1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


san’at ham rivojlandi. 1918 yilda


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

san’at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Farg’onada "O’lka Say
ѐr" siyosiy
truppasini tashkil etdi.M.Qori Yoqubov, Y.Egamberdiyev,H.Islomov,
M.Kuznesovalar shu teatr qaldirg’ochlari bo’ldilar. O’sha yili Mannon Uyg’ur
Toshkentda "Turon" jamiyati qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinchalik o’lka Davlat
namuna teatriga aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari - Abror Hidoyatov, Muzaffar
Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma’suma Qoriyeva, Bosit


Qoriyev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg’ur vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik
g’oyalari bilan sug’orilgan Fitrat, G’ulom Zafariy, Cho’lpon. Qodiriy, Ozarbayjon
dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi. Shu yillarda Qori Yoqubov
tomonidan birinchi bo’lib o’zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi. 1926 yilda esa
yuzaga kelgan birinchi o’zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o’zbek
xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929 yilda uning safida Samarqandda O’zbek
davlat musiqali teatri tashkil topdi.
Oktyabr
to’ntarishidan
so’ng,
respublikamizda bir qancha ilmiy va o’quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918
yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot
institutlari faoliyat ko’rsata boshladilar.
30-yillarda 
respublikamiz hamda
mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo’shgan mahallliy millatga mansub
olimlar yetishib chiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov,
O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.
1943
yilda O’zFAN asosida O’zbekiston Fanlar Akademiyasi (O’zFA) tashkil etildi, uning
birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy
saylandi.
Siyosiy qatag’onlik. 1922 yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR, qudratli
unitar (qo’shina) davlat bo’lib, unda rasmiy federasiya subyektlari suveren huquqlar
va real mustaqillikdan mahrum edilar, imperiya tarkibidan chiqib keta olmasdilar.
O’zbekiston ham faqat nomigagina SSSR tarkibidagi suveren respublika hisoblangan,
aslida esa ittifoqqa har tomonlama qaragan edi. SSSRda qaror topgan boshqaruvning
ma’muriy-buyruqbozlik tizimi jamiyatning barcha sohalarini o’z maqsad va
vazifalariga bo’ysundirgan, ijtimoiy-siyosiy hayot o’ta siyosiylashtirilib, o’zgacha
fikrlashlarga qarshi shafqatsiz kurash olib borilar edi. 20-30-yillarda mustabid
tuzumga qarshilik bildirganlarni ta’qib ostiga olish avj oldi. Ayni shu paytda "18 lar

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling