1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


sentyabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida"gi Qonun (1994 yil, may)


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet136/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

sentyabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar
to’g’risida"gi Qonun (1994 yil, may) kabi hujjatlar muhim o’rin egallaydiki, ular
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etilishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.
-IV-
Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik
islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko’tarildi.
I.A.Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n
to’rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999 yil, 14 aprel) O’zbekistonning XXI asrdagi
taraqqiyot strategiyasining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib berdi. Shulardan birinchi
ustivor yo’nalish -mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat
qurilishini yanada erkinlashtirish.
Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini
erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalar
hokimiyat barcha tarmoqlarini bir-biridan mustaqil xolda ish yuritish tamoyillarini
mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga,
fuqarolarni o’z-o’zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borish,
ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat. 
Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlariga
katta umid bog’lanadi. O’z-o’zini boshqarish organlarini tashkil qilishda,
shakllantirishda O’zbekistonning o’ziga xos xususiyati shundaki, ushbu masalani hal
qilishga milliy an’analarni, tarixiy qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga
mos keluvchi yo’lni tanlash nuqtai nazaridan yondashish bo’ldi. Xususan, o’z-o’zini


boshqarishda asosiy tayanch qilib mahallalar belgilandi. Ular inson qalbida Vatan
tuyg’usining shakllanishiga, milliy g’ururning vujudga kelishida, millatchilik
illatlaridan xoli bo’lishda katta ta’sir ko’rsatib kelgan.
O’z-o’zini boshqarish muassasalari faoliyatining kengayishi bevosita
mahallalarning mavqyeini kuchaytirish bilan bog’liq. O’z-o’zini boshqarish organlari
yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlash
kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etish bilan cheklanib
qolmaydi. Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma’naviy kamolotini
oshirish uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo’qotish uchun ish
olib borish va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarga, Vatanga, davlatga va
boshqa fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir.
Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish
organlariga o’tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, undagi
jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling