1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1916 yil 13 dekabrda
- XIX asrning 90-yillaridan
1916 yildagi qo’zg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi.
Jizzax shahri aholisi 13 iyul kuni safarbarlikka chaqirilgan ro’yxatni talab qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi mahkamasini vayron qildilar, ro’yxatni topib olib yondirib tashladilar. Qo’zg’olonni bostirishga yetib kelgan jazo otryadi katta zarbaga uchradi. Qo’zg’olonchilar safi kengayib bordi. 18 iyul kuni Nazirxo’ja Eshon boshchiligida yangi shaharga tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qo’zg’olonchilar o’rtasida bo’lgan to’qnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar bo’ldi. 1916 yilgi Qo’zg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambag’allar qo’zg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsada, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham, 1916 yil 13 dekabrda IV Davlat Dumasida so’zga chiqqan noib A.F.Kerenskiy “Urush frontlariga yangi bir front - Turkiston fronti qo’shildi”, - deb vaziyatga jiddiy va xolis baho bergan edi. -IV- 1) Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi. XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida siyosiy, madaniy, iqtisodiy jihatdan inqiroz holatiga tushib qolgan mustamlaka tufayli rivojlanish past darajada bo’lgan o’lkada Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutulish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rdi. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi. Jadidchilik rus mustamlakachiligiga qarshi milliy demokratik harakat bo’lib, u o’sha davr Turkistondagi qoloq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sharoitda yashayotgan xalqlarni ma’rifatlashtirish, jamiyat hayotida ijtimoiy va madaniy islohotlar o’tkazish, pirovardida milliy mustaqillik g’oyalarini hayotga tadbiq etish maqsadini o’z oldiga qo’ygan edi. Turkistonda jadidchilik g’oyalari XIX asrning 90-yillaridan yoyila boshladi. Bu harakat XX asrning 30-yillari oxirlarigacha o’lka ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Jadidchilik harakatini quyidagi uchta bosqichga bo’lish mumkin: 1) XIX asr oxirlaridan 1915 yilgacha - ma’rifatchilik; 2) 1915 yildan - 1918 yil fevraligacha - muxtoriyatchilik; 3) 1918 yil fevralidan - 20-yillar oxirlarigacha Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling