1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


O’zbekistonliklarning urush jangohlarida


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

O’zbekistonliklarning urush jangohlarida
ko’rsatgan jasoratlari. Ikkinchi jahon urushi frontlarida O’zbekistonlik jangchilar
o’zlarining botir, mard, qo’rqmaslik hislatlarini namoyon qilib qahramonlik
namunalarini ko’rsatdilar.Chegara qo’shinlarida xizmat qilayotgan sovet jangchilari
orasida O’zbekistonliklar ham ko’pchilikni tashkil qilar edi. Ular o’z zastavalarini
himoya qilishda qahramonlik namunasini ko’rsatib, oxirgi o’qlari qolguncha
dushmanga qarshi jang qildilar. Ular halok bo’lganlaridan keyin dushman
zastavalarga kirish imkoniga ega bo’ldi. Grodno yaqinida leylenant Usov, siyosiy
rahbar Sharipov, Brest qal’asi mudofaasida Ahmad Aliyev, Doniyor Abdullayev,
Bobokomil Kashanov, Uzoq O’tayev, Nurum Siddiqov, Madamin Hojiyev,
Ye.Ya.Liss, Rahimboy Arslonboyev, Sayidahmad Boytemirov, F.F.Layenkov kabi
o’zbekistonliklarning ko’rsatgan jasoratlari Vatan himoyachilarining qahramonona
jasoratining ramzi bo’lib qoldi.
Ikkinchi jahon urushida Smolensk,
Odessa, Leningrad, Moskva mudofaalari sovet jangchilarining haqiqiy qahramonlik
mo’jizalari bo’ldi desak xato qilmaymiz. Bu janglar dushmanni to’xtatib qolish
imkonini berdi.
Moskva mudofaasiga yetib kelgan, Turkiston harbiy okrugida
tuzilgan, general-mayyor I.V.Panfilov qo’mondonlik qilgan, tarkibida 180 dan ortiq
harbiy va harbiy siyosiy bilim yurtlarini tamomlagan komandirlari bo’lgan 316-o’qchi
diviziya Volokolamsk, Dubosekovo, Novo-Petrovsk yonidagi janglarda qahramona


kurashdi. O’zbekistonlik Abdulla Tog’ayev, Mamadali Madaminov, leytenant
Pilyugin boshliq to’qqizta jangchi jasoratlarini alohida qayd qilish mumkin. Moskva
uchun olib borilgan janglarda o’zbek xalqining qahramon qizlarining jasorati
namunasini ko’rsatgan Zebo G’aniyeva Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi.
Moskva ostonasida fashist qo’shinlarini tor-mor qilishda ko’rsatgan jasoratlari uchun
1753 ta O’zbekistonlik jangchi «Moskva mudofaasi uchun» medali bilan taqdirlandi.
S. Qosimxo’jayev «Qahramon» unvoniga sazovor bo’ldi. Moskva yonidagi g’alaba
sovet rahbarlarida 1942 yildayoq urushni yakunlash, mamlakatni ozod qilish fikrini
vujudga keltirdi va butun front 
bo’ylab hujum qilish haqida buyruq berildi. 1942 yildagi qishki hujumlarda mardlik
va jasorat namunasini ko’rsatib, mahorat bilan jang qilgan Qo’chqor Turdiyevga 1942
yil may oyida «Sovet Ittifoqi Qahramoni» unvoni berildi. Volga bo’yidagi Stalingrad
mudofaasini yorib, dushman ustidan katta g’alabani qo’lga kiritilishi urushning
borishida tub burilishga asos bo’ldi. Bu janglarda ko’rsatgan jasoratlari uchun 2733 ta
O’zbekistonlik jangchilar "Stalingrad mudofaasi uchun" medaliga sazovar bo’ldi.
Kavkaz uchun olib borilgan janglarda Toshkentda tuzilgan Sobir Rahimov
qo’mondonligidagi diviziya jiddiy muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritib, 8 mingdan ortiq
dushman jangchilarini qirib tashladilar. Bu diviziya yurtdoshimiz qo’mondonligida
Sharqiy Prussiyagacha jangovar yo’lni bosib o’tdi. Keyinchalik Polsha yerlarini ozod
qilishda Sobir Umarovich Rahimov rahbarligidagi 37 gvardiyachi Rechitsk o’qchi
diviziyasi alohida ajralib turdi. Dansig shahriga birinchilardan bo’lib kirishdi. Og’ir
yarador bo’lgan S.U.Rahimov 1945 yil 25 martda halok bo’ldi. 1965 yil 6

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling