilingan.Ushbu siyosat oqibatida ko’plab qo’hna masjidlar uzoq
vaqtgacha qarovsiz qolib ketdi, yangi masjidlar qurish to’g’risida esa hatto so’z
bo’ltshi mumkin emas edi. Bu davrda O’zbekistondagi diniy ulamolarning asosiy
qismi qamoq lagerlariga jo’natildi.
Inson huquqlari amalda poymol etildi. Qamoqxonalarda
mahbuslar shafqatsiz jismoniy jazolarga mahkum etildilar.20-30-yillardagi mustabid
tuzumning qatag’onlik siyosati jiddiy va fojeali oqibatlarga olib keldi. Milliy
ziyolilarning jismonan yo’q qilinishi oqibatida milliy madaniyat to’la-to’kis rivojlana
olmadi. Millatning aql-idrokli kishilari mahv etilgach, hamma "yo’lboshchilarning”
itoatkor quliga aylantirildi. Shunday qilib, har qanday o’zgacha fikrni kuch bilan
bo’g’adigan, ommaviy o’zboshimchalik va zo’rlik bilan Vatanga sodiq necha o’n
minglab kishilarni qirib tashlagan mustabid tartibib qaror topdi va kuchaya bordi.

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling