jinoyatchini jazolashdan ko’ra, jinoyatning oldini olish muhim ekanligini uqtirib
o’tdi. Ma’ruzada O’zbekistonning demokratiya va taraqqiyot yo’lidan
mustaqil
rivojlantirishning o’tgan o’n yil ichida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida sodir
etilgan tub o’zgartirishlarning muhimligi ta’kidlanib, sud-huquq tizimini
takomillashtirish, jinoyat to’g’risidagi qonun
hujjatlarini insonparvarlik, adolat,
huquqiy fuqarolik jamiyati prinsiplariga muvofiq ravishda erkinlashtirish masalasiga
alohida e’tibor berildi.
Insoniyat tarixida yangi davr -
Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan
Millatlar Tashkiloti
1995-2005 yillarni kurramizda
"Inson huquqlari o’n yilligi"
deb e’lon qildi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’tgan qisqa davr ichida
insonning huquq va erkinliklari to’g’risida milliy qonunchilik tizimini tashkil etuvchi
yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi. O’zbekiston inson huquqlari bo’yicha 40 ga
yaqin xalqaro shartnomaga qo’shildi va ularga bizning mamlakatimizda ham amal
qilinmoqda.
O’zbekiston Respublikasida inson huquqlari
va erkinliklarini muhofaza
qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro
va huquqni muhofaza qilish
tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha
respublika aholisining inson huquqlari bo’yicha madaniyatini oshirish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
"Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: